Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat
pedagogika
universiteti rektori
A.K.Kirgizbayevga Nizomiy
nomidagi
Toshkent davlat
pedagogika universiteti talabasi
Islombekov Baxtiyordan
Ariza
Men Islombekov Baxtiyor Alisher o’g’li Nizomiy nomidagi Toshkent
davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
biologiya
yo’nalishining 303-guruhida oʻqiyman. Meni universitetimizda yangi
tashkil etilgan “Otin Fond” guruhiga a’zo qilishingizni soʻrayman.
20.11.2022. Islombekov .B
MATIVATSION XAT
Assalomu alekum Qirg’izboyev Abdug’affor Karimjonovich. Mening ism sharifim Islombekov
Baxtiyor Alisher o’g’li. Men Nizomiy nomidagi TDPU ning Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 303-
guruh talabasiman.Men 2000-yil 21-mart kuni Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanida tug’ilganman.
O’sha joydagi 72-IDUM ning matematikaga yo’naltirilgan sinfida taxsil oldim va tamomladim.Biologiyaga
bo’lgan qiziqishim tufayli maktabni tugatib dastlab akademik litseyning tabiiy fanlar yo’nalishida, so’ng esa
pedagogika kollejida tahsil olganman.
Aynan bu sohani tanlashimga bu fanga boʻlgan chuqur qiziqish sabab
boʻlgan”Oltin Font “ guruhiga ariza yozishimdan asosiy maqsad barcha biologik bilimlarni chuqur egallash
va bu bilimlarimni kelajakda talabalarga
mukammal holda yetkazib, yurtimizni shu soha bo’yicha yuksak
salohiyatli kadrlar bilan taminlashdir . Ushbu guruhni muvaffaqiyatli tamomlagach dunyoning rivojlangan
davlatlarida magistiratura va doktarantura bosqichida oʻqishni davom ettirish va olgan bilimlarimni
Oʻzbekiston universitetlariga olib kirish.
Etishgan yutuqlarim: Maktab va kollej davrida bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalarining 6 karra
tuman g’olibiman va 2 karra viloyat bosqichida 3-o’rin sohibiman.Sportning karate va kurash turi bo’yicha
shug’ullanib musobaqalarda sovrinli o’rinlarni egallaganman.
Amalga oshirmoqchi boʻlgan asosiy maqsadlarim:
- Ushbu guruhni muvaffaqiyatli tamomlagach dunyoning rivojlangan davlatlarida
magistiratura va
doktarantura bosqichida oʻqishni davom ettirish.
-Asosiy yo’nalishim Biokimyo va Molekulyar biologiya bo’lganligi uchun aynan shu sohadagi bilimlarni
chuqur o’rganib hozirgi kunda butun dunyodagi global muammo-lardan bo’lib turgan oziq ovqat
yetishmovchiligini hal etish va ko’plab irsiy va patalogik kasalliklarni davolash
va oldini olish usullarini
ishlab chiqish eng oliy maqsadimdir.
-Yurtimizda davlat yoki nodavlat universitetlar qoshida malekulyar biologiya fakultetini tashkil qilib, u yerda
eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan labaratoriya tashkil qilish va dunyoning eng kuchli olimlarini
taklif qilgan holda ko’plab ilmiy ishlarni amalga oshirish. Bu fakultet talabalari xalqaro
biolog
professorlardan tahsil olib ular bilan ko’plab kashfiyotlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Yurtimizni shu soha bo’yicha dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatorida ko’rish eng kotta orzuyim va
eng oliy maqsadim hisoblanadi.
- Najot ilimdadir. Hozirgi kunda dunyoning rivojlangan davlatlari ko’plab xalqaro grand loyihalar o’tkazib
dunyoning eng salohiyatli bilimga ega bo’lgan insonlarni yig’ib olmoqda va ularni bilimlaridan o’z davlatlari
va insoniyat manfaati uchun foydalanib kelayotganini ko’plab marta guvohi bo’ganmiz.
Biz buyuk tamaddunga ega davlatning,dunyoni ko’plab marta lol qoldirgan buyuk mutaffakkirlarning
farzandlarimiz va hozirgi kundaham biz yoshlar ichida ko’plab kuchli bilimga ega bo’lganlari talaygina.
O’sha yoshlarni kuchli bilimini yanada oshirish va
yurtimizda saqlab qolish, qolaversa ularning bilimlaridan
mamlakatimiz rivoji yo’lida foydalanish eng yuksak maqsadim hisoblanadi.
Oʻylaymanki bu maqdaslarimga erishishda ushbu ,,Oltin Font” guruhi men uchun tashlangan
qadamlarga tayanch poydevor boʻlib xizmat qiladi!
Ajratgan vaqtingiz uchun oldindan raxmat.
Hurmat bilan,
ISLOMBEKOV BAXTIYOR