I bo‘lim. Fonetika haqida ma’lumot 1-mavzu: Til ijtimoiy, doim rivojlanib turuvchi hodisadir. Reja: Til ijtimoiy hodisa sifatida



Yüklə 23,05 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü23,05 Kb.
#124919
1-mavzu.


I bo‘lim. Fonetika haqida ma’lumot
1-mavzu: Til ijtimoiy, doim rivojlanib turuvchi hodisadir.
Reja:
1.Til ijtimoiy hodisa sifatida.
2.Til aloqa-aralashuv vositasi.
1-topshiriq. Jamiyatda tilning o‘rni qanchalik muhim ekanligi haqida guruh talabalari orasida bahs-munozara tashkil qiling.
2-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
1. Tilga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida ayting.
2. Tilning sofligini saqlash uchun qanday harakatlarni amalga ishirish zarur deb hisoblaysiz?
3. Ona tilimizga boshqa tillardan yangi so‘zlarning kirib kelish sabablarini tushuntiring.
4. Begona tillardan so‘z olishni cheklash imkoni bormi? Fikrlaringizni bayon qiling.
5. Tilning doimiy rivojlanib turuvchi hodisa ekanligini isbotlashga harakat qiling.
6. Til va jamiyat munosabati haqida qanday fikrdasiz.
7. Tilning inson hayotidagi eng muhim vosita ekanligini asoslang.
8. Til haqida qanay hikmatli fikrlarni bilasiz. Misollar ayting.
9. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini ayting.
10. Hozirgi o‘zbek tiliga yosh avlodning munosabatini qanday baholaysiz?
1-mashq. Quyidagi hikmatli so‘zlarni ko‘chirib yozing hamda mazmunini izohlab bering.
Achchiq savol berib, shirin javob kutma. Achchiq til – zahri ilon, chuchuk tilga – jon qurbon. Bemorga shirin so‘z kerak, aqlsizga – ko‘z. Gapi to‘mtoqning o‘zi to‘mtoq. Gapi to‘ngning o‘zi to‘ng. Yomon so‘z egasiga qaytar. Yomon so‘zlab sovutma, jon og‘ritib ovutma. Ochiq til osh yedirar, achchiq til – tosh. Yomon gapning oyog‘i olti. Zahar til suyakni yorar. Aytilgan so‘z – otilgan o‘q. Anjom uy ziynati, so‘z inson ziynati. Ariqni suv bezar, odamni – so‘z. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.
2-mashq. Til haqidagi maqollarni o‘qing hamda ularning mazmuni tushuntirib bering.
Go‘sht-yog‘ berma, yaxshi til ber. Duo bilan el ko‘karar, yomg‘ir bilan yer ko‘karar. Duo olgan omondir, qarg‘ish olgan yomondir. Yo‘l quvgan xazinaga yo‘liqar, so‘z quvgan – baloga. Kishining o‘zi yetmagan yerga so‘zi yetar. Kuch egmaganni so‘z egar. Ko‘p gap – eshakka yuk. Mazali so‘zga quloq charchamas. Muzdan suv tomar, so‘zamoldan – bol. Odam so‘zi bilan sinalar, osh – tuzi bilan. Oz gapir – soz gapir. Olim so‘zi oz, oz bo‘lsa ham soz. Orqadagi gap – og‘ildagi tezak. Og‘izga kelgan so‘z arzon, ovulga kelgan bo‘z arzon. Og‘rigan joyga qo‘l yugurar, og‘ritar so‘zga til yugurar. Pichir-pichirdan o‘t chiqar. Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til. Sen ham bir og‘izdan, siz ham. Suv o‘z yo‘lini topar, so‘z – o‘z egasini.
3-mashq. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Davlat tili” haqidagi qonunlarda tilga oid davlat siyosati aks etgan moddalarni toping va ularni sharhlashga harakat qiling.
Uyga vazifa: “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida bog‘lanishli matn tuzing. Unda hikmatli so‘zlardan foydalaning.
Yüklə 23,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin