Kongo daryosi Bu atamaning boshqa ma’nolari ham mavjud, qarang: Kongo



Yüklə 12,86 Kb.
tarix18.11.2023
ölçüsü12,86 Kb.
#132998
Kongo daryosi


Kongo daryosi
Bu atamaning boshqa ma’nolari ham mavjud, qarang: Kongo.
Kongo, Zair — Ekvatorial Afrikadagi daryo. Oʻz. 4320 km, havzasining mayd. 3691 ming km², yillik suv sarfi 1450 km3. Sersuvligi jihatidan Afrikada 1-, dunyoda 2-, 3-oʻrinlarda (Amazonka va Paranadan keyin). K. Katanga qirlaridan 1430 m balandlikdan boshlanadi va Boyoma sharsharasigacha Lualaba deb ataladi. Daryo Atlantika okeaniga quyiladi. Yirik ir-moqlari: oʻngdan Lufira, Luvua, Aukuga, Aruvimi, Itimbiri, Mongala, Ubangi, Sanga; chapdan — Lomami, Lulonga, Ruki, Kasai. K. irmoqlari orqali Mveru, Bangveulu, Tanganika koʻllari b-n, Roʻzizi daryosi orqali Kivu koʻli bilan tutashgan. K.ning Lualaba qismi yassitogʻlik va platolar orasidan, Boyoma sharsharasidan Kinshasa sh.gacha (1700 km) tekislikdan oqadi. Kinshasa bilan Matadi sh.lari orasida 70 ga yaqin ostona va sharsharalar (Livingston ostonalari) hosil qilgan. Matadidan oʻtgach, dengiz boʻyi pasttekisligida oqadi (bu yerda daryo oʻzanining kengligi 1–2 km, chuqurligi farvaterida 25–30 m). Estuariysining kengligi oʻrta qismida 19 km. K., asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Quyi oqimida yillik oʻrtacha suv sarfi 46 ming m’/sek. (maksimal 75 ming m’/sek., minimal 23 ming m³/sek.). Quyi va oʻrta oqimida may—iyunda va noyabr— dek.da, yuqori oqimida noyabr— dek.da suvi koʻpayadi. Daryo yiliga 50 mln. t oqiziq keltiradi. K. va uning irmoqlaridagi suv yoʻllarining oʻz. 20 ming km. Gidroenergiya zahirasiga boy. K. va uning irmoqlarida baliqning koʻplab turi yashaydi. K. havzasida yirik daryo va koʻl portlari: Bukama, Kongolo, Kabalo, Kisangani, Kinshasa, Brazzavil; dengiz portlaridan — Matadi, Boma va Banana joylashgan. K.ning kuyilish yerini 1482 y.da portugaliyalik dengizchi D. Kan, Lualabani 1771 y.da D. Livingston, K.ning koʻp qismini 1876—77 y.larda G. Stenli tadqiq qilgan.[1]
Yüklə 12,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin