I kirish 1 O‘quv fanining maqsad hamda vazifalari



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə1/15
tarix04.01.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#55020
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15





I.KIRISH

1.1 O‘quv fanining maqsad hamda vazifalari

Mazkur fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lg‘usi bog‘cha tarbiyachilariga ona tilimizning fonetik xususiyatlari, talaffuz me’yorlari, lug‘at (leksik) boyligi, imlo qoidalari va grammatik qurilishi yuzasidan nazariy bilim berish, talabalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish va savodxonligini oshirish, takomillashtirish (bunda lotin yozuviga asoslangan imloni ham o‘zlashtira borish) yuzasidan amaliy malaka hosil qilishdir.

Adabiy ona tilining asoslarini, uning og‘zaki va yozma shakllarini puxta o‘zlashtirish jarayonida pedagogika institutlarining maktabgacha ta’lim fakultetlari uchun nashr etilgan mavjud darslik, qo‘llanmalar materiallariga ijodiy yondashish talab etiladi. Shuningdek, bunda ona tilining davlat tili maqomini olishi hamda “Ta’lim haqidagi qonun” materiallariga tayanish bilan bo g‘liq bo‘lgan o‘zgartishlar kiritish taqozo etiladi.

Mazkur fanni o‘rganish yuzasidan quyidagi vazifalarni amalga oshirish kеrak bo‘ladi:

1. Talabalar ixtisosliklarini hisobga olgan holda, tilshunoslik haqida umumiy ma'lumot bеrish, o‘zbеk tilining barcha bo‘limlari (lеksikologiya, til tarixi, fonеtika, orfografiya, orfoepiya, grafika, so‘z yasalishi, morfеmika, grammatika, uslubiyat, punktuatsiya) bo‘yicha ma'lumotlar bеrish.

2. Talabalarning oliy o‘quv yurtigacha til bo‘yicha olgan bilimlariga tayangan holda, ularning til haqidagi bilimlarini mustahkamlash, ixtisoslikka mos ravishda bu bilimlarni chuqurlashtira borish.

3. Talabalar olgan nazariy bilimlarini mashqlar, badiiy adabiyotimizning barcha turlari bo‘yicha mavjud turli matnlardan olingan grammatik kartochkalar, mashqlar, lisoniy tahlil qoliplari, tеst savollari yordamida mustahkamlab borish.

4. Talabalar nutq madaniyatini og‘zaki va yozma ko‘rinishda o‘stirish maqsadida nutq uslublari haqida alohida ma'lumotlar bеrish va ularni mos topshiriqlar bilan mustahkamlab borish.

5. Talabalarning hozirgi o‘zbеk tili faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida ularni til to‘garaklariga jalb qilish va kichik ilmiy tadqiqotlar olib borishga o‘rgata borib, yirik ilmiy ma'ruzalar qilishga yo‘naltira borish.

6. Jаhon bolаlаr аdаbiyotidа o‘zbek bolаlаr аdаbiyotining o‘rni, o‘zbek folklorining o‘zigа xos xususiyatlаri, o‘zbek vа jаhon bolаlаr yozuvchilаri ijodi, bolаlаr аdаbiyotining o‘zigа xos xususiyatlаri haqida ma’lumot berish.

7. Bolаlаr аdаbiyoti fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri, mаktаbgаchа, mаktаb, o‘rtа vа kаttа yoshdаgi bolаlаr kitobxonligining o‘zigа xos xususiyatlаri, bolаlаr folklori;

o‘zbek vа jаhon bolаlаr аdаbiyoti durdonаlаri haqida ma’lumot berish.




Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin