Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə1/3
tarix02.12.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#137815
  1   2   3
MILLIY XAVFSIZLIKNI TA\'MINLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR.

MILLIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR.


REJA :

1.Qo’shni davlatlar bilan aloqalar va ularning ahamiyati


2. Milliy xavfsizlikni taminlash to’g’risida qonun va farmonlar.
3. O’zbekiston Respublikasi milliy armiyasi.
4.Xafsizlikni mamlakat iqtsodiy va syosiy ahyotiga tasiri.


Qo’shni davlatlar bilan aloqalar va ularning ahamiyati
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qoshnilar bilan konstruktiv va ozaro manfaatli munosabatlar ornatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash Ozbekiston tashqi siyosatining ustuvor yonalishi sifatida belgilab berildi. Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yolida amalga oshirilgan say-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bolayotgan edi. Otgan yili Ozbekistonning qoshni davlatlar bilan ozaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz oshib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bolib otgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda ozaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish moljallanayotganini takidladi. Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qoshni Afgonistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bogliqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bolgan hamda shunday bolib qoladi. Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni taminlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afgoniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors korfazi portlariga eng qisqa yolini taminlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan boglashi mumkin.Shuning uchun ham Afgonistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash orinli. Bu esa, oz navbatida, butun Yevro osiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi. Otgan davr mobaynida Ozbekiston Afgoniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi, afgon muammosini hal qilish boyicha xalqaro say-harakatlarga faol qoshildi. Ozbekiston Afgoniston munosabatlari yuqori suratlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bolib otgan Markaziy Osiyo boyicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bolib otgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan Ozbekistonning yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir. Bugun Toshkent Afgoniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish boyicha izchil hamda qatiy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan ozaro muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bolmoqda. Prezidentlar do’stona va samarali, ozaro ishonchga asoslangan muloqotni yolga qoyishga erishdilar. Shu manoda aytganda, otgan yili dekabr oyida Afgoniston Prezidenti Ashraf oanining mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom manoda tarixiy voqea boldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi.Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qoshma hujjatni, shuningdek, qoshni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bolgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bugdoy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi. Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. Otgan bir yarim yil ichida Afgoniston Islom Respublikasidan Ozbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu ozbek afgon munosabatlari tarixida oldin kuzatilmagan. Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari boyicha Ozbekiston Afgoniston qoshma komissiyasining ilk majlisi bolib otdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bagishladi. Birinchidan, 2017 yilning o’zida ozaro savdo aylanmasi 15% foiz o’sib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz osdi. Va etiborlisi, bu bir yilning alohida korsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir.
Prezidentimiz topshirig’iga ko’ra, 2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning yo’l xaritasi qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda ozaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi. Kobulda Ozbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda Ozbekistonda ishlab chiqarilgan nomi ostida tovarlar korgazmasi faoliyat yuritadi yilning sentyabr oyida Mozori Sharifda UzTrade shourumi (korgazma zali) ochildi. Unda ozbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari orin olgan. Bugungi kunga qadar UzTrade (Uz Traeed) kompaniyasi afgonistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani beg’araz yetkazib berdi.
Davlat xafsizligi milliy siyosiy ijtimoiy masala .
Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklariga og’ishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy bagrikenglik, tinchlik va osoyishtalik – demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida orin tutadi. Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni taminlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart-sharoit yaratib berdi. Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yonalishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini taminlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi. O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
1. Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin. Belgilansinki, Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boyicha huquqiy voris hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin.

Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin