Iqtisodiyot fakulteti makroiqtisodiyot kafedrasi yashil iqtisodiyot fanidan



Yüklə 497,79 Kb.
səhifə1/3
tarix08.07.2023
ölçüsü497,79 Kb.
#128491
  1   2   3
YAshil iq yangi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bajardi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
MAKROIQTISODIYOT KAFEDRASI
YASHIL IQTISODIYOT FANIDAN
ILMIY MA`RUZA


Mavzu: O‘zbekistonda energiya manbalarini diversifikatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari
Bajardi: Iqtisodiyot yonalishi IU-19/B guruh talabasi
Sharipov Qudrat
Toshkent-2022
O‘zbekistonda energiya manbalarini diversifikatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari
Mirzo Ulug`bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Iqtisodiyot fakulteti talabasi,
Sharipov Qudrat Quraltoy o‘g`li
Annotatsiya
Ushbu maqolada energiya atamasining mohiyati, uning qanday asosiy vazifalarni bajarishi, mamlakat iqtisodiyotida, uning tarmoqlaridagi ahamiyatini o‘rganamiz. Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblangan dunyo aholisining ortib borishi va elektr iste‘moliga bo‘lgan talab yanada oshib borayotgani, cheksiz ehtiyojlarni qondirishda, cheklangan resurslardan oqilona foydalanib, atrof-muhitga, insoniyatga, tabiatga zarar yetazmasdan muqobil energiya manbaalari orqali quyosh,suv, atom, vodorod kabi tabiatga xavf solmaydigan muqobil usullarni qo‘llash zarurligi keltirib o‘tilgan. Ushbu fenomenning jahon tajribasida hamda O‘zbekiston hududidagi holati tahlil qilinishi natijasida muammoni samarali hal etishda muqobil energiya resurslarini ishlab chiqaruvchi loyihalarni amaliyotga joriy etishning muhimligi ko‘rsatib berilgan.
Kirish
Zamonaviy texnologiyalar paydo bo`lgandan beri hozirgacha insonlar o‘z ehtiyojlarini energiya manbaalari orqali qondirishga harakat qiladi. Bu jarayonda tabiiyki cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanadi. Insoniyatning bu faoliyati natijasida atrof-muhitga sezilarli darajada salbiy ta‘sir ko‘rsatishi shubhasiz. Agar iqtisodiyotning ishlab chiqarishdan boshlab iste‘molgacha bo‘lgan fazalari yaxshi rejalashtirilsa, atrof-muhitga bo‘ladigan zararlarni kamaytirishning imkoni bor. Bu borada bir qancha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarish zarur bo‘lib, bulardan biri muqobil energiya resurslarini amaliyotga tatdbiq qilishdir.
Agarda insoniyat rivojlanishining birinchi bosqichlarida o‘z mushaklarining va hayvon mushaklarining energiyasiga ega bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik ishni katta qismini mashinalar yordamida bajariladigan bo‘ldi. Tabiat sirlariga kira borib, odamlar ularni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatishga harakat qilganlar. Energiyaning ko‘p ishlatilishi insoniyatni atrof-muhit to‘g‘risidagi bilimlarini ortib borishi bilan ham bog‘liq.
Energiyaga ehtiyoj uzluksiz orta borgan. Energiya manbalarini va energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirish yangi usullarini izlashga ehtiyoj sezilgan. Bugungi kunga kelib quyosh energiyasi, organik yoqilg‘i energiyasi, kimyo energiyasi, daryo, dengiz va okeanlardagi suvni energiyasi, shamol energiyasi va yadro energiyasidan foydalanilmoqda. Kelajakda yengil elementlar sintezidan hosil bo‘ladigan termoyadro energiyasidan foydalanish muammosi ustidan ishlar olib borilmoqda.1 Bu muammo hal etilsa, energiya zahiralarning tugab borayotganligiga qaramasdan insoniyat energiyaga bo‘lgan kelajakdagi ehtiyoji to‘la qondirilishi mumkin. Texnikani shiddatli taraqqiyoti va uning hozirdagi darajasiga, energiyaning yangi turlaridan, birinchi navbatda elektr energiyasidan foydalanmasdan etib bo‘lmas edi. Elektr energiyasi inson hayotida keng qo‘llaniladi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, zamonaviy jamiyatning mo‘‘tadil hayoti elektr energiyasiz tassavur etish qiyin. Elektr energiyasi sanoatda turli-xil mexanizmlarni harakatga keltirish uchun va bevosita texnologik jarayonlarda, transport keng foydalaniladi. Zamonaviy aloqa vositalarining - telegraf, telefon, radio, televideniya - ishlashi elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan. Kibernetika, hisoblash mashinalari, koinot texnikasining taraqqiyoti elektr energiyasiz taraqqiy etmas edi.
Elektr energiyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, uni uzoq masofalarga oson uzatish va boshqa energiya turlariga kam yo‘qotishlar bilan o‘zgartirish mumkin. Insoniyat keyingi vaqtlarda sun’iy yo‘l bilan olinadigan quvvat, atmosferada sodir bo‘layotgan geofizik va geologik jarayonlar va hattoki koinotda sodir bo‘layotgan jarayonlar quvvati bilan taqqoslash o‘rinli. Shunday qilib, energetika tushunchasini sun’iy tizim - insoniyat tomonidan yaratilgan tizim sarhadlari bilan chegaralanmasdan, sun’iy tizimlar bilan tabiiy tizimlarni o‘zaro uzviy bog‘liqlikda qarash kerak.
Biosferaning holati, uning ifloslanganlik darajasi, energetik qurilmalarning ishga bog‘liq holda energiya tizimlarining ishiga va ularning texnik tavsiflariga cheklanishlar kiritadi. Energiya tizimini boshqarish nafaqat biosfera ta’siri jihatidan olib borilishi kerak, balki yoqilg‘i ta’minlash tizimining omili, sanoatni va transportni energiyaga ehtiyoji omili va boshqa omillarni ham e’tiborga olish kerak. Bularni hammasi muhandis-energetiklarni keng miqyosida tayyorlash kerakligi to‘g‘risida guvohlik beradi.
Energetika sohasida mamlakatimiz va horij olimlari bir qancha ilmiy izlanishlar olib borishgan.2 Masalan elektr tizimi va jihozlari ishini samaradorligini koʻtarishga elektr tizimlarini hisoblashning ixcham nazariyasi va usullari yaratildi
Bundan tashqari G. A. Grinevich, R. A. Zohidovlar tomonidan Oʻzbekiston energetikasi rivoji uchun tabiiyiklim sharoitlaridan oqilona foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalarid an, xususan, quyosh energiyasi, shamol kuchi, yer osti suvlari harorati va kichik gidroelektrostyalardan foydalanish masalalari borasida keng tadqiqot ishlari olib borildi.
R. A. Zohidov, S. Q. Ismatxoʻjayevlar tomonidan IES va issiklik texnikasi sohasida yoqilgʻidan foydalanishning yangi texnologiyasi va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish kabi muhim tadqiqot ishlariga ahamiyat kuchaytirildi 
Agar biz o‘zimizdan keyingi avlodlar hayotini asrashni, energiyani saqlashni, suv sifatini yaxshilashni, tabiiy biologik xilma xilliklarni asrashni, sof tabiiy mahsulotlarni iste‘mol qilishni xohlasak, organik qishloq xo‘jaligi dunyo amaliyotiga tadbiq etishni yanada tezlashtirishimiz zarur. yillar

Yüklə 497,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin