Jizzax viloyati Baxmal tuman 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Ishquvatova Sitora Faxriddin qiziga tavsiyanoma ishquvatova Sitora Faxriddin qizi



Yüklə 404 Kb.
tarix27.12.2022
ölçüsü404 Kb.
#121833
6 МТТ тавсиянома (3) (2)




Jizzax viloyati Baxmal tuman 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Ishquvatova Sitora Faxriddin qiziga


TAVSIYANOMA


Ishquvatova Sitora Faxriddin qizi 2020-yil 03-yanvardan buyon Baxmal tuman maktabgacha talim bo‘limi tasarrufidagi 2-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi vazifasida ishlab kelmoqda xamda tashkilotda o‘z o‘rniga ega, u tomonidan amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari maktabgacha ta’lim tashkilotining nufuzi borasida ahamiyatli o‘rinni egallamoqda. Tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya olishlari maktabga ma’nan yetuk, jismonan baquvvat va aqlan rivojlangan etib tayyorlashdagi xizmatlari beqiyos. 2021 yil 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan yosh avlodni samarali tarbiyalashdagi mehnati uchun, 2021 yil “O‘lkamda navro‘z” deb nomlangan tadbirda faol ishtiroki uchun,Maktabgacha ta’limi bo‘limi tomonidan,2021-yil 5-noyabrda Jizzax viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan “Zakovat”intelektual o’yinida faol qatnashib boshqarma boshlig’ining tashakurnoasi bilan taqdirlandi. 2022 yil 7-may kunlari Maktabgacha ta’lim bo’limi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi innovatsion g’oya muallifi”nominatsiyasi bo’yicha bo’lim mudiri tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.2022 yil 1-iyun “Halqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim bo’limi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida “Yosh avlodni tarbiyalashda fidokorona mehnatlari uchun”tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbus” bo‘yicha 2-son davlat maktabgacha talim tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadbirda tarbiyalanuvchilarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqish va iste’dodini yuzaga chiqarishdagi xizmati uchun maqtov yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Ishquvatova Sitora Faxriddin qizi ta’lim-tarbiya jarayonida “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida o‘z kasbdoshlari o‘rtasida o‘quv seminar treninglar olib boradi.
Ishquvatova Sitora Faxriddin qizi Vatanimiz ravnaqi va faravonligi yo‘lida qilayotgan mehnati o‘z samarasini beradi, u tarbiyalayotgan yosh avlod kelajakda mamlakatimiz taraqqiyoti rivojlanishiga hissasini qo‘shadigan yetuk inson bo‘lib yetishishiga ishonamiz.
I shquvatova Sitora Faxriddin qizi tashkilotimizdagi intizomli, mehribon, jonkuyar, ijodkor va tashabbuskor xodim sifatida ko‘rsata olamiz.


Baxmal tuman
2-son DMTT direktori S.Mamatova

Yüklə 404 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin