Hozirgi o’zbek a'dabiy tilidan
Prezentatsiya
Student : Xabibullayeva Go’zaloy
Mavzu : FONETIK HODISALAR
Fonetik
o'zgarishlar
▪
Fonetik oʻzgarishlar, tovush oʻzgarishlari, fonetik jarayonlar —
nutq jarayonida soʻzning fonetik tuzilishida, tarkibida sodir
boʻladigan oʻzgarishlar. Nutq jarayonida, talaffuzda tovushlar
boshqacha aytilishi, tushib qolishi, baʼzan esa tovush
orttirilishi, bir tovushning ikkinchisi tomonidan moslashtirilishi
mumkin
Fonetik
o'zgarishlar
▪
Fonetik oʻzgarishlar tovushlarning kombinatorpozitsion (lot.
combinare — qoʻshmoq, birlashtirmok va positio — holat,
joylashish) oʻzgarishlari deyiladi. Kombinator oʻzgarishlar
yonmayon tovushlarning oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida yuzaga
keladi va ularga quyidagilar kiradi:
Fonetik
o’zgarishlar
▪
akkomodatsiya (lot. accomodatio— moslashish) — yonma-yon
turuvchi 2 tovush (unli va undosh tovush) artikulyatsiyasining
qisman moslashishi, muvofiq kelishi. Mas, til oldi unlilari (a, e,
i) til orqa undoshlari (q, g', x)ning talaffuz etilishiga
muvofiklashib, orqaga siljiydi; assimilyatsiya (k,.),
dissimilyatsiya (qarang), metateza (qarang), diereza (yun.
diairesis — ajralish, boʻlinish) — muayyan talaffuz sharoiti
tufayli soʻz tarkibidagi tovushning tushib qolishi:
pastqam>pasqam kabi.
Fonetik
o’zgarishlar
▪
Soʻz oʻzagidagi yoki unga qoʻshilgan qoʻshimchalar tarkibidagi
ayrim tovushlarning maʼlum fonetik qurshov yoki pozitsiya
taʼsirida talaffuz etilmasligi natijasida sodir boʻladigan fonetik
oʻzgarishlarga quyidagilar kiradi: prokop a (
yunoncha
: rgokore)
— soʻz boshida unli yoki undosh tovushning tushib kolishi:
yiroq>iroq, yilon> ilon kabi; sinkopa (yun. synkope —
qisqartirish) — soʻz oʻrtasidagi tovushning tushib kolishi: oʻgʻil
> oʻgʻlim kabi; apokopa (yun. arokore — tugallanmani
qisqartirish) — soʻz oxiridagi unli yoki undoshning yoxud
qoʻshma soʻzdagi 2qismning tushib kolishi: baland > balan,
doʻst > doʻs; kilogramm > kilo, metropoliten > metro kabi.
Unutmaslik
kerak:
▪
1. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham
taalluqlidir.
▪
2. Testda yozuvda aks etadigan fonetik o‘zgarishlarni
topish talab etiladi. “Do‘st” – [do‘s], “ketdi” – [ketti] kabi
faqat talaffuz uchun xos hodisalar nazarda tutilmaydi.
1:Tovush
tushishi:
▪
Asosga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida so‘zda ayrim
unli va undosh tovushlar tushib qoladi. Asosan,
unlilardan a, i, e, u, undoshlardan t, n, qo‘sh undoshli
so‘zlarda esa s, l, m kabi tovushlar tushishi kuzatiladi.
2: Tovush
ortishi:
▪
Ayrim so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shganimizda tovush
ortadi. Bu hodisa yozma nutqda unlilar bilan sodir
bo‘lmaydi, faqat undosh tovushlar (n, y) ishtirokida
kuzatiladi.
▪
Misollar:
▪
de + il + di = deyildi;
▪
mavzu + im = mavzuyim;
▪
shu + ga = shunga.
▪
Shuningdek, ch, s, b kabi undoshlarning ayrim so‘zlar
tarkibida ikkilantirilishi ham tovush ortishi
hisoblanaveradi.
3: Tovush
almashishi :
▪
So‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida bir unli yo
undoshning boshqa unli yo undosh tovushga almashib
qolishi shunday ataladi.
▪
t.me/masofatalim
Muhim: hisoblagich, tutqich,
chizg‘ich, ko‘rsatkich kabi so‘zlarda tovush almashishi
ro‘y berMAgan, chunki
▪
-gich qo‘shimchasi faqat q va k undoshlari bilan
yakunlangan so‘zlarga qo‘shilsagina tovush almashishi
ro‘y bergan hisoblanadi. Bu qoida g bilan
boshlanadigan barcha qo‘shimchalarga tegishli.
▪
Yoqqich, ekkach, boqqani, bukkan, chiqquncha kabi
so‘zlarda tovush almashishi bor.
Dostları ilə paylaş: |