Mavzu: Reklamaning ijtimoiy mazmun mohiyati Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 36,61 Kb.
səhifə1/7
tarix14.02.2023
ölçüsü36,61 Kb.
#123388
  1   2   3   4   5   6   7
Reklamaning ijtimoiy mazmun mohiyati


Mavzu: Reklamaning ijtimoiy mazmun mohiyati
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1. Shaxs shakllanishi va reklama faoliyati
2.2.Reklama faoliyatining ta`sirchanlik usullari
III. Shaxs shakllanishiga reklama faoliyatining o`rni
3.1. Reklama faoliyatining ijtimoiy-madaniy jihatlari
3.2. Reklama ijtimoiy-madaniy muhit va badiiy tafakkurni shakllantirish vositasi sifatida
IV. Xulosa
V. Foydalanilgan adabiyotlar


I. Kirish
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo`lidan dadil qadamlar bilan borayotirki, jamiyatda kechadigan har ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslari yaratilgan va ularning asosiy yo`nalishlari esa shaxsning ijtimoiy rivojlanishiga qaratilgandir.
Jamiyat hayotida insonning rivojlanishiga juda ko`p sub`ekt o`zaro ta`sir etadi, ular orasida reklama mahsulotlarining ahamiyati katta bo`lib u inson ruhiyati shakllanish jarayonlari bilan uzviy kechadigan jarayondir. Chunki reklama mahsuloti o`z navbatida insonning ong va ong osti faoliyatiga turli vositalar orqali ta`sir etib, o`z navbatida namuna (ideal)ni shakllantirish, muayyan sohaga oid axborot, bilimlarni o`zlashtirish, shaxsning dunyoqarashini kengaytirish, ehtiyojni aniqlash kabi yo`nalishlarda shaxs ijtimoiy faoliyatida namoyon bo`ladi.
Bozor iqtisodiyoti hayotimizda tobora kengroq kirib borayotgan sharoitda ayniqsa reklama sohasidagi xizmatlarga talab kundan kunga oshib bormoqda. Reklama sohasi juda murakkab va nozik soha hisoblanadi. Bu soha bo`yicha ish olib bormoqchi bo`lgan har bir inson shu sohani o`ta ishtiyoqli va ijodkorlik qobiliyati mavjud, yangilikka intiluvchan hamda o`z ishiga chin yurakdan yondashadigan bo`lishi lozim. Negaki bu mutaxassislar mavjud holatlardan maqbul darajada foydalana olishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona va tashkilotlarning reklama faoliyatini o`ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishi, iqtisodiy jihatdan turli xulosalar chiqara olishi, ijodiy yondasha olishni bilishi lozim.
Kommunikatsiya tizimi taqdim etilayotgan reklama mahsulotidan boshlab uni adresat qabul qilib olgunga qadar kechadigan kommunikatsiya jarayonining barcha ishtirokchilari va ma’lumot tashuvchilarni birlashtiradi. Reklama kommunikatsiyasida qabul qiluvchi muayyan kishilar - reklama qaratilgan auditoriyadir. Odatda reklama qaratilgan auditoriya tushunchasi kommunikator firmaning maqsadi qaratilgan bozor tushunchasiga mos keladi. Biroq ba’zi hollarda ushbu tushunchalar orasida sezilarli farqlar vujudga kelishi mumkin. Bu o`z navbatida jamiyatda muayyan qatlam, auditoriyani shakllanishiga himat qiladi. Tabiiyki, kommunikator reklama xabarini qabul qiluvchidan reklama qilinayotgan tovarni xarid qilishini kutadi. Aks aloqa aks javobning qabul qiluvchi tomonidan yo`llovchi e’tiboriga taqdim etilayotgan qismini tashkil etadi. Aks aloqa elementlari sifatida qabul qiluvchilarning kommunikatorga qo`shimcha ma’lumot uchun murojaati, reklama qilinayotgan tovarni ishlatib ko`rish, uning ko`plab o`xshash markalar ichidan tanib olinishi, esda saqlanib qolishi va boshqalar ko`rib chiqilishi mumkin. Psixologik to`siqlar kommunikatsiya jarayonida ishtirok etuvchi kishilarning atrof borliqni turli darajada idrok etishlari natijasida yuzaga keladi.

Yüklə 36,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin