MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"KOMPYUTER INJINIRING" FAKULTETI
MUSTAQIL ISHI-1
“Kompyuter tarmoqlari” fanidan
Tayyorladi: Bahodirov U
Qabul qildi: Bekmurodov D.
SAMARQAND -2022
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari.
Reja
Kompyuter tarmoqlarining standart
Global tarmoq
Lokal tarmoq
Mobil tarmoqlarining standartlari, zamonaviy tarmoqni loyihalash dasturlari
Adabiyotlar
Xulosa
Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir.
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan xududiy ta`minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintakaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Qo’llaniladigan dasturiy ta`minot nuqtai nazaridan tarmoq tuzilishining ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti ko’pgina foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo’lgan bosh komp`yuter resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U ‘fayl-server’ deb yuritiladi. Bosh komp`yuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma`lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Fayl -serverini disk xajmi odatdagi komp`yuterdagidan ko’p bo’lishi kerak, chunki undan ko’pgina komp`yuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo’lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab o’tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko’pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy ta`minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl-server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo’lmagan qobiq joylashtiriladi.
Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta`minoti resurslardan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni qaytaishlash va foydalanuvchi talabiga kura resurslarni joylashtirishga mo’ljallangan. “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo’linmadan iborat: Serverning dasturiy ta`minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy ta`minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining komp`yuterida bajariladi va umumiy kirish komp`yuterida ishlaydigan dastur - serverga so’rov jo’natiladi. Ma`lumotlarning asosiy kismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi komp`yuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari yuboriladi. Ma`lumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi ma`lumotlar (bir necha 10 Gigabayt va undan ko’p) bilan ishlashga mo’ljallangan. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi (ma`lum ma`noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni ta`minlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari, elektron pochta serverlari va boshqalar ma`lum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilib olish va ulardan javob olish uchun so’rash imkonini beradi.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin: global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy tarkibini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Bunday tamoyillar asosida kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalarini tavsiflash mumkin (2.1.-rasm).
2.1.-rasm. Tarmoqlar texnologiyalari tavsifi
Dostları ilə paylaş: |