MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Dasturiy injiniring kafedrasi
MASHG’ULOTI
FAN NOMI |
|
Algoritmlarni loyihalash
| HAFTA |
|
| MAVZU: |
|
Algebraik va transsendent tenglamalarni yechishda oraliqni teng ikkiga bo’lish, iterasiya usullari.
| ISHDAN MAQSAD: |
| Algoritmlar tahlili va murakkabligi:
Algebraik va transsendent tenglamalarning berilishi;
Oraliqni teng ikkiha bo’lish usuli;
Iteratsiya usuli;
|
Algebraik va transsendent tenglamalarni yechish usullari haqida qisqacha ma’lumotlar.
Chiziqsiz tenglamalarni ularni qaysi tipga tegishliligiga qarab yechimni analitik, ya’ni formula ko’rinishda aniqlash mumkin. Lekin, ko’pincha chiziqsiz tenglamani analitik yechimlarini formulalar yordamida aniqlash imkoniyati bo’lmaydi. Shuning uchun ixtiyoriy chiziqsiz tenglamani yechishning EHMdan foydalanishga mo’ljallangan sonli-taqribiy usullariga e’tibor kuchayib bormoqda.
Bu usullar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
oraliqni teng ikkiga bo’lish;
oddiy ketma-ketlik (iterasiya);
urinmalar (Nyuton);
vatarlar (xord) va boshqalar
Sanab o’tilgan usullardan oraliqni teng ikkiga bo’lish va vatarlar usuli to’g’ri tanlangan oraliqlarda ko’tilgan natijalarni uzoqroq vaqt sarflab bo’lsa ham aniqlab beradi. Urinmalar va oddiy ketma-ketlik usullari esa mos ravishda to’g’ri tanlangan boshlang’ich qiymat va |(x)|<<1 shartda o’ta tezlik bilan taqribiy yechimni zarur aniqlikda topish imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |