I-bo’lim. O’quv materiallar ma’ruza uchun materiallar



Yüklə 35,67 Kb.
səhifə1/7
tarix19.05.2023
ölçüsü35,67 Kb.
#127251
  1   2   3   4   5   6   7
I-maruza mashg`uloti (3)

I-BO’LIM. O’QUV MATERIALLAR

    1. MA’RUZA UCHUN MATERIALLAR



1-MAVZU: “QIYOSIY PEDAGOGIKA” MUSTAQIL FAN SIFATIDA
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:

    1. Qiyosiy pedagogikaning pedagogika fanlari tizimidagi o‘rni.

    2. Kursning predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari.

    3. Qiyosiy pedagogikaning boshqa pedagogika fanlaridan farqi.

    4. Mazkur fanni o‘rganishning dolzarbligi.

Tayanch so’z va iboralar: qiyosiy tahlil, qiyosiy pedagogika, komparativ pedagogika, tizimlashtirish, tavsiflash metodi, statistik metod, tarixiy metod, sotsiologik metod

    1. Qiyosiy pedagogikaning pedagogika fanlari tizimidagi o‘rni.

So’nggi vaqtlarda respublikamizda jahon ta’lim tizimini qiyosiy o’rganish va ilg’or tajribalarni respublikamizda ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shu sababli hozirgi kunda “qiyosiy pedagogika” atamasi keng ommalashdi. Shuningdek, mazkur tushuncha turli davlatlar ta’lim tizimida ham o’ziga xos talqiniga ega. Jumladan, nemis tilida “vergleichende Pedagogik”, fransuz tilida “pedagogie cotparee” atamalari bilan izohlanadi. Ingliz tili asosiy til hisoblangan davlatlarda “comparative ta’lim” tushunchasini qiyosiy pedagogika bilan sinonim sifatida foydalaniladi. Ana shu sababli olimlar o’rtasida qay bir tushunchani qo’llash o’rinli bo’ladi degan munozarali fikr mavjud. “Comparative ta’lim” tushunchasi tarafdorlari taqqoslash obyekti sifatida ta’lim tizimi aks etishini ta’kidlaydilar. Biroq qiyoslash ma’lum bir pedagogik muammoga tegishli narsa-hodisa va jarayonlarni qiyosiy o’rganishi, buning uchun ilmiy-pedagogik tahlilga asoslanishi lozim. Qiyosiy pedagogika xuddi ana shu masalani hal etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdek muhim vazifani bajarishi lozim.
Hozirgi kungacha qiyosiy pedagogika va chet el pedagogikasi - bir fan sohasining turlicha nomlanishi bo’lib, sinonim tushunchalardir degan qarash mavjud. Biroq mazkur yondashuv aniq tuzatish kiritishni talab etadi. Chet el pedagogikasi tavsifiy xarakterga ega bo’lib, uning asosiy maqsadi - chet el ta’limining o’ziga xosligini tavsiflovchi hodisa va dalillarni to’plash va tizimlashtirishdir. Shubhasiz, bu jahon pedagogik tajribasini chuqur va har tomonlama to’liq o’rganishning muhim jihati va zaruriy sharti. Biroq qiyosiy pedagogika o’zida zaruriy nazariy-metodologik komponentlarni tashkil etadi. To’g’ri ayrim holatlarda qiyosiy pedagogika axboriy funktsiyani ham bajaradi, biroq uning asosiy funktsiyasi turli mamlakatlardagi o’ziga xosliklarni hisobga olgan holda ta’limni rivojlantirishning muhim global qonuniyatlari va tendentsiyalarini aniqlash hamda tahlil etishdir.
Qiyosiy pedagogika tushunchasiga komparativist olimlar turlicha ta’rif beradilar. Rus olimi M.Sokolova qiyosiy pedagogikani ta’lim-tarbiya pedagogic nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining yo’nalishlari, umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadigan, iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy va falsafiy asoslari hamda milliy o’ziga xoslikni ochib beradigan soha deb qaraydi. N.Belkanov qiyosiy pedagogikani ta’limdagi globallashuv, baynalmilallik va integratsiya natijasi deb qaraydi. Uning fikricha, qiyosiy pedagogikada taqqoslash -bu ta’lim va pedagogika sohasida duhyo tendensiyalari bilan aloqadorlikni anglash demakdir. K.Musinning ta’kidlashicha, qiyosiy pedagogika dunyoning turli davlatlarida turli tarixiy davrlarda ta’lim-tarbiya pedagogic nazariyasi va amaliyotining holatini o’rganadi, pedagogika va maktab amaliyotining xalqaro tajribasini o’rganish va foydalanish yo’llari hamda shaklini aniqlaydi, o’z davlatida ta’lim-tarbiya modelining kelajagini bashorat qiladi. B.L.Vulfson esa qiyosiy pedagogikani pedagogik fanlarning sohasi deb qaraydi va u qiyosiy aspektda turli davlat, hudud umuman dunyo miqyosida, turli tarixiy davrlarda pedagogic nazariya va amaliyotning mavjud holati, rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini o’rganadi, deb ta’riflaydi.


    1. Yüklə 35,67 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin