Kirish I bob. Yunonistonning qadimgi davrlariga oid tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar, tarixiy hujjatlar, antik muzeylar, arxeologik tadqiqot natijalariga oid ma'lumotlar
KIRISH I BOB. Yunonistonning qadimgi davrlariga oid tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar, tarixiy hujjatlar, antik muzeylar, arxeologik tadqiqot natijalariga oid ma'lumotlar. 1.1. Yunonistonning qadimgi davrlariga oid tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar, tarixiy hujjatlar, antik muzeylar, arxeologik tadqiqot natijalariga oid ma'lumotlar.
1.2. Yunonistonning qadimgi davr arxivlarining tuzilishi, ularning muhimi, saqlash usullari va ularning tarixiy, ma'naviy, ilmiy ahamiyati
II BOB. Arxiv ishi yunonlar davri tarixida qanday olib borilgan, ularning ma'naviyatiga, din va siyosiy hayotiga ta'siri. 2.1. Arxiv ishi va uning muhimligi, yunonlar davri tarixida arxivlar tashkil etilish usullari, arxivlarning o'zgartirishlari va ularning ma'naviy, ilmiy ahamiyati.
2.2. Yunonistonning qadimgi davrining tarixi, madaniyat, obidalar, arxeologik topilmalar, muzeylar, tarixiy hujjatlar va boshqa tarixiy muhit
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Qadimgi yunon, rim va xitoy tarixchilari va geograflarining asarlari ham bunda katta ahamiyat kasb etadi. Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim saroy amaldorlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilma-yil qayd etib borilishi), qonunlar majmuyi, biografiyalarida (tarjimayi hol) aks ettirilgan. Ularda yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal’alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san’at haqida hikoya qilinadi. Olimlar o’qigan qadimgi matnlar, masalan, “Piramidalar matnlari” va “Marhumlar kitobi” misrliklar tarixi haqida, “Bibliya” – yahudiylar, “Rigveda” – hindlar, “Avesto” esa O’rta Osiyo xalqlari tarixidan hikoya qiladi. Bunday manbalar esa juda ko’pdir. Olimlar tomonidan yozilgan yuzlab kitoblarda ko’plab mamlakatlar tarixi ochib beriladi. Nil vodiysidagi Misr piramidalari majmuyi, Dajla va Frot oralig’idagi Bobil, Hind vodiysidagi Moxenjodaro, Erondagi Persepol shaharlari, Yunoniston, Rim va O’rta Osiyoning ko’plab shaharlari qazishmalari butun jahonga mashhurdir. Ushbu ma’lumotlar ichida shubhasiz yozma manbalar alohida ahamiyatga ega. Yozma manbalarni biz qal’alar devorlarida turli ashyolarda uchratishimiz mumkin. Lekin jahon davlatchiligining ilk bosqichidanoq davlat hukumdorlari va amaldorlar tomonidan ushbu yozma manbalarni saqlashga mo’ljallangan ilk arxiv-kutubxonalar yuzga keldi. Masalan, mil. avv III ming yillikdayoq qadimgi Misrda ilk arxivlar yuzaga kelgan.