Sintaksis- yunoncha so'zdan olingan bo'lib "biriktirish", "bog'lash" degan ma'nolarni anglatadi.Sintaksis so'zlarning va gaplarning o'zaro bog'lanish tizimi , tartibi, ularning turlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limidir.
So'zlarning o'zaro grammatik birikishi teng va tobelik asosida yuz beradi:
Teng bog’lanish .
Ikki so’zning o’zaro teng munosabatlar asosida birikishi : adig’li tonuzli-ayiq va to’ng’iz, turuq buqali semiz buqali- oriq va semiz buqa. Teng bog’lanish o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi yordamida yuzaga keladi.
Tobe bog’lanish
Bir so’zning boshqa so’zga tobelik asosida bog’lanishi :turk bodun- turk xalqi, altunlug’ o’rgin- oltin taxt.
Tobe bog’lanish ikki qismdan iborat: tobe va hokim.
So'z birikmasi – tobe qismning hokim qismga kelishik,egalik qo'shimchalari ,ko'makchilar va tobelashtiruvchi ohang yordamida bog'lanishidir.So'z birikmasi hokim so'zning qaysi turkumga oid so'z bilan ifodalanishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: otli va fe'lli so'z birikmasi.
Bitishuv
So’zlar grammatik vositalar yordamisiz o’zaro aloqaga kirib, so’z birikmasini tashkil etadi. Bunday so’z birikmalari mazmun va intonatsiya yordami bilan o’zaro birikadi.Quyidagi so’z birikmalari bitishuv yo’lida hosil qilingan: kisi og’lan- inson farzandi, semiz buqa- semiz buqa, yag’ig’a tegmis su- dushmanga hujum qilgan lashkar. Bitishuv munosabatiga kirgan so’zlarning taraqqiyotidagi ikkinchi hodisa birikmalarning qo’shma so’zga aylanishidir: sakiz on,toqqiz on- sakson,to’qson.
Boshqaruv
Tobe so’z ma’lum grammatik vosita kelishik formalari yoki ko’makchilar orqali bosh so’zga bog’lanadi. Qadimgi turkiy tilda bosh kelishikdan tashqari tushum,jo’nalish,o’rin,chiqish,vosita kelishiklari bo’lib,tobe so’z ma’lum bir kelishik affikslari yordami bilan bosh so’zga bog’lanadi. Boshqaruv ikki xil bo’ladi :kelishikli va ko’makchili. Yuz artiq oqun urti –yuzdan ortiq o’q bilan urdi. Biznita adin – bizdan boshqa.
Moslashuv
Qadimgi turkiy tilda moslashuv ikki otning qaratqich kelishigi yordamida birikuvidan hosil bo’lgan. Hozirgi o’zbek tilida bo’lgani kabi qadimgi turkiy tilda ham qaratqich belgili va belgisiz shaklda qo’llangan. Masalan: belgili : menin bodunum erti- mening xalqim edi; belgisiz: ko’rug’ sabi antag’- ko’ruvchining xabari shunday, ozim qutim – o’zimning baxtim.
Izofa
Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishiga bitishuv usuli bilan tobelanadi. Aniqlovchining yana bir turi borki, u tilshunoslikda turkiy izofa deb yuritiladi. Turkiy tillarda gap bo’laklari boshqa tillar, xususan, hind-yevropa tillari oilasidagiga nisbatan o’zining muntazam joylashish tartibiga ega. Izofa ikki otning aniqlovchili munosabatiga kirishuvidir : turk bodun- turk xalqi, Kokman tag’- Kogman tog’i, bodun bog’zi- xalqning noni.