Oqsaroy shahri



Yüklə 49 Kb.
səhifə1/2
tarix01.01.2022
ölçüsü49 Kb.
#107204
  1   2
999
Adhambek buxorov gistalogiya fayl, Test Tuproqshunos (2), Test Tuproqshunos (2), elektrotexnika va elektronika, elektrotexnikaning nazariy asoslari

OQSAROY SHAHRI

Qarshi davlat DU Ijtimoiy fanlar fakulteti

1-kurs talabasi Ziyodov. H.

Ilmiy rahbar : Tuhtamishova. F.


ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Amir Temur davridagi ya`ni XIV-XV asrlarga oid Oqsaroy binosi Amir Temur va Temuriylar davrida ham hozirgi kunda ham Kesh - Shahrisabzga keluvchilarning diqqat e`tiborini tortib kelgan.

Oq saroy bunyod etilganidan buyon sayyohlar va olimlarni fikrlashlariga va qiziqishlariga sabab bo`lmoqda.

Kalit so`zlar: Oq saroy, Kesh – Shahrisabz, Abdurazzoq Samarqandiy, ,Sharafiddin Ali Yazdiy peshtoq, ustun, Klavixo, Kabanov, Z.M.bobur X.T. Sultonov .

Binoning bunyod etilishi Amir Temurning 1379-yilda Xorazmga to`rtinchi yurish qilgan paytiga to`g`ri keladi .Xorazmning markazi Urganch qo`lga olinganidan so`ng Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha Temuriy ishga yaroqli barcha odamlarni Xorazmdan Movarounnahrga ko`chirib Kesh Shahriga joylashtirish haqida farmon berdi, Sharofiddin Ali Yazdiyning xabar berishicha ko`chirilganlar mashhur olimlar mullalar, Qur`on bilimdonlari va turli kasbdagi quruvchi mutaxasssislar ham bor ediki, ular Temurning buyrug`i bilan Keshda yangi saroy qurishga ko`pchilikni tashkil etadilar. Shuning uchun ham Abdurazzoq Samarqandiy xorazmlik ustalar baland saroy bino etdilarki hozirgi kunda u Oqsaroy nomi bilan ataladi deb ma`lumot beradi.

Oqsaroy qasri sohibqiron Amir Temur hazratlari barpo ettirgan ulug`vor muhtasham tengsiz me`moray obidadir . Qudratli davlatning zaxira ma`muriy boshqaruv binosi tariqaswida 1380-1396 yillarda qurilgan koshona kechmishi hayratomuzdir.

[C.P. Ravshanov . Oq saroy tarixi. Tarix. Hujjatli adabiyot.2016. Б.172].

O`z davrida umumiy balandligi, 70 metrgayaqin bo`lgan Oqsaroy binosining hozirgi kunda saqlanib qolgan qoldig`i 38 metr saqlanib qolgan kirish peshtoqining ikkita ulkan ustuni sirlangan mozaika va betakror o`yma naqshlar bilan bezatilgan . Bu yerdagi geometrik va tabiiy naqshlar yeti xil rangda tanlangan bo`lib xalq orasida “xaft rangi” deb nomlanadi.

O`zbekiston qahramoni xalq shoiri Abdulla Oripov bu buyuk imorat haqida shunday o`lmas satrlarni bitgan ;

Qancha jahongirlar izsiz yo`qoldi

Moziy barchasini bag`riga oldi.

Niyati oq ekan Sohibqironning

Undan mangu yodgor oqsaroy qoldi.

[Islom Karimov ilmiy- ma’rifiy majmuasi. Abdulla Oripov satri.2018.B.97]

Saroyni bezashda me`moriy naqshinkor usullarda bitilgan diniy-falsafiy yozuvlarga alohida e`tibor berilgan. Hozirgi kunga kelib olib borilgan ko`pgina tadqiqotlar natijasida bu yerdagi ko`pgina arab va fors tillaridagi yozuvlar o`qilib tarjima qilingan .

Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” sidagi : Sohibqironi saodatnoma Kesh Qal`asini solib, Oqsaroy imoratini buyurg`oni faslida Amir Temur qurdirgan oqsaroy jumladan shunday ta`riflanadi. “Sichen yilda tarix yetti yuz sakson birda ul shaharg`a qal`a soldurdi va jahdlab tamom qildirdu va andoq shahar bo`ldikim gardun muhandisi muncha Yoshi bilan olamni kezib hech bir yerda mundoq shahar va ko`shk ko`rmagan turur” . Olim oqsroy qurilishining boshlanishi haqida quyidagicha she`riy satrlar bitadi.

Yerdan to samo qadar ko`tarilgan yangi nomi ila ataldi tanho go`zal Oqsaroy [Sharofiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” 2017.B.178].

Tarix fanidan kelib chiqib qarasak shunday savol beriladi, u 1552-yilda Shahrisabzni Shayboniy Hoshim Sultondan olib ukasi. Ibodullo Sultonga berdi. 1553-yilda Navro`z Ahmadxon yordamida Hoshim Sulton Shaxrisabzni egallaydi. 1563 – yilda u ikkinchi bor, Hoshim Sultonni daf qilish uchun Shaxrisabzni fath etib yaqini Xusrav Sultonga beradi va unga qarata “haqiqat bilan hukmronlik qil kuchli va kuchsizni adolat sitamida barobar tut hamisha jabru - zulm bayrog`ini sindur” deydi.

Liya Mankovskaya asosiga tayanib yozishicha 1707-yil Oqsaroy peshtoqi tagida Buxoro xoni Ubaydulloxonning toj kiyib taxtga o`tirgani haqidagi ma`lumot peshtoqning butunligidan dalolat beradi.

[ Hofiz Tanish Buxoriy “ Abdullanoma” 2018.B.132. ]

Oqsaroyning ilk ko`rinishi haqida ispan elchisi Klavixo shunaqa ma`lumot beradi:

Saroyning kirish juda uzun va darvozasi ham juda baland . Kirish joyida op`ng va chap tomonida koshinlar va turli naqshlar bilan bezatilgan g`ishtin arklar qad ko`targan bu yerdagi bezash ishlarining barchasi oltin, lojuvard va qimmatbaxo toshlardan qilinganki, bunga hatto Parijning mohir ustalari ham qoyil qolishi mumkin . Zahiriddin Muhammad Bobur ma’lumatiga asosan “Temurbekning zodu budi Keshdin uchun shahr va poytaxt qilurg`a ko`p va xo`p ehtimollar qildi oliy imoratlar Keshga bino qildi.

[Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” 2019.B.487].

S.K. Kabanov ma’lumotiga ko`ra, 1936-yil qazishlar asosida sharqiy ustunning janubiy tomonidan uzunligi bir metr bo`lgan ilk sath ochilgan . Bunda topilgan koshinlar qarshilik usta Ali tomonidan bunyod etilgan Shoxizinda maqbarasi koshinlar uslubida tayyorlangan. 1976-yilda arxeolog X.T. Sultonov Oqsaroy binosini qoldirib konservatsiya qilish uchun kirish peshtoqi xarobalaridan uch – to’rt metr janubda ish boshlab undan bir yarim metr chuqurlikda binoning sathiga qoplangan ajoyib rangli qoplama naqshlar topildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Shaxrisabzdagi Oqsaroyda ijtimoiy - iqtisodiy soha rivojiga hissa qo`shish va shaharni turistik salohiyatini oshirish maqsadida Textile va Oqsaroy Textile korxonasini qurib, unda 54 millionli 3 ta loyixani bajarish, 1610 ta ish yaratish yiliga 22 million dollarlik mahsulot eksport qilish mo`ljallangan edi .

[ Prezident Shaxrisabzda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish haqida – Gazeta.uz 2020. B. 16].

So`zim o`rnida a’yonki Oqsaroy chinakamiga tashqi ta`sir bo`lmasa xaroba bo`ladigan imorat emasdi . Buning ustiga oradan, 50 yil o`tib 1920-yil 24-dekabrda sovet tuzumiga qarshi umumxalq qo`zg`olonini bostirish vaqtida Benbin degan kimsa tomonidan Oqsaroy o’qqa tutilgani aytiladi .Oqsaroy sovetlar davrida 74 yil davomida qarovsiz qolgan .

Mustaqilligimiz keng nishonlanish arafasida nihoyat istiqlol shamolining esishi, bizgacha nasib etib saqlangan Oqsaroy peshtoqlarini qaddini ko`tarib bugungi kunda sayrgoh deb atalayotgan maydonning (82 ga ) ko`rkiga aylantirib yurtimiz insonlari va chet el olim va sayyohlarni hozirga qadar mamnun etib kelmoqda .


Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə