Аnnotatsiya
Dastur 5А120501 – Falsafa (sohalar boʼyicha)
magistraturaga kiruvchilar
uchun 5120500 – Falsafa taʼlim yoʼnalishining 2017-2018 oʼquv yilida
tasdiqlangan oʼquv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan.
TUZUVCHILАR:
S.Karimov - SamDU Yuridik fakulteti “Falsafa va milliy gʼoya” kafedrasi
mudiri, falsafa
fanlari doktori, dotsent
J.Yaxshilikov - SamDU Yuridik fakulteti “Falsafa va milliy gʼoya”
kafedrasi falsafa fanlari doktori, professor
А.Samadov - SamDU Yuridik fakulteti “Falsafa va milliy gʼoya” kafedrasi
falsafa fanlari doktori, dotsent
Dastur Yuridik fakultetining 2021 yil 29 iyundagi 9-sonli kengashi
yigʼilishida, Universitet kengashining 2021 yil 30 iyundagi 11-son yig‘ilishida
muhokama etilgan va tavsiya etilgan.
Kirish
5А120501 Falsafa (sohalar boʼyicha) magistratura mutaxassisligi boʼyicha
magistraturaga kirish sinovi uchun moʼljallangan dasturda Falsafa bakalavr taʼlim
yoʼnaoishi oʼquv rejasida oʼqitilgan fanlar mazmuniga asoslanadi. Dasturda
falsafaning
rivojlanish tarixi, borliqning oʼzaro aloqadorligi va rivojlanish qonun
va kategoriyalari, ontologik, substantsional, munosabatdosh
kategoriyalarning
oʼziga xos xususiyatlari, tabiat va inson borligʼi, fan taraqqiyotining asosiy
bosqichlari, metod, metodologiya,
metodika tushunchalari, asosiy evristik
tamoyillar, global muammolar va globallik mezonlari, prognozlashtirish
masalalari, tushunish va tushuntirishning oʼzaro mutanosibligi, haqiqat va amaliyot
birligi, bilim turlari va shakllari, axborot, maʼlumot, bilim tushunchalarining oʼzaro
aloqasi
va farqi, axborot texnologiyalari va axborotlashgan jamiyat nazariyasi,
tarix falsafasi, axloq nazariyasi va olamni estetik idrok etish kabi masalalar qamrab
olingan.
Taʼlim yoʼnalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi – talabalarning
borliq tushunchasining maʼnosi sof borliq gʼoyasi, borliq va yoʼqlik dialektikasi,
falsafa
tarixida borliqqa munosabat, energiya va energetizm, informatsion
energetik axborot almashinuvi, tabiat borligʼi, inson borligʼi, maʼnaviy borliq,
virtual borliq, qonun va kategoriyalarni munosabatdosh
kategoriyalarning tasnifi,
bilish, darajalari va turlarini ilmiy inqiloblarning asosiy davrlarini, dunyoning
ilmiy manzarasini hamda ilgʼor pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda
bilimlarini oshirish va koʼnikma hosil qilishdan iboratdir.
5120500 – Falsafa taʼlim yoʼnalishi negizidagi 5А120501 Falsafa (sohalar
boʼyicha) magistratura mutaxassisligi kiruvchi talabalar uchun taʼlim yoʼnalishi
oʼquv rejasiga asosan umumkasbiy va ixtisoslik fanlari “Borliq
va rivojlanish
falsafasi. Bilish nazariyasi”, “Falsafa tarixi”, “Ijtimoiy falsafa”, “Tabiatshunoslik
falsafasi”, “Falsafa va fan metodologiyasi” fanlaridan yozma savollari
shakllantirilgan. Bu fanlar oʼz negizida qamrab olingan maʼlumotlar quyida
batafsil keltirilgan.