Mavzu: Investitsiyaning iqtisodiy xavfsizlikdagi roli Reja: Investitsiya nima



Yüklə 24,49 Kb.
səhifə1/2
tarix23.11.2022
ölçüsü24,49 Kb.
#119779
  1   2
INVESTITSiYA


Mavzu: Investitsiyaning iqtisodiy xavfsizlikdagi roli
Reja:

  1. Investitsiya nima

  2. Investitsiya iqtisodiyotning yuragi

  3. Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali Investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy xavfsizlik

Investitsiya (lotincha: investio — „oʻrash“) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.


Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita investitsiya faol oʻsib bormoqda: 1980-yillar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik investitsiya hajmi 450 milliard dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-yillar oʻrtalariga kelib investitsiya hajmi 2 trillion dollardan oshdi.
Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda investitsiyadan samarali foydalanilmoqda. OʻzRda 1996-yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati bilan olingan kreditlar hisobiga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el investitsiya va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy investitsiyani amalga oshiradigan xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000-yilda moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 milliard soʻm, shu jumladan, 810 million AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3 % ni respublika byudjeti, 39,1 % ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5 % ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7 % ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4 % ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada investitsiya faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda „Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida“ (1995-yil 5-may), „Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida“ (1998-yil 12-dekabr), „Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Lizing toʻgʻrisida“ (1999-yil 14-aprel), „Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (2001-yil 30-avgust) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti bilan bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli investitsiyani, ayniqsa, chet el investitsiyalarini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalarni sugʻurtalash sohasida 1994-yilda tashkil etilgan „Oʻzbekinvest“ eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya muhitini rivojlantirish borasida tegishli huquqiy asoslar yaratilgan boʻlib, kafolat va imtiyozlarni oʻzida aks ettiruvchi bir qancha meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Ularda xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitiga sharoit hamda zarur investitsiyaviy infratuzilmaning yaratilishini nazarda tutuvchi normalar belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, mamlakatimizda hukm surayotgan siyosiy barqarorlik hamda boy tabiiy mineral resurslarning mavjudligi investitsiya muhitini rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigini keng ochadi. Biroq zamon bilan hamnafas ravishda taraqqiy etish uchun bularning oʻzi kifoya qilmaydi. Chunki shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo hamjamiyati reytinglarida munosib oʻrinlarni egallash uchun yangi zamonaviy gʻoyalarni oʻylab topish zarurati yuzaga kelmoqda. Xorij investitsiyalarini keng miqyosda jalb qilish — iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash, yuqori texnologik raqobatdosh tarmoqlarni yaratish, ilgʻor xorij texnologiyalari, nou-xau va boshqaruv tajribalarini tatbiq etish imkonini beradi.
Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda aksariyat jabhalarga xorij investitsiyasini kiritish hamda iqtisodiyotning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oʻtgan va joriy yilga berilgan nomlar ham aynan ivestitsiya muhitini rivojlantirish bilan bogʻliq ekanligi fikrimizni isbotlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlis deputatlariga yoʻllagan murojaatnomasida ushbu masalaga alohida urgʻu berildi. Jumladan, oʻtgan yilda Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan olib borilgan hamkorlik natijalariga koʻra, mamlakatimizda investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etgani, shuningdek, chet el investitsiyalari hisobidan 23 milliard dollarni tashkil etuvchi 456 ta loyiha amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Prezidentimiz ushbu koʻrsatkichlarga ahamiyat qaratar ekan, keng miqyosli investitsiyalar yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlovchi omil boʻlishini alohida taʼkidlab, shunday dedi: “Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya — bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi”.
Haqiqatan ham, iqtisodiyotda investitsiyalarni keng miqyosda jalb etishga erishish koʻplab sohalar, tarmoqlar hamda hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib kelishi va tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga ulkan poydevor boʻlib xizmat qiladi.
Oʻzbekistonda investitsiya muhiti barqarorligini taʼminlashda umumiqtisodiy, meʼyoriy-huquqiy, ekologik shart-sharoitlar, moliyalashtirishning bozor mexanizmlari, axborot taʼminoti va boshqalar muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, xorijiy investorlar mamlakat iqtisodiyotiga mablagʻ kiritishida investitsiyaviy muhitning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini, yaʼni xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi hamda chiqib ketishi, inflyatsiya darajasi, yalpi ichki mahsulotning oʻsishini, isteʼmol va jamgʻarma nisbati, foiz stavkalari darajasi hamda xorijiy investitsiyalarning oʻzlashtirilishi kabilarni hisobga oladi. Qolaversa, investorlar mamlakatning malakali kadrlar zaxirasi, bank-moliya xizmatlari sifati, monetar va fiskal siyosat darajalarini ham eʼtiborda tutadi.
Mamlakatimiz rahbarining murojaatnomasida “Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur”, degan gʻoya ilgari surildi.
Demak, tegishli xavf-xatarlarni baholash hamda ularni bartaraf etish asosida chet el investitsiyalari kirib kelishiga qulayliklar yaratish bugunning dolzarb masalasidir. Chunki xorijlik investorlar mamlakatning investitsiya muhiti, uning xavfsizligi, siyosiy, iqtisodiy xavf-xatarlar darajasi va ularning sugʻurtalanishi, investitsiyalash maqsadlariga muvofiqligi, iqtisodiyotning, umuman, barcha sharoitlarning boshqalarga nisbatan qulayligi nuqtai nazaridan baholaydilar. Mamlakatga xos xavf-xatar darajasi (qarzlar masalasi, import va eksport balansi, hukumatning barqarorligi hamda boshqalar), mahalliy sharoitning boshqa mamlakatlardan koʻra ustun jihatlari yetakchi oʻrinda turadi.
Xulosa oʻrnida aytganda, investorlar, korxonalar, tashkilotlar tomonidan mamlakatga ulkan investitsiya loyihalarining kiritilishi natijasida yurtimizda koʻplab yangi ish oʻrinlari vujudga keladi. Shu bilan birga, zamonaviy bilimlarni oʻrganish imkoniyati, umuman, davlatimizning intellektual salohiyatini yanada oshirish uchun yetarli darajada sharoit yaratiladi. Oʻz oʻrnida, bunday imkoniyatlar xalq farovonligi, mamlakat taraqqiyot garovi hisoblanadi. Prezidentimiz taʼkidlanganidek, “Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi boʻlib yashashi – bizning bosh maqsadimizdir”
Xorijdan kapital qabul qiluvchi tomonidan investitsion muhitning modelini ishlab chiqish har tomonlama asoslangan tashqi iqtisodiy aloqalarni aniqlab beruvchi vositadir. U orqali xorijiy investorga ta’sir koʻrsatuvchi omillar toʻg’risida aniq tushunchalarga ega boʻlishi, xorijlik investorlarning xulq-atvorini har tomonlama anglash va mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqurroq baholash imkoniyati paydo boʻladi. Bu jarayonlarning barchasi respublikamizning boshqa davlatlar bilan dastlabki iqtisodiy munosabatlarini yoʻlga qoʻyish jarayonida chetdan kapitalni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsion muhit obyekt kategoriyasi boʻlib, har bir alohida olingan vaqt doirasida investorlar uchun haqiqatda mavjud boʻlgan shart-sharoitlar majmuasini aks " ettiradi. Lekin hozirgi sharoitda investitsion muhit faqat davlat organlarining ta’siri ostida shakllanmoqda. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda jahon tajribasidan, jumladan, xorijiy investitsiya bilan tashkil etilib, yuksak iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishgan kompaniya va firmalar tajribasidan kengroq foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy xususiyatlarni ham hisobga olish lozim. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali sanoatni, yangi zamonaviy texnologiyalar bilan qishloq xoʻjaligida qayta ishlovchi sanoat majmuini va boshqa sohalarda tub oʻzgarishlar yasash mumkin. Shunday ijobiy ishlarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarga qulay boʻlgan investitsion muhitni yaratib berish kerak. Investitsion muhit iqtisodiyotda yangi tushuncha emas. Bir qator rivojlangan davlatlar bu jarayonni ijobiy tarzda amalga oshirgan. Investitsion muhitning ahamiyati, amaliy jihatdan, qaysi boyliklar va yoʻnalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat yuritishlari toʻg’risida tushuncha beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga nisbatan qanday munosabatda boʻlishni ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. Har qaysi investor ma’lum bir mamlakat va uning hududiga investitsiya kiritishdan avval oʻsha mamlakat va hududning investitsiya muhitini baholash, uning jozibadorligini aniqlashga kirishadi. Albatta, bunda yuqorida koʻrib oʻtilgan omillar oʻrganiladi, tahlil qilinadi va shu asosda investitsiya qarorlari qabul qilinadi. Mamlakatlarning investitsion jozibadorligi bir qancha omillarga, ya’ni siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, tashkiliy-huquqiy va jugrofiy omillarga bog’liqdir. Ushbu omillardan kelib chiqib, investorlar mamlakatga investitsiyalarni kiritish yoki kiritmaslik toʻg’risida qaror qabul qilishadi. Jahon banki tomonidan har yili e’lon qilinadigan “Doing Business” hisobotida turli mamlakatlarning 6700 dan ortiq ekspertlari tomonidan 189 ta mamlakatning biznesni yuritish boʻyicha (jami 10 indikatori) reytingi e’lon qilib boriladi. Jahon banki tomonidan e’lon qilib boriladigan reytingda biznesni ochish va uni yuritish boʻyichadavlat tomonida yaratilgan ma’muriy taomillar oʻrin olgan boʻlib, unda ham mamlakatning iqtisodiy potensialiga tegishli boʻlgan asosiy omillar (bozor hajmi, ishchi kuchining narxi va b.), shuningdek, potensial investor duch kelishi mumkin boʻlgan xavflar inobatga olinmagan.
Investitsiya muhitining har tomonlama, chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya tavakkali aniqlanadi. Investitsiya muhiti va tavakkal darajalari bir-birlariga teskari nisbatdadir. Ya’ni investitsiya muhiti qanchalik qulay boʻlsa, investorning tadbirkorlik tavakkali shunchalik past darajada boʻladi va bu investorlarning kirib kelishini koʻpaytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay boʻlsa, tavakkal darajasi yuqori boʻladi. Bu esa, investitsiya qabul qiluvchi tomonning sarf-harajatlari oʻsishiga olib keladi.3 Investitsiya muhitining har tomonlama, chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya tavakkali aniqlanadi. Investitsiya muhiti va tavakkal darajalari bir-birlariga teskari nisbatdadir. Ya’ni investitsiya muhiti qanchalik qulay boʻlsa, investorning tadbirkorlik tavakkali shunchalik past darajada boʻladi va bu investorlarning kirib kelishini koʻpaytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay boʻlsa, tavakkal darajasi yuqori boʻladi. Bu esa, investitsiya qabul qiluvchi tomonning sarf-harajatlari oʻsishiga olib keladi. Kuchli biznes va investitsiya muhitini qoʻllab-quvvatlaydigan siyosiy muhitni yaratishning zaruriy omillari quyidagilar:
− xavfsizlik;
− xorijiy investorlar huquqlarining himoyasi va kafolati;
− qonunchilikning barqarorligi;
− shaffoflik;
− korruptsiyadan holi boʻlishlik;
− hukumatning yaxshi boshqaruviZamonaviy investitsiya muhitining oʻzgarishiga bir qancha omillar ya’ni globallashuv, xavfsizlik, moliyaviy muhandislik, axborot va kommunikatsiya tarmoqlaridagi inqilob sabab boʻlmoqda. Jahonda yuz berayotgan global oʻzgarishlar, terrorizm va odam savdosi balolaridan mamlakatda yaratilgan xavfsizlik choralari, yetuk kadrlarga boʻlgan talabning yanada oshishi hamda 20 asr moʻjizasi boʻlgan axborot va kommunikatsiya tarmoqlaridagi shiddatli inqilob investitsiya muhitini yanada zamonaviy va jozibador qiladi. Xorijiy investorlar indeks ma’lumotlardan vaqtni tejash maqsadida keng foydalanadilar. Mamlakatning indeksi yuqori yoki pastligi albatta ahamiyat kasb etadi. Lekin investor mamlakatning investitsiya muhiti va uning jozibadorligini baholashda boshqa omillarni ham inobatga oladi.
Investitsiyalar iqtisodiy oʻsishni ta’minlash bilan birga kelgusida investitsiyalash manbalarini yaratish uchun ham xizmat qiladi. Shu sababli yalpi investitsiyalarning YaIMga nisbatan ulushi YaIMning oʻsish sur’atidan 4-8 marotaba koʻp boʻlishi lozim. Qolaversa, yalpi investitsiyalarning aholi jon boshiga toʻg’ri kelgan miqdorini va uning oʻtgan yilga nisbatan oʻsish darajasini aniqlash investitsiyalar samaradorligini real baholashning muhim sharti hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikning o'zi murakkab ichki tuzilishga ega bo'lib, unda uning uchta muhim elementini ajratib ko'rsatish mumkin:
-iqtisodiy mustaqillik. Iqtisodiy mustaqillik mutlaq emas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy xo’jaliklarni bir-biriga bog’liq qiladi. Bunday sharoitda iqtisodiy mustaqillik milliy resurslarni nazorat qilish qobiliyatini anglatadi. Mahsulot ishlab chiqarish, samaradorligi va sifatini uning raqobatbardoshligini ta’minlaydigan hamda jahon savdosida, kooperatsiya aloqalarida, fan-texnika yutuqlari almashinuvida teng huquqli ishtirok etishiga imkon beradigan darajaga erishish zarur.
-Milliy iqtisodiyotning barqarorligi va barqarorligi, bu mulkni barcha shakllarda himoya qilishni, tadbirkorlik faoliyati uchun ishonchli shart-sharoitlar va kafolatlarni yaratishni, vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin bo'lgan omillarni (iqtisoddagi jinoiy tuzilmalarga qarshi kurash, daromadlarni taqsimlashda ijtimoiy to'ntarishlarni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan jiddiy bo'shliqlarning oldini olish va boshqalar) .d.).
-O'z-o'zini rivojlantirish va rivojlanish qobiliyati, bu bugungi jadal rivojlanayotgan dunyoda ayniqsa muhimdir. Investitsiyalar va innovatsiyalar uchun qulay muhit yaratish, ishlab chiqarishni doimiy modernizatsiya qilish, mehnatkashlarning kasbiy, ma’rifiy va umumiy madaniy saviyasini yuksaltirish milliy iqtisodiyot barqarorligi va o‘zini o‘zi saqlashning zarur va majburiy shartlariga aylanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini milliy manfaatlar kafolatlangan himoyasi, butun mamlakatning ijtimoiy yo'naltirilgan rivojlanishi va hatto eng noqulay sharoitlarda ham etarli mudofaa salohiyati ta'minlanadigan iqtisodiyot va davlat institutlarining holati sifatida aniqlash mumkin. ichki va tashqi jarayonlarning rivojlanishi. Demak, iqtisodiy xavfsizlik nafaqat milliy manfaatlarni himoya qilish, balki davlat institutlarining ichki iqtisodiyotni rivojlantirish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini saqlashda milliy manfaatlarni amalga oshirish va himoya qilish mexanizmlarini yaratishga tayyorligi va qobiliyatidir.
Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati mezonlar va ko'rsatkichlar tizimida amalga oshiriladi. Iqtisodiy xavfsizlik mezoni - iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini aks ettiruvchi eng muhim jarayonlar nuqtai nazaridan iqtisodiyot holatini baholash; ushbu baholash quyidagilarni o'z ichiga oladi:
-Resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlari.
-Resurslar, kapital va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi va uning eng rivojlangan va ilg'or mamlakatlardagi foydalanish darajasiga muvofiqligi, shuningdek, ichki va tashqi tahdidlarni minimallashtirish darajasi.
-Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi.
-Hududiy-iqtisodiy makonning yaxlitligi.
-Suverenitet, mustaqillik va tashqi tahdidlarga qarshi turish qobiliyati.
-Ijtimoiy barqarorlik va ijtimoiy nizolarning oldini olish va hal qilish shartlari.
Ko'rsatkichlar-ko'rsatkichlar tizimida quyidagilarni ta'kidlash kerak:
-Hayot darajasi va sifati.
-Inflyatsiya darajasi.
-Ishsizlik darajasi.
-YaIMning iqtisodiy o'sishi.
-Byudjet taqchilligi.
-Davlat qarzi, jahon iqtisodiyotiga integratsiya.
-Oltin zahiralari.
-Faoliyat yashirin iqtisodiyot.
Chegara qiymatlari muhim - chegara qiymatlari, ularning qiymatlariga rioya qilmaslik ko'payishning turli elementlarining normal rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, iqtisodiy xavfsizlik sohasida salbiy, buzg'unchi tendentsiyalarning shakllanishiga olib keladi.
Iqtisodiy xavfsizlik - bu qisman iqtisodiy mustaqillik, milliy iqtisodiyotning barqarorligi va barqarorligi, o'z-o'zini rivojlantirish va taraqqiyot qobiliyatini hisobga olgan holda ijtimoiy ehtiyojlarni samarali qondirishdir.



Yüklə 24,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin