Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Manbashunoslik va arxivshunoslik” kafedrasi majlisi ilmiy-uslubiy seminarining 11-sonli BAYONNOMASI Toshkent shahri 20-aprel 2020 yil Qatnshdilar: Kafedra mudiri – t.f.n., dots. Rahmonkulova Z.B., t.f.n. prof. Saidboboev Z.A., t.f.n., dots. Hamidova M.S., dots Burieva X.A., t.f.n., PhD., dots. Choriev Sh.Sh., dots v.b. Zaxidova S.A., dots. v.b. Saidboboeva G.N., katta o’qit. Nazarov A.Y., o’qit.lar Duchanov R.R., Yusupova D.J., Botirov E.A., Hamroev S.A., Salomova L.I., Shaydullaeva G.Sh., va magistratura talabalari.
KUN TARTIBI: 1. Magistr J.A.Umarqulovning “ O’zbekiston mustaqilligi yillarida tashkilotlarning arxiv hujjatlarini saqlash muammolari . ( Fanlar akademiyasi markaziy arxivi misolida) mavzusidagi ilmiy ma’ruza muhokamasi.
Ilmmiy seminar raisi Z.Rahmonqulova so’z olib, “Hujjatchilik, hujjatchilik va arxivshunoslik” yo’nalishi 1-kurs magistr talabasi Javohir Umarqulovning “ O’zbekiston mustaqilligi yillarida tashkilotlarning arxiv hujjatlarini saqlash muammolari . ( Fanlar akademiyasi markaziy arxivi misolida) nomli ilmiy ma’ruzasi bilan tayyorlanib kelganini ma’lum qildi va so’z maruzachiga berildi.
Eshitildi: J.Umarqulov Assalomu aleykum ilmiy seminar a’zolari! Bugungi seminarning bir qismi O’zbekiston mustaqilligi yillarida tashkilotlarning arxiv hujjatlarini saqlash muammolari . ( Fanlar akademiyasi markaziy arxivi misolida)” mavzusiga bag’ishlanadi. 1932-yil 11-oktabrda O’zbekiston SSR Markaziy ijro komiteti huzurida “ nazariy fanlarning barcha tarmoqlarida ish olib boruvchi va ilmiy tadqiqot ishlarining rivojlanishiga har tomonlama ko’maklashuvchi respublikaning oliy ilmiy markazi” markazi sifatida tashkil etilgan. O’zbekiston liymiy tadqiqot muassasalariga rahbarlik qiluvchi Respublika komiteti barpo etilganligi Respublika Fanlar akademiyasi tashkil etilishidagi navbatdagi muhim qadam bo’ldi. Komitet zimmasiga ilmiy tadqiqot muassalari ishini rejalashtirish va o’zaro biriktirish, ilmiy tadqiqotlarning asosiy soha va yo’nalishlarini belgilash yuklatilgan edi.
Komitet tasarrufidagi muassasalar Respublika qishloq xo’jaligi rivojlantirish muammolariga alohida etibor qaratdilar. Shunga bog’liq ravishda asosiy tadqiqotlar irrigatsiya va yer resurslari xususiyatlari va ulardan unumli foydalanish bo’icha tadqiqotlar olib borildi.
Maxsuldor o’rta tolali, viltga hamda o’simliklarning boshqa kasalliklarga bardosh berish qobiliyatiga ega bo’lgan yangi navini yaratish va amalyotga joriy etishga qaratilgan go’za seleksiyasi sohasidagi izlanishlar ayniqsa samarali bo’ldi.
Komitet faolyatida, shuningdek ijtimoiy bilimlar (O’zbekiston arxeologiyasi, tarixi, tilshunosligi,san’atshunosligi, adabiyotshunosligi, etnologiyasi va iqtisodi) sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish masalalari ham katta o’rin tutadi.
Shuni takidlash kerakki, Komitet labaratoriya, institutlar va stansiyalar barpo etish, ularni jihozlash hamda Fanlar komitetini O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasiga aylantirishni tugallash uchun zaruriy miqdorda ilmiy hodimlar tayyorlash yo’li bilan bo’lajak O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasi moddiy va ma’naviy negizini yaratish bo’yicha tashkiliy ishlar olib borishni o’zining birinchi galdagi vazifasi deb bilgan.
Fan qo‘mitasi rahbarligiga atigi 27 yoshli adabiyotshunos olim Otajon Hoshimov saylangan. Fan qo‘mitasi ilk tashkil qilingan vaqtda uning tarkibiga Kitob astronomik rasadxonasi, Samarqand seysmologik stansiyasi, Geliotexnika laboratoriyasi, Davlat kutubxonasi va kitob palatasi kirgan.
O’zbekistonning mustaqillik va Sobiq Sovet ittifoqi tarkibidagi davrlarda asosiy ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borgan. “ Fanlar akademiyasi 1932-yil 11-oktabrda ta’sis etilgan.U dastlab O’zbekiston SSR Markaziy ijroiya komoteti huzurida “ nazariy fanlarning barcha tarmoqlarida ish olib boruvchi va ilmiy tadqishlarining rivojlanishiga har tomonlama ko’maklashuvchi respublikaning oliy ilmiy markazi” sifatida O’zbekiston ilmiy tadqiqot muassasalariga rahbarlik qiluvchi Respublika Fan komiteti barpo etilishi, Respublika Fanlar akademiyasi tashkiletilishida navbatdagi muhim qadamligini alohida qayt etaman. Komitet zimmasiga ilmiy tadqiqot muassasalari ishni rejalashtirish va uyg’unlashtirish, ilmiy tadqiqotlarni yetakchi tarmoqlarini belgilash yuklatilganini aytmoychiman.”
Keyingi yillarda Fanlarda akademiyasi a’zolari soni oshib brogan. Lekin O’zbekiston hududida aspiranturada mutaxasislarni tayyorlashning ilogi yo’q edi.
1938-yil 1-iyulgacha aspirant mutaxasislarni Maskva va Leningrad ilmiy-tadqiqot muassalarida tayyorlangan. Lekin ular Maskva va Leningradda ta’lim olayotgan aspirant yoshlar soni 1938-yil 29 tani tashkil etilgan va o’sha yili 10 ta aspirant o’qishni tugallashi aytilgan. Ularning ko’pchiligi Fanlar akademiyasi tizimida ishlamasligi mumkinligi havotir bilan aytilgan.
Yuqoridagi ma’lumotlardan shuni ko’rish mumkinki, O’sha davrda Fanlar akademiyasida ilmiy-tadqiqot bilan shug’ullanuvchi mutaxasislar bilan bog’liq muammolar bo’lgan. Chunki, o’sha davrda Maskva va Leningrad muassalarida faolyat yuritishni ma’qul ko’rgan. Shu o’rinda yana bir muammoni aytib o’tish kerak kerakki, o’sha davrdagi mahalliy mutaxasislar esa bunday ta’lim olishga imkoniyatlari bo’lmagan.
Shunday bo’lsa ham, asta sekinlik bilan Fanlar akademiyasi tarkibidagi olimlar soni oshib brogan. “ 1938-yilda Fanlar akademiyasi tizimida 473 ta xodim faolyat yuritgan. Ularning 80 foizi asosiy xodimlar hisoblangan. Ularning 27 ta (14,7 %) -professorlar, 44 ta (25,1%) yuqori ilmiy darajaga ega bo’lgan mutaxasislar ba 104 (60,2%) quyi ilmiy darajaga ega mutaxasislar”
Bu shuni ko’rsatadiki, Fanlar akademiyasi sekinlik bilan bo’lsa ham, rivojlanib ilmiy tadqiqotlar olib brogan. “1938-yil Fanlar akademiyasi tizmidagi tashkilotlar moliyalashtilishiga ko’ra 2 turga bo’libgan
O’zini-o’zi ta’minlaydigan muassalar;
Fanlar akademiyasi Kamiteti tomonidan moliyalashtirilgan muassalar;
Fanlar akademiyasining qolgan asosiy qismi ( botanika, zologiya tuproqshunoslik, gidrologiya, energetika, agrometrologiya, iqtisodiy tadqiqotlar, kabinetlar, geografiya va matematika, amaliy va umumiy kimyo laborotoriyalar, tabiat va qo’riqxonalarni qo’riqlash bo’icha kamissiyasi, xizmat ko’rsatish bo’limlari) Fan komiteti yagona balansi tomonidan taminlar edi.
Fanlar akademiyasi o’zi tashkil topgandan boshlab O’zbekiston SSR ning asosiy tadqiqot tashkiloti bo’lib xizmat qilgan. Bu holat, bu tashkilotni molyalashtirishni doimiy tarzda oshirib borilgan. Xususan, “ 1938-yil Fanlar akademiyasi molyalashtirish uchun 5 281 000 rubl sarflangan”
1940 yil 9 yanvarda Fan komiteti negizida tashkil etilgan. Tarkibiga dastlab geologiya, tarix, til va adabiyot, suv xo’jaligi muammolari, botanika, kimyo ilmiy tekshirish institutlari, tuproqshunoslik, zoologiya, fizikamat. fanlari sektorlari, Toshkent Astronomiya rasadxonasi va uning huzuridagi kitob kenglik stansiyasi, iqtisodiy tadqiqotlar hamda xaritagrafiya byurolari kirgan. Asosiy vazifasi respublikada fanning turli sohalarini taraqqiy ettirishdan iborat bo’lgan. Tashkil etilgan yili O’zbekistonda 70 ga yaqin ilmiy tashkilot bo’lib, ularga rahbarlik qilish O’zFAN zimmasiga yuklatilgan. 2-jahon urushi yillari O’zFAN ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyatini respublika tabiiy boyliklari va resurslarini qidirib topish va ulardan mudofaa maqsadlarida foydalanishga qaratdi hamda respublikada og’ir sanoat va qishloq xo’jaligini rivojlantirish vazifalarini hal etishda yetakchi rol o’ynadi. Natijada O’zbekistonda faning ochilishi uchun etarli darajada ilmiy va ilmiy texnika bazasi vujudga keldi. Mazkur filial qisqa vaqt faolyat yuritishiga qaramay, xalq xo’jaligi va madaniyatning hayotiy muhim masalalarini qondirishga butun diqqat e’tiborini qaratgan. Bu tashkilot tarixning qisqa davrida mavjud bo’lgan bo’lsa ham O’zbekiston rivojiga munosib xissa qo’sha oldi va tom manoda muhim tadqiqot ishlarin olib bordi. Bu tashkilotning o’rni beqiyos chunki, tashkilotning faolyati bevosita II jahon urushi davrida front ortida ko’rsatilgan O’zbekiston va o’zbekistonliklar jasoratlaratda muhim xissa qo’shgan deyish mumkin.