FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI O’ZBEK TILI YO’NALISHI 20.93-GURUH TALABASI OYGUL ERGASHEVANING
NAVOIYSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Xamsanavislik an'anasining yuzaga kelishi va unda Navoiyning o'rni
Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib “Xamsa”yozgan shaxs buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviydir.
U 1170-1204-yillar oralig‘ida birin-ketin 5 ta doston yaratdi. Bu dostonlar shoir vafotidan so‘ng yaxlit bir to‘plamga birlashtirilib, “Panj ganj” (“Besh xazina”) deb atala boshlandi va keyinchalik “Xamsa” nomi bilan mashhur bo‘ldi.
“Xamsa”si quyidagi dostonlardan iborat: 1) “Matla’ ul-anvor”
(“Nurlarning chiqish joyi”); 2) ’’Shirin va Xusrav” ; 3) ’’M aj-
nun va Layli”; 4) “Oyinai Iskandariy” ( “Iskandar ko‘zgusi”); 5)
“Hasht behisht” ( “Sakkiz jannat”).
Xusrav Dehlaviy Nizomiy dostonlarining shakli va syujeti, obrazlar tizimini asosan saqlagan holda, ularni o'ziga xos talqin etdi va yangi mazmun bilan boyitdi. Jomiyning “Bahoriston”ida e’tirof etilishicha, hech kim Nizomiy “Xamsa”siga Dehlaviydan o'tkazib javob yoza olmagan.
Dehlaviydan keyin xamsanavislik an’ana kasb etdi va butun Sharq dunyosiga tarqaldi. Juda ko‘p xalqlarda Nizomiy dostonlari mavzusi va syujeti asosida asarlar paydo bo'ldi. Ozarbayjon olimi
G ‘. Aliyev jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozma va manbalarni o'rganib chiqish asosida Nizomiy beshligiga muayyan tarzda javob yozgan 300 ga yaqin ijodkorni aniqladi.
Xamsanavislik tarixida XV asr Hirot adabiy muhiti alohida o‘rin egallaydi. Izlanishlardan ma’lum bo‘ldiki, aynan shu davr va shu muhitning o'zida 20 ga yaqin ijodkor xamsanavislikda o‘z kuchlarini sinab ko'rganlar. Garchi bu ijodkorlarning barchasi to‘liq xamsa yaratmagan bo‘lsalar-da, lekin beshlikning
u yoki bu dostoniga javob yozish bilan mazkur an’anaga o‘z munosabatlarini bildirganlar.
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) 1483-yilda yaratilgan edi. Doston 3988 baytdan iborat bo‘lib, Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror"Amir Xusrav Dehlaviyning “Matla’ ul-anvor” hamda Abdurahmon Jomiyning “Tuhfat ul-ahror” dostonlariga javob tariqasida yozilgan.
“Hayrat ul-abror” 63 bob, 20 maqolat va 20 hikoyatdan tashkil topgan.Shundan muqaddima 21 bobni o‘z ichiga oladi.
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston “Farhod va Shirin” deb atalib, 1484-yilda yozib tugallangan. Navoiygacha bu mavzu “Xusrav va Shirin” shaklida mashhur edi. Afsonaning bosh qahramoni Xusrav Parvez aslida tarixiy shaxs bo‘lib, milodiy 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o ‘z o‘g ‘li Sheruyaning buyrug'i bilan o‘ldirilgan Eron shohidir. Badiiy adabiyotda Xusrav va Shirin muhabbati haqida birinchi bo'lib Firdavsiy o‘zining “Shohnoma” dostonida yozib qoldiradi, Nizomiy esa uni alohida ishqiy-sarguzasht doston holiga keltiradi. Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostoni 1340-yilda Qutb Xorazmiy tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan. Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 54 bob, 5782 baytdan iborat. Shundan muqaddima 11 bobni o‘z ichiga oladi. Doston an’anaviy hamd - Allohning maqtovi bilan boshlanadi. Dostonda ikkita hamd mavjud. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni 38 bob, 3623 baytdan iborat. Shundan muqaddima 9 bobni o‘z ichiga oladi. Doston an’anaviy hamd - Allohning madhi bilan boshlanadi. Unda shoir olamning yaratilishi; tun, kun, oy, quyosh, yulduz- larning, yil fasllari va ulardagi tabiatning o‘ziga xos jilolari aksini topadi. Alisher Navoiy “Xamsa”sining to‘rtinchi dostoni “Sab’ai sayyor” deb atalib, 1484-yilda yozib tugallangan. Asarning bosh qahramoni Bahrom tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy hukmdori Yaraxran V (420-438-yillarda podsholik qilgan)ga borib taqaladi. Bu podsho qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga nihoyatda o‘ch bo'lganligi uchun xalq orasida Bahrom Go‘r (qulon) laqabi bilan shuhrat topgan. Bu asar dunyodagi buyuk siymolardan biri, uch sohibqironning eng mashhuri - jahongir Iskandarga bag‘ishlangan bo‘lib, “ Xamsa”ning yakunlovchi dostonidir. Sharqda u Iskandar Zulqarnayn (“ikki shoxli” yoki “kun chiqish va kun botish hukmdori”) nomi bilan mashhur. Dastlab Iskandar mavzusi Firdavsiyning “Shohnoma” dostonida qalamga olingan. Foydalanilgan adabiyotlar:
Sirojiddinov Sh va boshqalar. Navoiyshunoslik– Toshkent: Tamaddun , 2018.