XALQARO NORDIK UNIVERSITETI Ta’sviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi fanidan Bajardi: 4-MMT 22 Tanirberganova Z Mavzu: Tabiiy materiallardan qurish-yasash
Reja:
Kirish
Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o'rni.
Tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzuning dolzarbligi
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar bilan qurilish materiallari yordamida o'yin va mashg'ulotlar o'tkazishning ahamiyati katta. Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda maktabgacha ta'lim muassasasida qurilish materiallari yordamida o'tkaziladigan o'yin va mashg'ulotlar katta o'rin egallaydi. Bolalarning qurilish o'yinlari rollarga bo'linib o'ynaladigan o'yinlarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Qurilish o'yinlarida ham bolalar tevarak-atrofdagi narsalarni, kattalarning faoliyatlarini aks ettiradilar. Qurilish o'yinlarining mazmunini bolalarning o'zlari yaratadilar. Bolalar ko'pincha kattalarning qurilishdagi faoliyatlariga taqlid qilib, «Quruvchi ishchi» rolini bajaradilar.
«Qurish-yasash» lotin tilidan olingan bo'lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma'lum bir holatga keltirish, degan ma'noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qog'ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o'yinchoqlar yasash o'rgatiladi.
«Qurish-yasash» lotin tilidan olingan bo'lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma'lum bir holatga keltirish, degan ma'noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qog'ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o'yinchoqlar yasash o'rgatiladi.
Qurish-yasash faoliyati- amaliy faoliyat bo'lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Qurish-yasash faoliyatiga o'rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi hamda ularda tevarak-atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko'nikmasi, mustaqil fikrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat'iylik va hokazo) tarkib topa boshlaydi, bularning barchasi bolalarni maktabda o'qishga tayyorlaydi.