Laboratoriya mashg’uloti №



Yüklə 0,73 Mb.
tarix28.12.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#121861
Excel dars ishlanma8-sinf





Mavzu: Microsoft Exsel dasturida diagrammalar bilan ishlash


Exsel dasturida diagramma yaratish 2 usulda amalga oshiriladi.

  • Hujjatdan alohida ya’ni diagramma sahifasi ochib amalga oshirish .

  • Hujjat ichiga diagramma joylashtirish.

Buni dasturda diagramma joylashtirishning to’rtinchi qadami(quyidagi oyna)da ko’rsatib o’tish mumkin:

Exsel dasturida diagramma yaratish quyidagicha bo’ladi. Masalan, biror korxona ishchilarining maoshlari haqida umumiy ma’lumotni diagrammalar yordamida ko’rsatmoqchi bo’lsak quyidagi amallarni bajarishimiz zarur:

  1. Jadvalga ishchilar familiyalarini va oylik maoshlarini kiritish;

  2. Oylik daromad solig’i, pensiya fondi va boshqa to’lovlar summasini hisoblash uchun yacheykaga formula kiritish (masalan, daromad solig’ini hisoblash uchun =c2*30/100);

  3. Ishchi maoshining qo’lga tegishini hisoblash uchun umumiy summadan barcha to’lovlarni ayirib tashlaymiz(=c2-d2-e2-f2) . Bu formula har bir satr uchun belgilab qo’yish uchun shu fomula kiritilgan yacheykaning chetki qismidan pastga tortiladi. Dastur avtomatik tarzda shu ustunning keyingi satrlariga formulani joylashtiradi;

  4. Excel dasturining вставка menyusidan диаграмма bo’limi tanlanadi:




Natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi:





5. Bu oynada diagrammaning ko’rinishini, turini tanlashimiz va ko’rishimiz mumkin. O’zimizga kerakli diagramma ko’rinishini tanlab далее tugmasi bosiladi.




  1. Bu oynada qaysi ma’lumotlar haqida diagramma chiqishi so’raladi.

Bo’sh katakni ohiridagi jadval belgisi sichqoncha yordamida tanlanadi va bizdan jadvalni kerakli qismini belgilash so’raladi:






Далее ni bosib davom etamiz. Keyingi oynada diagrammani nomi kiritiladi va Готово tanlanadi:






Diagrammaning bo’limlariga nom kiritish uchun diagrammaning konteks menyusidan исходные данные bo’limi tanlanadi hamda 1-katakchadagi yozuvni 3-katakchaga o’tkazib Ok ni bosamiz.

Shundan so’ng sahifamizda diagramma bo’limlarining nomlari bilan ko’rinadi.
Shuningdek, Exsel dasturi menyu satridan diagramma belgisi ustida sichqoncha chap tugmasi bosish orqali ham diagramma hosil qilish mumkin.
Diagramma xossalarini o’zgartirish uchun Диаграмма menyusining Формат основания bo’limi tanlanadi va quyidagi oyna hosil bo’ladi:

Bu oyna yordamida diagrammaning ramkasining hususiyatlarini ya’ni qalinligini, fonining rangini, chiziq turini o’zgartirishimiz mumkin.


Yuqoridagi diagramma hossalarini o’zgartirib hosil qilamiz:

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin