Bank huquqi



Yüklə 83,28 Kb.
səhifə1/8
tarix03.02.2023
ölçüsü83,28 Kb.
#122949
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bank huquqi fani Hasanov Jamshid


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INISTITUTI

BANK HUQUQI” FANIDAN



MUSTAQIL ISH


Bajarildi: BIA-91-2 guruh talabasi Hasanov Jamshid.
Tekshirdi: Jumayev M.

Toshkent-2023

Markaziy bankning boshqaruv organi qanday tashkil etiladi?


Markaziy bankning huquqiy maqomi, vazifalari, vakolatlari, tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir.
Markaziy bank — o‘z sarf-xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir.
Markaziy bank va uning muassasalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhriga ega.
Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklaridan iborat bo‘lib, ularning qiymati Markaziy bank balansida aks ettiriladi.
Markaziy bank o‘z balansida aks ettirilgan mol-mulkka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilishga haqli.
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash;
banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolarini nazorat qilish, qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo‘shgan holda, saqlash va tasarruf etish;
davlat budjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir.
Markaziy bank:
moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga;
tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishga;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining, valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bank faoliyat yuritishini ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitallarida qatnashishga haqli emas.

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir. Oliy Majlisning Senati:


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga ko‘ra Markaziy bank Boshqaruvining raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
yillik hisobotni, shuningdek auditorning xulosasini ko‘rib chiqadi.
Markaziy bank pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida har yili matbuotda ma’ruza e’lon qiladi.
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir.
Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, basharti, ular o‘z zimmalariga bunday majburiyatlarni olmagan bo‘lsalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Markaziy bank o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlar chiqaradi.
Markaziy bankning normativ hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimidir.
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar tashkil etadi.
Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bosh boshqarmalar tuzadi.
Markaziy bankka qarashli xizmatlar va muassasalar Markaziy bank Boshqaruvi (bundan buyon matnda — Boshqaruv) tasdiqlaydigan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Markaziy bank:
boshqa davlatlarning markaziy banklari, xalqaro banklar va boshqa moliya-kredit muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishga;
moliya operatsiyalari bajarishga, shu jumladan chet el hukumatlari, chet el markaziy banklari va pul-kreditni tartibga solish organlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga bank xizmati ko‘rsatishga;
xorijiy davlatlarda vakolatxonalar ochishga;
O‘zbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishga haqlidir.
Markaziy bankning boshqa davlatlar banklari va kredit muassasalari bilan o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek banklararo bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.


Yüklə 83,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin