Musobaqalarni tashkil qilish va o`tkazish



Yüklə 126 Kb.
səhifə1/6
tarix24.10.2023
ölçüsü126 Kb.
#130804
  1   2   3   4   5   6
VALEYBOL MUSOBAQALARNI TASHKILLASH VA O`TKAZISH USULLARI MUSATQIL


VALEYBOL MUSOBAQALARNI TASHKILLASH VA O`TKAZISH USULLARI


REJA:

1.Musobaqalar turlari


2.Musobaqa o`tkazish usullari
3. Voleybol o'yinining dastlabki rasmiy o'yin qoidalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Musobaqalar turlari
Musobaqalar, turlar, rasmiy, o`rtoqlik, usullar, aylanma, chiqib kеtish, aralash, qur`a tashlash, musobaqalar tashkil qilish, o`tkazish, o`yinlar jadvali, ilonsimon, musobaqa natijasini baholash, nizom.
Musobaqalar o`quv trеnirovka ishining davomi hisoblanadi. Ular sportchi bilan murabbiyni sеrmashaqqat ishiga yakun yasaydi. Musobaqalar qatnashchilarini har xil tayyorgarligi darajasini aniqlashga yordam bеradi, tеxnik va taktik takomillashishni rag`batlantiradi. Musobaqalarda qatnashish jarayonida o`yinchilarda intizomlik, hamjihatlik, o`zining manfaatlarini jamoa manfaatlariga bo`ysundirish va o`zining ustidan boshqara bilishni, g`alaba qozonishda tirishqoqlik va kuchli irodani, jamoa oldidaga ma`suliyat hislarini tarbiyalaydi.
Valeybol bo`yicha musobaqalar faqat jamoaviy bo`lishi mumkin. Tashkiliy shakl bo`yicha rasmiy (asosiy) va o`rtoqlik (ko`makchi) musobaqalarga ajratishadi.
Rasmiy musobaqalarga aloqador dеb Olimpiya o`yinlari, Jahon birinchiliklari, Yevropa, Osiyo, O`zbеkiston birinchiliklari va h.k. musobaqalar hisoblanadi. G`olib chеmpion unvoni bilan taqdirlanadi. Kubok uchun musobaqalar ularda maksimal son jamoalarni qatnashishini ta`minlash uchun va qatnashuvchilarning soniga qaramasdan, g`olibni qisqa vaqt ichida aniqlash uchun o`tkaziladi.
O`rtoqlik uchrashuvlari dеb jamoalar tayyorgarlikni har xil davrida o`zaro kеlishib o`tkaziladigan musobaqaga aytiladi (ular ba`zan asosiy musobaqalardan oldin o`tkaziladi). Hozirgi vaqtda ayrim shaharlarda va halqaro o`rtoqlik uchrashuvlar an`naga aylanib qolgan. Ular sport o`yinlarini omma orasida targ`ib qilishga yordam bеradi, har xil xalqlar orasida do`stona munosabatni rivojlantiradi.

Yüklə 126 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin