Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi. Globallashuv va lokallashuv



Yüklə 31,69 Kb.
səhifə1/4
tarix19.05.2023
ölçüsü31,69 Kb.
#127241
  1   2   3   4
IQTISODIY JARAYONLARNING GLOBALLASHUVI


IQTISODIY JARAYONLARNING GLOBALLASHUVI. GLOBALLASHUV VA LOKALLASHUV
Reja:
1. Xalqaro mehnat taqsimoti. Insoniyat ehtiyojlarining o‘sib borishi.
2. Transmilliy korporatsiyalar.
3. Global mehnat bozori.
4. Glokalizatsiyaning ikki yoqlama xarakteri.
5. Globallashuv va lokallashuvning o‘zaro ta’siri.
Bu, birinchidan milliy xo‘jaliklarning o‘z mamlakatlari chegaralariga sig‘may boshqa mamlakatlar xo‘jaligi bilan integratsiyaga kirishgani natijasida tovarlar oqimi tezlashib investitsiyalar kiritishga sharoit qulay bo‘lib, mamlakat rivojlanishi uchun qo‘shimcha yo‘l ochiladi. Ikkinchidan, savdo ehtiyoji bu jarayonni tezlashtirishga turtki bo‘ladiki, bu maqsadda hatto Jahon savdo tashkiloti ham ta’sis etilgan. Uchinchidan, tabiiy resurslarning notekis joylashganidan zarur xomashyoga ega bo‘lishga undaydi. To‘rtinchidan, mehnat taqsimoti ustunliklaridan, milliy iqtisodiyotlarni o‘zaro bog‘liqligidan foydalanib oldinga o‘tib olish mumkin. Beshinchidan, harbiy va boshqa sohalar ehtiyojlari global aloqaga ega bo‘lishga undaydiki, bu transportni, shuningdek, kommunikatsiyaning boshqa vositalarini jiddiy rivojlantirishni talab etadi. Oltinchidan, aholi migratsiyasi jarayonlarini boshqarish zaruruyati yangi qadamlar tashlashni shart etib qo‘yadi va h.k.
Globallashuvning hozirgi bosqichida iqtisodiyot sohasida konkret davlat nazoratidan xoli faoliyat ko‘rsatadigan transmilliy korporatsiyalarning paydo bo‘lganligini alohida qayd etmoq lozim. Bularning iqtisodiyotning muayyan sektorini nazorat qilishi konkret hudud, millat yoki madaniyat doiralari bilan cheklanmagan. Jahon miqyosida faoliyat ko‘rsatadigan xalqaro valuta jamg‘armasi, xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki va boshqalar ishlab chiqarishni moliyalashtirishga emas, balki pul oqimlarini yo‘naltirishga doir siyosatni belgilaydi. ular moliyaviy davlat sifatida bir qancha mayda va o‘rtacha mamlakatlar budjetlaridan ortiq imkoniyatlarga egadir. shuning uchun Jahonga chiqmoqchi bo‘lgan istagan mamlakat bularning sharti bilan hisoblashishga majbur.
Transmilliy korporatsiyalar, xalqaro valuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro tuzilmalarda ishlash uchun saylanma xodimlar tayyorlanadi. Bu menejerlarning faoliyati natijasida tegishli tarzda global miqyosda turli qarorlar, shu jumladan, kambag‘al mamlakatlardan ishchi kuchlarini rivojlangan mamlakatlarning qaysisiga qancha jalb qilishigacha bo‘lgan qarorlar qabul qilindi.
Iqtisodiy globallashuvda g‘arbdan tashqari qator mintaqalarga kiritilayotgan sarmoya va texnologiya uchun davlat suverenitetining bir qismidan voz kechishga ham majbur bo‘linadi. buning oqibatlari esa ko‘pdan ko‘p salbiy jihatlarni keltirib chiqarmasligi mumkin emas.

Yüklə 31,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin