Nizomiy nomidagi tdpu “Fizika –matematika” fakulteti “Matematika o’qitish metodikasi“ ta’lim yo’nalishi talabasi Nurmatova Mashhuraning “Umumiy oʻrta ta’lim



Yüklə 13,44 Kb.
tarix15.11.2022
ölçüsü13,44 Kb.
#119480
Тaqriz


Nizomiy nomidagi TDPU “Fizika –matematika” fakulteti “Matematika o’qitish metodikasi“ ta’lim yo’nalishi talabasi Nurmatova Mashhuraning “Umumiy oʻrta ta’lim maktablari 5-6 sinf matematika darslarida oʻquvchilarni mustaqil bilish faoliyatini tashkil etish metodikasi” mavzusi bo’yicha tayyorlagan bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Bugungi kun ta’limi tizimi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bu- o’quvchilar mustaqil bilish faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur malakaviy bitiruv ishi yuqorida qayd etilgan muammolarni hal etishga qaratilgan bo’lib, unda 5-6-sinf matematika kursini o’rganish jarayonida o’quvchilar mustaqil bilish faoliyatini tashkil qilish imkoniyatlari ko’rib chiqilgan bo'lib, kirish, ikkita bob, beshta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat..
Bitiruv malakaviy ishning “Oʻquvchilar mustaqil bilish faoliyatini tashkil etishning pedagogik asoslari” - deb nomlangan birinchi bobda mustaqil bilish va uni tashkil qilish omillari, “5-6 sinf matematika darslarida oʻquvchilar bilish faoliyatini tashkil etish metodikasi” –deb nomlangan ikkinchi bobda matematika darslarida o’quvchilar mustaqil bilish faoliyatini tashkil etish imkoniyatlari ko’rib chiqilgan.
O'quvchilar mustaqil bilish faoliyatini tashkil qilish o’quvchilarni bilimlarini boyitishga va fanga bo’lgan qiziqishlarini oshishida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Matematikadan tashkil qilingan to’garaklarda mantiqiy tafakkurni, ijodiy qobiliyatlarni, murakkab masalalarni tahlil qilish va yechishni rivojlantiruvchi matematika bilan shug’ullaniladi. Bunda nostandart masalalar yechishning oliy ta’limda o’rganiladigan usullarini maktablarda tashkil qilinadigan sinfdan tashqari ishlarning bir qismi bo’lgan to’garak mashg’ulotlarida o’rgatish g’oyasi bu mashg’ulotlarni samaradorligini oshirishga va o’quvchilar mustaqil bilish faoliyatining rivojlanishiga olib keladi.
Nurmatova Mashhuraning bitiruv malakaviy ishi unga qo’yilgan talablarga javob beradi. Mazkur bitiruv malakaviy ishini tugallangan deb hisoblash hamda uni himoyaga tavsiya etish mumkin.
2-toifali o'qituvchi G. Muzaffarova
Yüklə 13,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin