Mavzu: Miqdorlar o’rtasida bog’liqlik bo’yicha tipik masalalarni echishni o’rgatish metodikasi. (2-soat) Reja



Yüklə 269,62 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.03.2023
ölçüsü269,62 Kb.
#124329
7 amaliy



Mavzu: Miqdorlar o’rtasida bog’liqlik bo’yicha tipik masalalarni echishni 
o’rgatish metodikasi . (2-soat) 
Reja: 
1. Miqdorlar ishtirok etgan masalalar haqida tushincha. 
2. Tipik masalalarni ishlashni o‘rgatish metodikasi. 
Mashg’ulot maqsadi. Tipik masala tushinchasi tushinchasini o‘rgatish bo‘yicha 
ma‘lumotga ega bo‘lish, tajribada sinash.
Mashg’ulot jihozi: darslik daftar, tarqatma materiallar, geometrik shakllar, rangli 
qog‘oz, doska, bo‘r, marker va visual tarqatmalar va boshqalar.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar.
1. Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
2. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
3. Metod bilan ishlash.
4. Dars loyihasi yaratish.
Mavzu haqida qisqacha ma`lumot 
Matematika darslarida aqliy yukning oshishi oʻquvchilarni oʻrganilayotgan 
materialga, ularning dars davomida faolligiga qanday qiziqtirish haqida oʻylashga 
majbur qiladi. Matematikaga qiziqishning paydo boʻlishi koʻp jihatdan uni oʻqitish 
metodikasiga, oʻquv ishlari qanchalik mohirona tuzilganiga bogʻliq. Shu munosabat 
bilan maktab oʻquvchilarining fikrlarini faollashtiradigan, ularni oʻz-oʻzidan bilim 
olishga undaydigan yangi samarali texnologiyalar va oʻqitish usullarini izlash ishlari 
olib borilmoqda.
Boshlangʻich ta’limda bolalarda natural son va arifmetik amallar haqidagi 
tushunchalarni shakllantirish ishlari olib boriladi. Boshidanoq bu ish tushunchalarni 
amaliy qoʻllanishning turli usullarini qarab chiqish bilan, bolalarning sonlarning 
ba’zi xossalarini, oʻnli sanoq sistemasini, arifmetik amallarni va ularga asoslangan 
hisoblash usullarini oʻzlashtirishiga yoʻnaltirilgan ish bilan oʻzaro bogʻliq holda 
amalga oshiriladi.
Bu ishning natijasida oʻquvchilar dasturga kiritilgan nazariy xarakterdagi 
masalalarni ham, oʻrganilgan nazariy masalalarni ham amaliy va oʻquv masalalarini 
hal qilishga tatbiq etish malakalarini ongli va mustahkam egallashlari hamda ogʻzaki 
va yozma hisoblashlarni bajarishlari ham kerak. Oʻquvchilarni sonlar va arifmetik 
amallar bilan tanishtirish matematikadan dastlabki darslarda berilgan ikki buyum 
toʻplamlarining birlashmasiga, ikki toʻplam elementlari orasida moslik oʻrnatishga 
va buyumlarning berilgan toʻplamlari qismini oʻrnatishga amaliy mashq qilish bilan 
tayyorlanadi.


Boshlangʻich sinflar oʻquvchilari yechadigan masalalardan quyidagi tiplarini 
ajratish mumkin:
1. Toʻrtinchi proporsional mikdorni topishga doir masalalar.
2. Proporsional boʻlishga doir masalalar.
3. Ikki ayirma boʻyicha sonlarni topishga doir masalalar.
Bundan tashqari bu sinflarda ma’lum mazmunli masalalar yechiladi: vaqtga 
doir masalalar; harakatga doir masalalar; geometrik mazmunli masalalar. Sonning 
ulushini topishga doir va unga teskari masalani alohida qarash kerak. Bolalar oldin 
va boshqalaridan koʻproq uchratadigan masala turi — toʻrtinchi proporsional 
miqdorni topishga doir masaladir. Bu xildagi masalaga uchta bogʻliq (proporsional) 
kattaliklar kiradi, masalan: baqosi, qancha turishi va miqdori; tezlik, oʻtilgan yoʻl va 
harakat vaqti; ish, ish vaqti va tayyorlangan detallar mikdori. Bunda bitta kattalik 
uchun ikkita qiymat beriladi (Masalan, miqdor: bir marta 6 ta, ikkinchi marta 14 ta 
daftar sotib olingan); ikkinchi bir kattalik uchun bitta qiymat berilgan, ikkinchisini 
esa topish kerak (Misol: birinchi xaridning qiymati 12 tiyin, ikkinchi marta qancha 
toʻlashgan?); uchinchi kattalikning qiymatlari berilmaydi, ammo ular bir xil ekani 
aytiladi (bizning misolda daftarlarning bahosi koʻrsatilmagan, ammo u bir xil). 
Shunday qilib, masalaga 3 ta kattalik va bu kattaliklarning 3 ta qiymati kiritiladi.
Toʻrtinchi proporsional miqdorni topishga doir masalalarni yechishda 
quyidagi usullardan foydalaniladi: birlikka toʻgʻri keltirish usuli; birlikka teskari 
keltirish usuli; nisbatlar usuli. Birlikka toʻgʻri keltirish usuli shundan iboratki, unda 
oldin proporsional miqdorlardan birining (tovar, ish va h. k.) bir birligi qiymati 
(bahosi) bilib olinadi, soʻngra esa shartda koʻrsatilgan miqdorning qancha turishi 
topiladi. Bunda ikkita qiymati berilgan kattalik birlikka keltiriladi. Oʻquvchilar 
masalalar yechishning qaralgan ikki usuli orasidagi farqni har doim ham 
koʻravermaydilar. Ular u usulni ham, bu usulni ham birlikka keltirish usuli deb 
hisoblaydilar, chunki ikkala holda ham ular bir kattalikning ikkinchi kattalikning 
birligiga mos keladigan qiymatini biladilar.
Bolalar masalalar yechishning bu usullari orasidagi farqni xatosiz 
koʻrsatishlariga intilish shart emas, bolalarning masalaga kirgan kattaliklar orasidagi 
matematik boglanishlarning (proporsionallik) mazmunlarini tushunishlari ancha 
muhimroqdir, buning uchun masalalar yechishda bir kattalik ikkinchi kattalikka 
qanday boglik ekaniga e’tibor berish kerak. Bolalar masalalar yechishning birlikka 
toʻgri keltirish usuli bilan tanishib olganlaridan keyin birlikka teskari keltirish usuli 
bilan masalalar yechishga kirishadilar va jadval yoki ifoda tarzidagi qisqa yozuvi 
boʻyicha mustaqil ravishda bir nechta masala tuzadilar. 
Mavzuga doir topshiriqlar 
1. Yangi mavzu bayoni tayyorlash.
2. Miqdorli masalalarni darslik bilan o’rganish.
3. Tipik masalalarni ishlashda nimalarga e’tibor berish kerak 
4. Miqdorli masalalarni echishni o’rgatish (2 sinf misolida) 
5. Miqdorli masalalarni echishni o’rgatish (3 sinf misolida) 


6. Miqdorli masalalarni echishni o’rgatish (4 sinf misolida) 
3. Mavzu bo’yicha metodik ishlanma
Yangi mavzuni takrorlash bo’yicha metodik ishlanma yartish 
Tahlil uchun savollar:
1. Bu metodni o’rganing.
2. O’zingiz kerakli metodlardan foydalanib dars ishlanmasi tuzing? 

Yüklə 269,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin