Dars mavzusining asosiy savollari: Immunologik xotira tushunchasi 2



Yüklə 364,66 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.10.2022
ölçüsü364,66 Kb.
#118819
2-amaliy mashg\'ulot



2 – Amaliy mashg`ulot mavzusi: Immunologik xotira 
Mashg`ulot 
maqsadi: 
o`quvchi 
talabalarda 
immunologik 
xotira 
immunologik xotirani shakllantirish bosqichlari haqida bilim, tushunchlar 
shakllantirish, amaliy ko`nikmalar hosil qilish. 
Dars mavzusining asosiy savollari:
1. 
Immunologik xotira tushunchasi
2. 
Immunologik xotira mexanizmlari. 
Immunologik xotira – organizmning katta kuch bilan va tez rivojlanishga 
qodir bo‘lgan immun reaksiyasi bilan antigenni qaytadan kiritishga javob bera 
olishidir. Immunologik xotira hujayralari (to‘qimalari) – antigenga retseptorlar hosil 
bo‘lgani bois, antigenni qayta jo‘natishga javob bera olish qobiliyatini uzoq yillar 
saqlab qoladigan hamda uzoq muddat yashay oladigan T– hamda V–limfotsitlari. 
Immunologik xotira antigenni qaytadan jo‘natishga (kiritishga) jadallashgan o‘ziga 
xos javobning namoyon bo‘lishidir. Immun reaksiyasi (javobi) vaqtida patogen 
iliminatsiyasi (halok bo‘lishi, yo‘qolishi) sodir bo‘ladi. Immunitet orqali kechadigan 
unga chidamlilik yuqorida aytib o‘tilgan omillar (antitela, sitoksik T-limfotsitlar
orttirilgan va tabiiy immunitetning boshqa faollashtirilgan hujayralari) bilan amalga 
oshadi (2 rasm). Ammo mazkur hujayralar hamda gumoral omillarning 
(faktorlarning) yashash muddati chegaralangan. Ular parchalanishga uchragach 
organizm patogenga immunitet saqlab qoladi, biroq u boshqa asosga ega bo‘ladi. 
YUqorida immun raeksiyasi chog‘ida effektor hujayralar bilan bir vaqtda joriy 
immun reaksiyasiga (javobigan) qo‘shilmaydigan, ammo usha antigenlar bilan qayta 
uchrashganda himoya hujayralarining (to‘qimalarining) birikmasini hosil qiluvchi 
xotira hujayralari (to‘qimalari) hosil bo‘lishi haqida ta’kidlab o‘tilgan edi. Xotira 
hujayralari oddiy hujayralardan morfologik jihatdan farq qilmaydi, ammo sodda 
limfotsitlardan farqlanuvchi retsirkulyasiya yo‘lini ochib beruvchi qator o‘ziga xos 
membranali molekulalarni olib yuradi. Xotira hujayralari har bir kloni (nasl)
hujayralari soni odiy limfotsitlar klonlaridagi miqdordan 2 – 3 hissa yuqoriroq.
Potagen kiritilgandan so‘ng muddatlar abssiss o‘qi bo‘ylab belgilangan 
Xotiraning V-hujayralarida sekretsiyaga uchraydigan antitelalar izotopining 
o‘zgarishi bosqichi o‘tib bo‘lib, ularning immunoglobulinlari V-genlari embrion  
(murtak) markazlarida ro‘y bergan somatik (jismoniy) mutatsiyalarga 
(o‘zgarishlarga) ega. Xotiraning CD4+ T-hujayralari subpopulyasiyada 
o‘zgarishga uchrab bo‘lgan. Bularning barchasi ikkinchi immun javobning – 
antigen bilan qayta uchrashganida immun javobining (reaksiyasining) 
rivojlanishini tezlashtiradi. Biroq xotira hujayralarining bunday orttirilgan 
samaradorlik hislati hali to‘liq aniq emas. Xotiraning T-hujayralari – dastlabki 
immun javobida hosil bo‘ladigan o‘zoq vaqt umr ko‘ruvchi retsirkulyar kichik 


limfotsitlardir. Ular antigenlar determinanti xossalarini “yodda saqlab qoladi” 
hamda usha antigenni qaytadan aniqlashda tezkor hamda kuchaytirilgan javob 
reaksiyasini rivojlantiradi. Xotiraning T-hujayralari sodda va samarador T-
limfotsitlardan uchrab turish chastotasining kattaligi, membranali molekulalarnng 
yuqori ekspressiyasi, ikkilamchi immun reaksiyasi rivojlanishi uchun 
yallig‘lanuvchi mediatorlar hamda koretseptor signallarga talabning kamligi bilan 
ajralib turadi.1 Ma’lumki, amaliy immunologiyaning asosiy hamda eng samarali 
yo‘nlishi bilan ushbu fanning – vaksinatsiyaning, ya’ni kasallik namoyon 
bo‘lmasdan turib samarali immunologik xotira induksiyasi vjudga kelishi bog‘liq. 
So‘ngi yillarda shunga o‘xshash me’yorlardan davolash maqsadlarida foydalanila 
boshlandi: onkovaksinalar, allergovaksinalar, shuningdek autoimmun kasalliklarini 
davolash uchun vaksinalar tayyorlash uchun katta ko‘lamdagi ishlar olib 
borilmoqda. Ushbu barcha holatlarda qo‘yilgan maqsadga erishish faqat xotira 
hujaylari hosil qilish yo‘li bilan emas, balki kutilgan yo‘nalishdagi vaksinalar 
orqali hosil bo‘lgan immun javobini qayta o‘zgartirish yo‘li bilan erishishga 
harakat qilinmoqda. Masalan, allergiya bo‘lganda allergiyaning namoyon 
bo‘lishini ko‘rsatib beruvchi shakllanib bo‘lgan Th2-javobi o‘rniga allergenga 
bevosita Thl-javobini keltirib chiqarishga harakat qilinmoqda. Autoimun 
jarayonlarda autoantigenlarga holsizlikni (anergiyani) keltirib chiqarishga; shishlar 
(o‘smalar) bo‘lganda – aksincha, o‘smali antigenlarga immun javobini 
kuchaytirishga urinishlar olib borilib, uni Thl-yo‘lga yo‘naltirishmoqda. Atrof-
muhit antigen komponentlariga immunologik xotira allergik kasalliklarda bo‘lib, 
rezus-antigenga (xomiladorlikning rezus-nomutanosibligida vjudga keladi) esa – 
yangi tug‘ilgan chaqaloqning gemolitik kasalligi asosidadir. Immunologik xotira 
fenomenidan (kamdan kam uchraydigan holati) amaliyotda odamlarni emlashda 
(vaksinatsiyada) foydalaniladi.

Yüklə 364,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin