KAZUSLAR:
1. Jurnalist CHarlz Duxigning “Odatning qudrati” nomli maqolasida inson
taqdirini hal qiluvchi kuchga ega bo`lgan odat va ko`nikmalar, qiziqishlar
bo`lishini yozadi. Bu odat nafaqat odamdagi boshqa jihatlarni birlashtiradi,
Shuningdek, uni yomon illat va harakatlardan ham tiyadi. Kimdir mehribon,
kimdir mulohazali, yana kimdir g`ayratli, boshqa kimdir sabr-toqatli.
Savol: O`qishda va hayotda ko`zlangan maqsadga erishishdagi, hayotingizda tub
burilish yasaydigan odatlaringiz mavjudmi hamda ularni rivojlantira
olyapsizmi?
MANTIQIY SAVOLLAR:
1. Shifokorlarni aniqlashicha, kishi o`zining shaxsiy kundaligi uchun bir
kunda 15 daqiqa ajratsa, bu uning sog`lig`ini yaxshilaydi, immunitetini
kuchaytiradi va kayfiyatini ko`taradi.
Savol: Muvaffaqiyatga erishishda kundalik yuritishning qanday ahamiyati bor?
Kundalik yuritishning mutaxassis uchun foydali jihatlarini izohlab bering.
2
Bodo Shefer aytganidek, agar maqsad aniq bo`lsa, rejaning
bajarilishi ham
aniq muddat kasb etadi. Maqsad bizni harakatga jorlaydi. Tilak va
tuyg`ularimiz o`rnini endi temir intizom egallaydi.
Savol: Maqsad yo`qligi-chi, u nimaga olib kelishi mumkin? Javoblaringizni
misollar bilan izohlab bering.
Kazusga javob :
Avvalambor hayotda har bir insonning o`zini maqsad va vazifalari bo`ladi, shu maqsadni amalga oshirish
uchun ma`lum vazifalarni bajarishi kerak. Shu tariqa turli xil odatlar shakllantiriladi, albatta ular yaxshi
odatar bo`lishi zarur. Maqsad va odatlar haqida gapirishdan oldin maqsad nima? Odat nima? degan
savollarga
javob berish kerak.
Maqsad
inson amaliy faoliyatining avvaldan fikran o`ylangan natijasi.
Maqsad insonlarga xos
bo`lib, uni kelajakning loyihasi, deb ta`riflash mumkin. Maqsad faoliyat yo`nalishini belgilovchi muhim
elementdir.
Odat
– o`rganish bo`lib qolgan va muayyan vaziyatda bajarish individ uchun ehtiyojga
aylangan xatti-harakat. Odat stixiyali tarzda shakllanishi, muayyan tarbiya mahsuli bo`lishi, xarakterning
barqaror xususiyatiga aylanishi, avtomatizm belgilariga ega bo`lishi mumkin.
Hayotimizda maqsadlarimizga erishish yo`lida o`zimizga bir odat shakllantirishimiz kerak deb
o`ylayman. Qanaqa odat deysizmi? Hayotingizni yanada qiziqarli qiladigan ya`ni o`zingiz yoqtirgan
biron-bir ishni qilib borishingiz bu hayotga bo`lgan ishtiyoqingizni oshiradi, hayotdan yashash
mazmuningiz shakllanadi. Masalan men o`zimdan misol keltiradigan bo`lsam, universitetga kirishga
tayyorlanib, o`qib yurgan vaqtlarim ora-orada do`stlarim bilan futbol o`ynab turardik, mana shu menga
motivatsiya berardi, ya`ni futbolga qiziqishim. Chunki dunyo futbol yulduzlari doim katta natijalarga har
doim kuchli harakat orqali erishishgan. Demak hamma sohada ham harakat qilsa o`z maqsadingizga
erishish mumkin. Hammaning qiziqishi har xil, lekin har kim o`z qiziqishini o`zi uchun foydali harakat qilib
olishi mumkin, masalan mening vaqti-vaqti bilan futbol o`ynab turishim mening hayotga qiziqishimni
orttiradi, hayotga qiziqishim ortgandan keyin albatta o`zimni sohamda ham sifatli, ishtiyoq bilan harakat
qilaman. Birinchi navbatda odatimiz o`zimiz qiziqadigan soha bo`lishi kerak ekan, eng asosiysi esa o`sha
qiziqadigan sohamiz yomon yo`nalish bo`lmasligi kerak. Doim ilm olish, kitob o`qishni ham odatga
aylantirishimiz kerak. Muntazam kitob o`qigan inson hech qachon kam bo`lmaydi deb ulug`
mutafakkirlarimiz ham aytib o`tishgan, lekin hozirgi kunda kitobni muntazam o`qishga qiynalyapsizmi,
dangasalik yengib qoyyaptimi, demak siz o`qishdan tashqari yana bir mashg`ulot toping. Ko`p vaqt
sarflamasdan, birozgina vaqtingizni ajratib shu ishni bajaring va keyin ko`rasiz natijasini, o`qishingiz
yanada sifatli bo`lib boradi. O`zingizni kun bo`yi kitob o`qiydigan aqlli inson deb hisoblamang , kunida
qiziqarli odatlari bor inson o`qishida sifat bo`ladi. Ba`zilar o`ylashadi odatim menda o`qish, o`qish, o`qish
bo`lishi lozim deb. Aslini olganda odat bu o`qishga va hayotimizga mazmun baxsh etadigan holatlar
bo`lishi kerak. Bu hayotimizga qiziqishlarimizni odatga aylantirib olsak hayotda hech qiynalmaymiz, qaysi
soha bo`lsa ham u sohada muvaffaqqiyatli va samarali faoliyat olib boramiz , yutuqlarga erishamiz. Nega
desangiz hayotga qiziqishingiz doimiy odatlaringiz va qiziqishlaringiz orqali doim yo`qolmaydi, hayotga
qiziqishi doim bo`lsa, uni hech kim yo`ldan qaytara olmaydi, o`z maqsadlari sari har doim harakat qiladi.
CHarlz Duxigning “Odatning qudrati” nomli maqolasida inson taqdirini hal qiluvchi kuchga ega
bo`lgan odat va ko`nikmalar, qiziqishlar bo`lishini yozgan ekan. Men bu fikrga 100% qo`shilaman va
yuqorida ham aytib o`tganimdek ba`zi odatlarimiz va qiziqishlarimiz aynan o`zimizning sohada
bo`lmasada, inson taqdirini hal qilishi ham mumkin. Bu odatlarga biz chin dildan qiziqishimiz bo`lsa,
kunida yoki haftada bir marta vaqt belgilab shu mashg`ulotga aylantirsak, asosiy sohamizda ham sifatli
ishlay boshlaymiz, chunki boshqa, ya`ni insonni chalg`ituvchi omillarga chalg`ib qolmaymiz. Bu esa
vaqtmizni samarali, ishimizni sifatli, o`z shaxsiy hayotimizni ham mazmunli tashkil etishimizda yordam
beradi.