Murusmanova Nodira



Yüklə 135,03 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.11.2022
ölçüsü135,03 Kb.
#119838
Murusmanova Nodira
68590507-d57f-46ac-b84f-75726907cb68


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA 
ADABIYOTI UNIVERSITETI AMALIY FILOLOGIYA FAKULTETI 
5112400 – O‘zga tilli guruhlarida o‘zbek tili 
Bakalavr, 4-kurs, 403-A guruh talabasi 
Musurmanova Nodira 
Fan nomi: O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o`qitish metodikasi 
Mavzu: A1 darajada o‘zbek tili darslarida fonetik ko‘nikmalarni shakllantirish 
metodlari.. 
KURS ISHI 
Ilmiy rahbar: M. Shodmonova 
"Himoya qilishni tavsiya etilsin" 
O‘zbek tili kafedrasi mudiri, 
prof. _____ S. Muhamedova 
"__" ______ 2022 yil. 
TOSHKENT – 2022 


Kirish…………………………………………………………………………...….3 
I Bob. Fonetika kursining mazmuni va uning o’qitish metodlari………..……5 
1.1. Fonetika o’qitishni imlo bilan bog’liq holda olib borish…………………..…7 
1.2. O’zbek tili ta’limida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish………..….14 
 II Bob Fonetika o’qitishda o’quvchilarning so’z boyligini oshirish……….15 
2.1. Fonetika o’qitishda o’quvchilarning so’z boyligini oshirish….…………….15 
2.2.Fonetika o'qitishda interfaol metodlardan foydalanish………………………24 
Xulosa…………………………..…………………………………………….….29 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….31 



KIRISH
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida 
fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan 
holda I sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib 
oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz 
qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil 
etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga 
o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning 
yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga 
ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish 
uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va 
nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari 
maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur 
qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va 
qo’llash uchun zarur. 
O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda 
so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda 
ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi. 
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik 
ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, 
jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz 
undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga 
ega bo’ladilar. 
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy 
o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga 
bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. I sinf 
o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir 
tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga 
muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy 
mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-
biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi. 


I sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar 
o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda 
mustahkamlanadi, takomillashtiriladi. 
Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif 
berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur 
amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi 
tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning leksik ma’nosi so’zdagi tovushlarning 
tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, 
kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil 
lug’aviy ma’noni ifodalaydi. 
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. 
Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini 
bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni 
so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda 
tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida 
ahamiyat beriladi. 
So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay 
yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni 
to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod 
o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida 
so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab 
borish zarur. 
Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh 
tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga 
olinadi: 
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz 
bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz 
bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi); 
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh 
tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz 
eshitiladi); 
3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh 
tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi). 
O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-
sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda 


nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday 
kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni 
o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta 
o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini 
o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha 
belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar. 
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan 
ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim: 
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz; 
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz; 
d) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi. 
O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar. 
Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur: 
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, 
maktab so’zidagi b harfi p tovushini, maktabim so’zidagi b harfi b tovushini 
ifodalaydi); 
2) jo’ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarangli, portlovchi) ham, jurnal, vijdon 
so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi; 
3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi 
(ng) bilan ifodalanadi; 
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy). 
Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi 
O’quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh undoshlar ham tovushlar talaffuzini 
kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar 
ajratiladi. Kuzatishda o’quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli 
undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol 
ko’rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir – paqir, gul – 
kul, dil – til, zina – sina, joy – choy kabi so’zlardagi tovushlarni taqqoslash 
maqsadga muvofiq. Bunda o’qituvchi o’quvchilar diqqatini b-p, v-f, g-k, d-t, z-s, j-
ch tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini 
hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli 
undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa 
faqat shovqin eshitiladi). Xattaxtaga quyidagicha yozib qo’yiladi: 


Jufti bor jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, җ, g’ 
Jufti bor jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, x. 
Jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar bilan ham o’quvchilar har xil 
fonetik sharoitda tovushlarni talaffuz qilishni kuzatish jarayonida tanishtiriladi. 
Buning uchun o’quvchilar so’z oxirida yoki unli tovushdan oldin kelgan ko’l, 
bilim, otam, olmos; quyon, bino; shifoner, fabrika; tong, singil; qo’y, kiyik kabi 
so’zlardagi jarangli undoshning talaffuzini taqqoslaydilar va l, m, n, r, ng, y 
jarangli undosh tovushlar talaffuz qilinganda, ovoz va shovqin eshitilishini, ya’ni 
jarangli undosh tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti yo’qligini (jufti yo’q 
jarangli undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Xuddi shunga o’xshash usulda 
o’quvchilar q, h undoshlari talaffuz qilinganda, faqat shovqin eshitilishini, 
jarangsiz undosh tovush ekanini, jarangli jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangsiz 
undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Kuzatish natijasi xattaxtaga quyidagi 
ko’rinishda yoziladi (yoki kartonda tayyorlangan ko’rgazma ko’rsatiladi): 
Jufti yo’q, jarangli undoshlar: l, m, n, r, ng, y 
Jufti yo’q jarangsiz undoshlar: q, h 
Bolalar jufti yo’q jarangli undosh tovush so’zning oxirida kelganda ham alifbodagi 
xuddi shu harf yozilishini, ya’ni talaffuzi doim yozilishiga mos kelishini bilib 
olishlari yetarli. Jufti bor jarangli undosh tovushlar so’z oxirida kelganda, bunday 
moslik bo’lmaydi, ya’ni ko’pincha uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi (maktap, 
ozot kabi). Bunday so’zlar o’zbek tilida ko’p bo’lgani uchun I sinfdanoq 
o’quvchilarni ularning ayrimlari bilan tanishtirish zaruriyati tug’iladi. Dasturga 
ko’ra, I sinf o’quvchilari b va d jarangli undoshi so’z oxirida kelganda, uning 
jarangsiz jufti p va t talaffuz qilinishi bilan va bunday so’zlarning yozilishini 
qanday tekshirish bilan tanishtiriladi. Ularning talaffuzi va yozilishini tekshirishda 
fonetikaga asoslaniladi. O’quvchilar fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor 
jarangli undoshlarning yozilishini quyidagicha tushuntiradilar: 
– Kitob so’zi oxirida jufti bor undosh tovushni eshityapman, shuning uchun so’zni 
tekshirish kerak. SHu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so’z tanlayman: 
kitobi. Kitobi so’zida b tovushi eshitilyapti, shuning uchun kitob so’zida b harfini 
yozaman. 
Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarni 
egallashlari kerak: 
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish. 


2. So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti 
eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarni tekshirish kerakligini bilish. 
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan 
almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush kelgan so’z 
tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish. 
4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi – kitob, 
maqsadi – maqsad, maqsadga). 
SHunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning 
sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini 
bilishlari zarur. 
O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor 
jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi: 
maktabim – maktab, tuzi – tuz kabi. 
O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi jarangsiz 
undosh tovush o’ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so’zning 
oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u so’z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. 
Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o’quvchilar 
tekshiruvchi so’zni tekshiriladigan so’zdan doim oldin yozadilar: avlodi – avlod, 
kitobi – kitob. 
Bo’g’in ustida ishlash 
Bo’g’in murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda uning qoidasi 
berilmaydi. Dasturga ko’ra, o’quvchilarda so’zni bo’g’inlarga bo’lish ko’nikmasini 
shakllantirish vazifasi talab etiladi. O’quvchilar so’zni bo’g’inlarga bo’lishda 
so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi, degan tushunchaga 
asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o’rgatish davridayoq hosil qiladilar. 
Bolalar yozilgan so’zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so’zda nechta unli 
bo’lsa, uni shuncha qism (bo’g’in)ga bo’ladilar. 
I sinfda o’quv yilining birinchi yarmida og’zaki va yozma tarzda bo’g’inlarga 
bo’lish, shuningdek, 
o’qituvchi topshirig’iga ko’ra, muayyan bo’g’inli so’z tanlash mashqlari har kuni 
o’tkaziladi. So’zni bo’g’inlarga to’g’ri va tez bo’lish ko’nikmasini hosil qilish 1-
sinfda o’tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O’quvchilar o’qish va 
yozish jarayonini egallashda mana shu ko’nikmaga tayanadilar. O’zbek grafikasida 
bo’g’in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O’quvchi so’zni to’g’ri yozish 
uchun uni avval bo’g’inlarga bo’ladi. Bo’g’inlardagi tovushlarning o’zaro bir-


biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur 
harflardan foydalanadi. O’quvchi quyidagicha muhokama yuritadi: 
Dasturga ko’ra, tutuq belgili (ma’no, sun’iy kabi) so’zlarni bo’g’inga bo’lish va 
ko’chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo’g’inda bo’lishi, katta, ikki kabi 
ikkita bir xil undoshli so’zlarni bo’g’inga bo’lganda ikkita bir xil undoshning biri 
oldingi bo’g’inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo’g’inga o’tishi (kat-ta, ik-ki kabi) 
o’quvchilarga 2-sinfdayoq o’rgatiladi 
Fonetika bolimi shuningdek, 5-sinfda orgatiladi. Bu bolim tilning tovushlar 
tizimini orgatadi. Fonetika bolimini oqitish quyidagi vazifalarni kozda tutadi: 
1.Oquvchilarni adabiy talaffuz meyorlariga orgatish. 
2.Oquvchilarning savodxonligini oshirish maqsadida ularni zaruriy bilim, malaka 
va konikmalar biloan qurollantirish 
3.Oquvchilarning soz boyligini oshirish
4.Oquvchilarda turli lugatlar va malumotnomalar bilan ishlash malakalarini 
rivojlantirish. 
Fonetika bolimining izchil kursi bir qator mavzularni oz ichiga qamrab oladi. 
Fonetika va grafika mavzuini organishda asosiy etibor fonetika bilan grafikani 
ogranish obyektini belgilab olishga, nutq haqida tushuncha berishga qaratiladi. 
Ogzaki va yozma nutq haqida tegishli malumot berilib, darslikdagi mashqlar 
ogzaki va yozma shakllarda bajariladi. 
Nutq tovushi va harf mavzusini otishni topshiriqda berilgan gapni sozlarga, 
sozlarni boginlarga, boginlarni esa tovushlarga ajratish bilan boshlash togri boladi. 
Oquvchilar ogzaki nutqning eng kichik, mayda bolakka bolinmaydigan qismi nutq 
tovushi, tovushning yozuvdagi ifodasi esa harf ekanligini bilib oladilar. Bir 
tovushning bir harf bilan yoki ikki harf bilan ifodalanishi haqida tushunchaga ega 
boladilar. Bu nazariy tushunchalarga mos amaliy mashqlar ishlaydilar.
Shundan song Unli tovushlar, Undosh tovushlar mavzulari organiladi. Oquvchilar 
unli va undosh tovushlarning oxshash hamda farqli tomonlarini organib oladilar. 
Berilgan sozlar tarkibidagi tovushlarni unli va undoshlarga ajratadilar. 
Nutq azolari mavzusi orqali oquvchilarga nutq tovushining qanday hosil bolishi va 
ularni hosil qilishda nutq azolarining ishtiroki haqida malumot beriladi. Oquvchilar 
nutq tovushlarini tabiatdagi boshqa fizik tovushlardan farqlashga organadilar. 
Tovushlar nutq azolarining ishtirokiga kora lab tovushlari va til tovushlariga 
ajratiladi. Lab tovushlari lablarning ishtirokida, til tovushlari esa tilning ishtirokida 


hosil boladi. M, n, ng kabi tovushlar burun tovushlari, h tovushi esa bogiz tovushi 
hisoblanadi. Oquvchilar mana shunday malumotlar bilan ham tanishadilar. 
Nutq tovushlarining mano farqlash vazifasini orgatish ham kozda tutilgan, 
oquvchilar nutq tovushlarining asosiy vazifasi sozlarning manosini farqlash 
ekanligini shox shoh, yod-yot, ulgaydi-ilgaydi, tol-tosh-tom, qol-qor-qoch-qot 
kabi sozlar tahlili orqali anglab yetadilar. Shundan song oquvchilar ozbek alifbosi 
haqida bilimga ega boladilar. 
Fonetika oqitishda kozda tutilgan maqsadlardan biri oquvchilarga orfografik 
bilimlar berishdir. Unli tovushlarni orgatishda ham, undosh tovushlarni orgatishda 
ham imloviy bilimlar berish imkoniyatlari katta. Darslikdagi 21-dars Unlilar 
talaffuzi va imlosi deb nomlangan. Oquvchilar u va i, a va o, o,e unlilarining 
talaffuzi va imlosini organsh orqali orfografik bilimlarga ega boladilar. Masalan, u 
va i unlilarining talaffuzi va imlosi bilan bogliq holda oquvchilar sozlarni togri 
yozishga oid quyidagicha bilimga ega boladilar: 1.Sozlarning birinchi boginida r,l 
undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar bilinmas talaffuz qilinsa ham, yozuvda i 
harfi bilan yoziladi. Masalan: biroq, sira, bilan. 2.Ikki boginli sozlarning birinchi 
boginida lablangan u unlisi tasirida ikkinchi bogindagi i unlisi u holida talaffuz 
qilinsa ham, yozuvda i yoziladi. Shunday yozilishi bilan ikkinchi boginda u 
yoziladigan otlardan farqlanadi: urush-urish, yurush-yurish, qurut-qurit. Bu 
juftliklarning birinchi qismida berilgani ot turkumiga mansub sozlar bolsa, ikkinchi 
qisimda berilgan sozlar esa fel turkumiga mansubdir. 
Darslikda mavzuni mustahkamlash uchun 3 ta mashq berilgan. 381 mashq 
berilgan sozlarning talaffuzi bilan yozilishi ortasidagi farqni ajratishga qaratilgan 
bolsa. 382 mashqda esa berilgan sozlardagi nuqtalar orniga i yoki u harfini qoyish 
vazifasi topshirilgan. 383 mashq esa oquvchining mavzu yuzasidan egallagan 
bilimini va savodxonligini aniqlashga qaratilgan bolib, unda bir sozning ikki xil 
yozilishi berilgan: tuygi-tuygu, uyqu-uyqi kabi. Bulardan togri yozilganini aniqlash 
topshirilgan. 384 mashq uyga vazifa qilib beriladi. Korinadiki, mana shu mavzu 
orqali oquvchilarga i va u unlisi ishtirok etgan sozlarning imlosi haqida yetarli 
tushuncha beriladi. Darslikdan Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi nomli 
mavzu ham orin olgan. Ushbu mavzu ham oquvchilar savodxonligini 
mustahkamlashda muhim orin tutadi. Soz tarkibida yonma-yon kelgan ikki unli 
tovush ishtirok etsa bular qator kelgan unli sanaladi: oila, shoir, muomala, soat, 
saodat kabi. Bunday sozlar talaffuzida yo bir tovush tushirib aytiladi yoki bir 
undosh tovush qoyib aytiladi. Bu holat esa qator unli ishtirok etgan sozlarning 
imlosida qiyinchilik tugdiradi. Ushbu mavzu esa oquvchilarga shunday sozlarning 
yozilishini orgatishda yaxshi yordam beradi. 


Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosini orgatish orqali ham oquvchilarga orfografik 
bilimlar berib boriladi. Darslikda berilgan Jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi 
va imlosi nomli mavzu quyidagicha orgatiladi. Dastlab topshiriq sifatida berilgan 
bob, yod, eg kabi sozlarning talaffuzi organiladi va soz oxirida kelgan jarangli 
undoshlarning jarangsizlashi, lekin yozuvda jarangli undosh sifatida aytilishi 
haqida shunday xulosa chiqariladi: soz oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli va 
jarangsiz undoshlar ortasidagi farq yoqolib, bir xil jarangsiz undosh tovush holida 
talaffuz etiladi, lekin b,d,z yoziladi. Shundan song darslikdagi mashqlar orqali bu 
qoidalar mustahkamlanadi. Keyingi darslarda g-k, q-g kabi jarangli va jarangsiz 
undoshlarning imlosi, q-g undoshlari bilan tugagan sozlarga qoshimchalarning 
qoshilishi va ularning imlosi, v,m undoshlaridan oldin kelgan n undoshining imlosi 
organiladi. Shu bilan birga oquvchilarga j, x va h, f,ng, sh va ch harflarining, qosh 
undoshlarning talaffuzi va imlosi haqida ham malumot beriladi. Imloviy bilimlar 
tutuq belgisi, qator undoshlar, bogin, tovushlarining ortirilishi va tushib qolishi 
kabi mavzular bilan bogliq holda ham orgatiladi.
Fonetik mashqlar – o’quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi vosita. Ona 
tili mashg’ulotlarining samaradorligi ko’p jihatdan so’zning ma’nosi va shakli, 
grammatik kategoriyalar va ularning nutqda-ifodalanishi o’rtasidagi 
bog’lanishlarga bog’liq bo’ladi. Ammo, afsuski, amaldagy mavjud dastur va 
darsliklarda bu bog’lanishlar to’la hisobga olingan emas. Til hodisalarining nazariy 
talqini asosiy o’rinni egallab, so’z va uning leksik ma’nosi, matn ustida ishlash, 
o`zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish masalalari uning 
soyasida qolib ketgan. Ta’limga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bu holning 
oldni olish choralaridan biri o`zbek tili fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasi 
semantika va amaliy uslubiyat bilai bog’lashdir. Bu muhim tadbirni amalga 
oshirishda tilniig barcha bo’limlari qulay imkoniyatlarga ega. 
«Fonetika»ni o’rganishda o’quvchilar ko’proq tovush va uning ma’noga ta’siri, 
tovushdosh so’zlar hosil qilish, hosil qilingan so’zlarning ma’nolari ustida ishlash, 
u — o’, i — u, a — i kabi juftlar bilan farqla-nuvchi so’zlar topish va ularning 
ma’nolarini izohlash, ma’lum bir guruhlardagi so’zlar ro’yxatini tuzish(masalan, 
birinchi bo’g’inida u, o’, ikkinchi bo’g’inda u yoki i kelgan urush—urish, tushum
—tushim kabi so’zlar); berilgan so’zlarda undoshlarni juftlari bilan almashtirish 
orqali yangi so’zlar hosil qilish, mahalliy shevada talaffuzi adabiy tilda 
farhlanuvchi so’zlar lug’atini tuzish va ular ustida ishlash, she’riy asarlarni ifodali 
o’qish, she’riy asarlarni tahlil qilib, ularning qofiyalanishi ustida ishlash, ma’lum 
bir fonetik hodisadan (masalan, unlilarni cho’zish-dan) foydalanib, matn yaratish 
kabi imkoniyatlarga ega va bu sermahsul ishlar ona tili mashg’ulotlarining 
samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Fonetikani o’rganishda eng muhim 


masalalardan biri imlodir. Shuning uchun unli va undosh tovushlar (harflar) haqida 
gap borar ekan, asosiy e’tiborni imlo masalalariga qaratishga to’g’ri keladi. 
«Unlilar imlosi» o’rganilayotganda a, i, u, u harflari ishtirok etgan so’zlarni 
matnda ajratish, ularning talaffuzxususiyatlariii sharhlash: u — o’, i — u, a — i va 
h. k. juftlar bilan farqlanuvchi so’zlar topish va ularni izohlash; birinchi bo’g’inda 
u, o’, ikkinchi bo’g’inda u yoki i kelgan so’zlar talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida 
ishlash (urush—urish, tushum—tushim kabi); i — u tovushlari (harflari) tushib 
qoladigan so’zlar ro’yxatini tuzish; q, g’, h, x tovushlari (harflari) va k, g,. y 
tovushlari (harflari) bilan yonmayon kelgan a, i, u, o’ tovushlarining talaffuz 
xususiyatlari, i, u tovushlarining o’ta qisqa va aniq talaffuzi ustida ishlash. 
Ma’lumki, yangi internet asri deb atalmish XXI asrga o‘tish insoniyat uchun misli 
ko‘rilmagan burilishlar, ya’ni yangilanish va jadal taraqqiyot davri bo‘lib tarixga 
kirmoqda. Ayni paytda, Respublikamizda jahon kommunikatsiyasida va yangi 
axborot texnologiyalari yutuqlari iqtisodiy, ijtimoiy–siyosiy va huquqiy islohotlar 
bilan bir qatorda ta’lim–tarbiya sohasidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga ham 
keng joriy etilmoqda. Bu esa, ilm-fan va ta’lim–tarbiya bilan bog‘liq ishlarni 
tashkil etishni jahon standartlari darajasiga yetkazishni taqoza etmoqda. 
Shu bois hukumatimiz tomonidan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi», «Davlat ta’lim standartlari» singari ta’lim–tarbiyani 
rivojlantirishga bag‘ishlangan bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Ularni 
amalga oshirishdan maqsad kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni barkamol shaxs sifatida 
voyaga yetkazishga qaratilgandir. Jamiyatning ilg‘or yangi pedagogik va axborot 
texnologiyalarni yarata oladigan ijodkor yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish 
uchun jiddiy tadqiqotlar olib borishni hamda uning o‘ziga xos tomonlarini maxsus 
o‘rganishni taqoza etganligi bilan hozirgi zamon fanining dolzarb muammolaridan 
biri bo‘lib qolmoqda.Fikrlashga yo`naltiruvchi fonetik mashqlar. Ona tili ta’limida 
uzluksizlikni ta’minlash maqsadida sistemaviylik va izchillik tamoyillariga amal 
qilib, ish tutilsa, ta’lim tizimidagi qaytariq va o’rinsiz takrorlarga chek qo’yilgan 
bo’ladi. Bu esa til fanini barcha bo’limlari ketma ketligi, bosqichma bosqichligini 
ta’minlashi shubhasizdir. 
Topshiriq. Matnni ifodali o‘qishni mashq qiling. So`ng tushunchangizni so‘zlab 
bering. Inson turli a`zolardan tarkib topgani kabi til fani ham turli bo‘limlardan 
iborat bo‘ladi. Til va uning bo‘limlarini o‘rganuvchi fan tilshunoslik deyiladi. 
Uning nutq tovushlari haqidagi bo‘limi fonetika, nutq tovushlarini yozuvda 
ifodalovchi belgilar, ya`ni harflar tizimini o‘rganuvchi bo‘limi grafika, tilning 
lug‘at tarkibini o‘rganuvchi bo‘lim leksikologiya, shuningdek, so‘z turkumlari va 
so‘zning tarkibi morfologiyada, so‘z birikmasi va gap esa sintaksisda o‘rganiladi.


1-mashq. Berilgan xalq maqoli ma`nosini tushuntiring. Unda ishtirok etayotgan 
tovushlarning hosil bo‘lish o‘rnini talaffuz asosida aniqlang. 
Bilimliga yorug‘ dunyo, Bilimsizga –qorong‘u. 
2-mashq. Quyidagi so‘z juftliklarini birma - bir talaffuz qiling, ular orasidan 
shakldosh so‘zlarni toping va ma`nolarini izohlang. 
Tur-to‘r, kul-ko‘l, sur-so‘r; Tush-to‘sh, qush-qo‘sh, xush-xo‘sh. 
3-mashq. Berilgan matnni o‘qing. Unda ishtirok etayotgan mustaqil so‘zlarni 
so‘rog‘iga ko‘ra turkumlarga ajrating va jadval shaklida joylashtiring. Biror matnni 
o‘qiganda baland ovoz bilan, shoshilmasdan o‘qing. Har bir so‘zni va so‘z 
tarkibidagi tovushni aniq talaffuz qiling. Tinish belgilariga e`tibor berib, kerakli 
o‘rinda to‘xtamga rioya qiling. Gaplarning ohangiga diqqat qiling. Ohang gap 
mazmunini belgilashda asosiy omil ekanligini unutmang. 
4-mashq. Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlarga yoddan misollar keltiring. 
Ularda qanday tovush ma`no farqlayotganligini ayting. 
5-mashq. Berilgan quyidagi xalq maqollaridan bir bo‘g‘inli so‘zlarni ajratib oling 
va dastlab unli harflarni so‘ng undosh harflarini almashtirib yangi so‘zlar hosil 
qiling. 
Ish desa, ayyor,
Sher izini it bosmas. 
Osh desa, tayyor.
Ko‘p bilgan oz so‘zlar, oz bo‘lsa ham soz so‘zlar 
6-mashq. Talaffuz qilganingizda hech qanday to‘siqqa uchramay chiquvchi nutq 
tovushlarini ajrating. So‘ngra she`rni ifodali o‘qib, mazmuni haqida 
tushunchangizni bayon qiling.
Aziz asrimizning aziz onlari, 
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin. 
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la, 
Bezamoq chog‘idir, umr daftarin. 
G‘.G‘ulom 
7-mashq. Yangi bo‘g‘in qo‘shib so‘zlar yasang va to‘g‘ri talaffuz qiling.


1.Bir undosh/ 2.bir bo‘g‘n/ 3.ikki bo’g‘in/ 
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda, Fonetika bolimini oqitish jarayonida oquvchilarga koplab 
imloviy bilimlar berish, ularning savodxonligini yaxshilash imkoniyatlari keng. 
Buni togri yolga qoya bilish oqituvchi mahoratiga bogliq. 
Fonetika bolimini oqitishda kozda tutiladigan amaliy maqsadlardan biri 
oquvchilarning soz boyligini oshirishdir. Bu ish quyidagi yollar bilan amalga 
oshiriladi: 
1.Tovushdosh sozlar ustida ishlash orqali. Tovushdosh sozlar bir-biridan bir tovush 
bilan farqlanadi hamda turli manoga ega boladi: ber-bor-bur, loy-moy-soy, choy-
toy kabi. Oquvchilar har bir unli va undosh tovushning talaffuzi va imlo 
xususiyatlarini organib bolgach, shu tovushlarga mos tovushdosh sozlar 
toplaydilar: Bu esa oquvchilarning soz boyligini oshirishga yordam beradi.
2.Sozlarning mano nozikligi ustida ishlash orqali. 
Unli va undosh tovushlarni chozish vositasida manoni kuchaytirish, sozga 
ishonchsizlik, yalinish-erkalash kabi manolarni yuklash mumkin.Masalan: katta` 
(manoni kuchaytirish), yoqq` (ishonchsizlik manosi), buvijon` (yalinish) kabi. Ana 
shunday ifodalarni oquvchilarga orgatish ularning soz boyligini oshiradi. 
3.Manodosh, uyadosh va qarama-qarshi manoli sozlar ustida ishlash orqali.
Oqituvchi Fonetika bolimidagi har bir mashq ustida ishlashda manodosh, uyadosh 
va qarama-qarshi manoli sozlar ustida ishlash imkoniyatiga ega. 
Masalan, ng tovushining imlosi ustida ish olib borilar ekan, oquvchilar ohangi, 
tengi, tonggi, manglay singari sozlarni boginlarga ajratadilar. Shu bilan birga 
manodoshlar topishi ham mumkin. Masalan: ohang-sas, teng-barobar-tengqur, 
tonggi-sahargi, manglay peshona kabi.
Tovush juftlari bilan farqlanuvchi sozlar ustida ish olib borilayotganda ham 
shunday ishlar davom ettirilishi mumkin: urish-urush, yumish-yumush.
Fonetika bolimini oqitishda sathlararo boglanishni yolga qoyish imkoniyatlari ham 
keng. Bu bolimni orfografiya, leksikologiya, sintaksis kabi bolimlar bilan bogliq 
holda oqitish mumkin. 


Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Umumiy orta talimning davlat talim standarti va oquv dasturi. Ona tili. 
Adabiyot. Ozbek tili (talim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun) . 
Toshkent. Sharq nashriyot–matbaa konserni. 1999-yil,1-maxsus son. 
2.Ozbekiston Pespublikasining yangi tahrirdagi Talim togrisidagi Qonuni. 2020-y 
24-sentabr 
3.B.Toxliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyadova. Ozbek tili oqitish metodikasi Toshkent. 
Yangi asr avlodi nashriyoti. 2006-y. 
4.A.Gulomov, M.Qodirov Ona tili oqitish metodikasi Toshkent. Universitet 
nashriyoti. 2001-y.
5. Ozbek tilining asosiy imlo qoydalari Toshkent. Oqituvchi nashriyoti 1995-y. 
6.Y.Gulomov, I.Rasulov, H.Rustamov, B.Mirzaahmedov. Ozbek tili oqitish 
metodikasi Toshkent. Oqituvchi nashriyoti 1975-y.
7.O.Roziqov, M.Mahmudov, B.Adizov, A.Hamroyev Ona tili didaktikasi Toshkent. 
Yangi asr avlodi nashriyoti 2005-y. 
8.www.google.uz 
9.www.ziyonet.com 

Yüklə 135,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə