ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
Academic Research, Uzbekistan 1306 www.ares.uz
TABIIY GEOGRAFIYA DARSLARINI MUSTAQIL O‘RGANISHDA
INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING IMKONIYATLARI
Oybek Uralovich Abdimurotov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
E-mail:
o.abdimurotov@cspi.uz
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola tabiiy geografiya darslarini mustaqil o`rganishda qo`llaniladigan
interfaol metodlar va ulardan foydalanish imkoniyatlari haqida yozilgan.
Kalit so‘zlar:
geografiya, “Toifalash” grafik organayzeri, golfstrim, Avstraliya,
iqlim mintaqasi, tabiat zonasi, yozuvsiz xarita, materik, interfaol metod.
POSSIBILITIES OF USING INTERACTIVE METHODS IN INDEPENDENT
STUDY OF NATURAL GEOGRAPHY LESSONS
Oybek Uralovich Abdimurotov
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
E-mail:
o.abdimurotov@cspi.uz
ABSTRACT
This article is about the interactive methods used
in the independent study of
natural geography and the possibilities of their use.
Keywords:
Geography, "Classification" graphic organizer, golfstream,
Australia, climate zone, nature zone, unwritten map, continent, interactive method.
KIRISH
Bugungi kunda geografiya fani talabalarga tabiat
va Yer haqidagi bilimlarni
hamda ilmiy dunyoqarashini vujudga keltirib,
yer yuzi tabiati, xo‘jaligi va aholisi
haqidagi turli ma’lumotlar haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Bu esa yer
yuzining tabiiy manzarasi,
tabiatdan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish
samaradorligini
oshirish, aholi turmush darajasini, atrof-muhit
holatini yaxshilash
vositalari, insonlarda ekomadaniyatni shakllantirish usullari haqida mantiqiy
fikrlashga o‘rgatadi.
Tabiiy geografiya kursi talabalarda yerga, atrof-muhitga bo‘lgan
munosabatni,
ekomadaniyatni vujudga keltirishda va shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
Hozirgi pandemiya sharoyitida masofaviy ta’lim tizimida talabalarni mustaqil ishlashi