CENTRAL
ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ ISSUE 1
ǀ 2022
9
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
AHMAD YUGNAKIYNING “HIBAT-UL HAQOYIQ” ASARIDAGI ODOB-
AXLOQQA OID QARASHLARI
Yulduz Abdivasi qizi Jovliyeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: Rayxon Baxritdinova Rasulova
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul haqoyiq” asaridagi axloqiy va
shaxs tarbiyasiga oid qarashlari ifodalangan. Adibning ilm olish,
saxovat va til odobiga
doir hikmatli toʻrtliklari tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar: didaktika, “Hibat-ul haqoyiq'', axloq, oʻgit, ilm
, jaholat.
AHMAD YUGNAKI’S VIEWS ON MORALITY IN HIBBAT-UL HAQIQ
ABSTRACT
This article presents Ahmad Yugnaki’s views on morality and personal
development in his book Hibbat-ul Haqiq. The authors quatrains on generosity,
knowledge and language etiquette are analyzed.
Keywords: didactics, Hibbat-ul Haqiq, morality, fertilizer, knowledge, ignorance.
KIRISH
Kitobxonga badiiy-estetik zavq berish badiiy adabiyotning
birdan-bir vazifasi
boʻla olmaydi. Asarning mazmun- mohiyati, ayniqsa, undagi tarbiyaviy axloqiy
qarashlar uni badiiy asar sifatida shakllantiradi.
Qadimgi Sharq adabiyotiga, uning
tarixiy taraqqiyotiga nazar solsak unda didaktik mavzu ustun ekanligini yaqqol
kuzatamiz. Ulugʻ
mutafakkir, qomusiy olim Abu Ali ibn Sino Sharq koʻproq nasihat
bilan Gʻarb esa hayotni real koʻrsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini qayd
etgan. Turkiy xalqlar adabiyotida didaktikaning
ilk namunalari Mahmud
Koshgʻariyning “Devoni lugʻotit turk” asarida uchrasa, oʻzbek mumtoz adabiyotidagi
dastlabki yirik namuna sifatida Yusuf xos Hojibning “Qutadgʻu bilik”,
Ahmad
Yassaviyning “Devoni hikmat”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat- ul haqoyiq” asarlarini
keltirish mumkin. Yuqorida nomi keltirilgan asarlarda odob-axloq, maʼrifat,
adolat
haqidagi qarashlar pand-nasihatlar she'riy shaklda bayon etilgan.