Huquqiy ongni shakllantirish. Huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya



Yüklə 45,57 Kb.
səhifə1/7
tarix15.06.2022
ölçüsü45,57 Kb.
#116971
  1   2   3   4   5   6   7
Huquqiy ongni shakllantirish UMUMIY
ELT methods Dendrinos teyl

Huquqiy ongni shakllantirish. Huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya
Huquq ijtimoiy hodisa sifatida o’ziga nisbatan kishilarning xar xil munosabatlarini keltirib chiqaradi, bu munosabatlar o’z navbatida ham ijobiy (inson huquqning zarurligi va ahamiyatini tushunadi), ham salbiy (inson huquqni foydasiz va keraksiz deb qaraydi) bo’lishi mumkin.
Kishilar huquq to’g’risidagi u bilan bog’liq tasavvurlarga, huquqiy tartibga solish bilan qamrab olinadigan barcha munosabatlarga nisbatan u yoki bu shakldagi munosabatini bildiradilar (bu munosabatlar har xil bo’lishi mumkin: ratsional, ongli va emotsiya ko’rinishida yoki sezish, kayfiyat darajasida va h. Huquq va huquqiy hodisalarga nisbatan u yoki bu munosabatlar jamiyatdagi bitta odamda, bir guruh odamlarda yoki kishilarning birikmalarida bo’lishi mumkin).
Agarda huquqni real (ob’ektiv) borliq ekani tan olinadigan bo’lsa, unda kishilarning huquqqa bo’lgan sub’ektiv munosabatini ham tan olishga to’g’ri keladi, bu munosabat o’z navbatida huquqiy ong deb ataladi.
Huquqiy ong huquqning ajralmas qismidir. Bu huquq - kishilarning erki va ongi bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishi bilan izohlanadi. SHuningdek, huquqni yaratish jarayoni kishilarning ongli faoliyati bilan bog’liq (huquq ijodkorligi) yoki huquq ushbu faoliyatning mevasidir.
Huquqiy ong - bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo’lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo’lgan g’oyalar, his tuyg’ular, tasavvurlar yig’indisi.

Huquqiy ong - jamiyatdagi huquqiy hodisalarga va huquqqa nisbatan kishilarning munosabatlarini ifoda etuvchi (bildiruvchi) karashlar, tuyg’ular, mulohazalar va tasavvurning yig’indisidir.
Huquqiy ongning tushunchasi bu bilan cheklanmasdan, u o’z ichiga yana huquqiy idrok, huquqiy normalarni talablarini his qilish, kishilar tomonidan o’zining xatti - harakatlarini huquqiy qoidalarga mos kelish-kelmaslikka baho bera olish qobiliyatiga ega bo’lish kabi xususiyatlarni ham qamrab oladi.
Huquqiy ong amaldagi huquqiy normalarning tashkil topishi, rivojlanishi va ularning amalda tatbiq qilinishi uchun imkoniyat yaratib beradi.
Huquqiy ongning huquqni tartibga solish mexanizmidagi xususiyatlardan biri, uning roli huquqiy ta’sir etishning qandaydir bosqichi bilan cheklanib qolmaydi. Huquqiy ong huquq ijodkorligi bosqichida ham yoki huquqni tatbiq etish bosqichida ham ishga kirishadi. U yoki bu ko’rinishda huquqiy ong huquqni tartibga solish mexanizmining barcha elementlarida - huquq normalarida, huquqiy munosabatlarda, huquqni tatbiq etish aktlarida qatnashadi.
Ko’proq huquqiy ong huquqni tatbiq etish bosqichida, ya’ni yuridik huquq va majburiyatlarni hayotga singdirish jarayonida kuzga ko’rinarli rol o’ynaydi.
Huquqiy ongning darajasi, sifati, xarakteri, mazmunidan jamiyatga kishining hulqi - uning ijtimoiy foydali yoki aksincha bo’lishi, ijtimoiy xavfli yoki zararli bo’lishi bog’liq bo’ladi.
Huquqiy ong faqat huquqqa asoslangan bo’lishi, huquqni tushunish, uni tasavvur qilish, izohlash, tatbiq qilish, bekami ko’st bajarish tushunchasini bermaydi.
SHunday ekan, huquqiy ong nisbatan mustaqil xususiyatga ega. Huquqiy ong o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra, jamiyatda tutgan o’rniga kura siyosiy ongdan farq qiladi. Demak, huquq va huquqiy ong birgalikda shakllanadi, ya’ni dialektik birlikda bo’ladi. Huquq va huquqiy ong bir - birini yaratmaydi. Ularning ikkalasi xam ob’ektiv shart-sharoitdan chiqqan holda shakllanadi, bir biri bilan o’zaro harakatda bo’ladi.
Huquqiy ong shaklanishiga davlat, huquq, siyosat, madaniyat taraqqiyoti darajasi, siyosiy partiyalar, an’analar, milliy xususiyatlar va boshqalar ta’sir ko’rsatadi.
Huquqiy bilim huquqiy ongning o’zagidir. Har bir fuqaroning egallab turgan ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, ma’lum bir huquqiy bilimlarga ega bo’lish muammosini o’rganish alohida o’rin tutadi. Tabiiyki, har bir fuqaroning o’z huquqi va burchlarini bajarishining muhim sharti – uning huquq normalarida qayd etilgan huquqiy xulq, xatti-harakatlarni bilishidir. Huquqiy xabardorlik barcha jamiyat a’zolarining to’laqonli ishlash, faoliyat ko’rsatish shartidir. Bizning mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy xabardorligini ta’minlash uchun barcha vositalardan foydalaniladi.
Birinchidan, qabul qilinadigan qonunlarning oddiy, barchaga tushunarli tilda yozilishiga e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, fuqarolarga xizmat qilish uchun yuridik xizmat ko’rsatishning, yangi qonunlar bilan aholini tanishtirib borishning keng ommaviy axborot tizimlari tashkil etilgan, rasmiy axborot-nomalar obunachilarga yuborib turiladi.
Uchinchidan, keyingi yillarda huquqiy axborotlarning ichki tuzilishida sifat o’zgarishlari sodir bo’ldi, ya’ni huquqiy ma’lumotlarni yig’ish va izlashning avtomatlashgan tizimi yaratildi va hokazo.
Ushbu chora-tadbirlarga qaramasdan fuqarolarning huquqiy xabardorligini ta’minlash to’la va batafsil kafolatlangan deyishga hali vaqt erta. Huquqiy informatsiya sohasining murakkabligi, qonun ishlab chiqishda turli tarmoqlarning mavjudligi, qo’shimcha qonunlarning ko’pligi, barcha davlatlarda bo’lganidek, O’zbekistonda ham fuqarolarning huquqiy xabardorligini ta’minlash masalasida birmuncha qiyinchilik tug’diradi.
Hozirgi paytda normativ aktlarni cheklanmagan tarzda qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lgan kompьyuterlarni (avtomatlashgan qidiruv tizimlarini) yaratilishi tufayli huquqiy axborot imkoniyatlaridan foydalanish yaxshilandi. Aynan shu o’rinda g’alati hol ko’zga tashlanadi: bir tomondan fuqarolarning zarur axborotlarga ehtiyoji oshib borayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, axborotlar, ayniqsa, qo’shimcha qonunlarning ko’pligidan asosiy qonunlarning ahamiyati kamayib ulardan foydalanish qiyinlashib bormoqda.
Fuqarolarning huquqiy xabardorligini ta’minlashning eng zarur va amaliy ta’sirchan bir necha yo’nalishlari mavjud, ya’ni: 1) fuqaroning shaxsiy tashabbusiga binoan uni matnlar bilan bevosita tanishtirish; 2) qiziqqan kishilar va muassasalarni maxsus xatlar orqali xabardor qilish; 3) ommaviy axborot vositalari orqali normalar matnini e’lon qilish; 4) yuridik maslaxatxona yoki ekspertlarga murojaat etish; 5) huquqiy axborot Markaziga murojaat etish; 6) jamoat joylarida qonun matni yoki boshqa xabarlarni namoyish etish, targ’ib qilish; 7) norasmiy muloqot, ya’ni yon-atrofdagi kishilar bilan aloqalar.
Huquqning tarbiyaviy yo’lga qo’yish va boshqarish funktsiyasining ta’sirchanligi huquqiy xabarlarning sifati, uzluksiz va zarur manzilga tez yetkazilishi bilan aniqlanadi. Buning uchun axborot manbai, birinchidan, axborotga talabgor uchun qimmatli bo’lgan xabarlarga ega bo’lishi, ularni doimo to’ldirib borishi; ikkinchidan, yetkazadigan xabarni iste’molchi uchun ma’qul, mos va uchinchidan, xabarlar bilan ta’minlashni doimiy, maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Axborot manbai bo’lgan huquqdan bir qator amaliy natijalar kelib chiqadi. Ulardan biri quyidagi sohada, amaliy faoliyatda huquqni bilish shartligidir: a) protsedur (instrumental) xarak-terdagi xatti-harakatlarni amalga oshirganda; b) kasbiy, ayniqsa, yuridik faoliyatda; v) fuqarolarning davlat va jamiyatga nisbatan o’z huquq va burchlarini bajarayotganda.
Demak, oddiy fuqaroga huquq bir vaqtning o’zida ham yaqin, ham uzoq narsadir. Yaqinligi shundaki, kishilarning kundalik hayoti va faoliyati yuridik tartiblar, qoidalar bilan bog’liqligi unga ma’lum. Uzoqligi shundaki, ko’pgina hollarda huquq barcha muammolarni yechish vositasi bo’la olmaydi va u doimiy, o’zgarmas, barcha davrlar uchun qat’iy qilib belgilangan aqida emas. Har safar huquqni qanday holatga nisbatan qo’llanilayotganini bilish taqozo etiladi.
Hamma gap huquqiy asosni qabul qilinadigan qarorga xizmat qildirishdadir. Bunga osonlik bilan erishilmaydi. Huquqni bilim va huquqiy xabardorlikni amalda tatbiq etish sirtdan qaragandagina oson ko’rinadi. Ushbu muammoga ko’pgina yuristlar, tarixchilar, faylasuf va sotsiologlarning asarlari bag’ishlangan.
"Qonunni bilish" kategoriyasi qadimdan buyuk mutafakkirlarning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb qilib keladi. Grajdanlik aktlarini joriy etish fuqarolarning kundalik faoliyati, muloqoti va mas’ulligini ta’minlashda beqiyos ahamiyatga egadir. Masalan, u quyidagi huquqiy tamoyillar va qoidalarda bevosita namoyon bo’ladi: "Qonunni bilmaslik o’zini oqlashga asos bo’lolmaydi", "hech kim qonunni bilmasligi bilan o’zining noqonuniy xatti-harakatini oqlay olmaydi", "qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos qilmaydi" va hokazolardir. Biroq huquqiy sohaning murakkabligi, qonun osti hujjatlarning turli mahkamalar tomonidan qabul qilinishi, qo’shimcha qonunlarning tez-tez eskirib turishi, inqirozi, fuqarolarni, jamiyatning har biri a’zosini zarur huquqiy xabarlar bilan yetarlicha ta’minlashda ma’lum bir qiyinchiliklar uyg’otadi. SHu o’rinda savol tug’iladi: huquqni bilish prezumptsiyasi uning real mohiyati bilan qanday munosabatda? Agar bu fikrni boshqacharoq ifodalaydigan bo’lsak, ilgaridan mavjud va keng ishlatilayotgan huquqni bilish haqidagi prezumptsiyani ijtimoiy hayotga tadrijiy singdirilgan qonuniy javobgarlik rejimiga qo’llash me’yorlarini aniqlash dolzarb muammo hisoblanadi.
Ushbu muammoni an’anaviy shaklda ham qo’yish mumkin: huquqiy prezumptsiyalarni inkor etish mumkinmi va qanday darajada?
Buning uchun "prezumptsiya" va "prezumptsiyalash" atamalarining o’zini etimologik tahlil qilish zarur. Prezumptsiya lotincha "presumptio" so’zidan olingan bo’lib, bir necha ma’noga ega. Ulardan biri "taxmin" – ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatda keng ishlatiladi.74 Biroq hamma taxmin ham prezumptsiya bo’lavermaydi. Masalan, ob-havoning o’zgarishi yoki sport musobaqasining yakuni haqidagi taxmin ilmiy isbotlangan prezumptsiyaga kirmaydi. Prezumptsiyaga oddiy kuzatishlarga asoslangan taxmin emas, balki amaliyotda sinovdan o’tgan faktlar o’rtasidagi muhim aloqa xos xususiyatdir. Ushbu nazariy yondashishdan shunday xulosa chiqarsa bo’ladi: qonunni e’lon qilgandan keyin belgilangan vaqt o’tgach, fuqarolar uni biladi va uni bajarishlari lozim. SHu tariqa keng tan olingan "hech kim qonunni bilmasligi bilan o’zini oqlay olmaydi" degan qoida kelib chiqqan. Qonunni bilish prezumptsiyasidan kelib chiqqanda qonunni bilmaslik bilan o’zini oqlash ta’qiqlanadi (igretio nonest arguments). Ushbu qoida Qadimgi Rim yuristlari tomonidan ishlab chiqilgan edi.
"Huquqni bilish" atamasi mazmunida ikki xil ma’no borligini unutmaslik kerak, ya’ni: huquq haqida ma’lumot olish hamda huquqni bilish jarayonida rang-barang, murakkab omillar hosilasi o’laroq jamiyatda to’plangan huquqiy bilimlar darajasi tushuniladi



Yüklə 45,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə