Paxtachi tumani - Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati tarkibidagi tuman. 1935-yil 9-fevralda Narpay tumani hududining bir qismida Paxtakor tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1963-yilda yana Narpay tumaniga qoʻshilgan. 1973-yil 12-aprelda Paxtachi tumani nomi bilan yana Narpay tuma-nidan alohida tuman qilib ajratildi. Sharkdan Narpay tumani, shim, shim. -gʻarb va gʻarbdan Navoiy viloya-tining Xatirchi, Navoiy, Navbahor tumanlari, jan.dan Nurobod tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,37 ming km². Aholisi 114,6 ming kishi (2003). Paxtachi tumanida 1 shaharcha (Ziyovuddin), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Misit, Poʻlatchi, Sultonobod, Xayrobod, Xumor, Qarnob, Quyiboq, Gʻalaba) bor. Markazi — Ziyovuddin shaharchasi.
Tabiati. Tuman viloyatning gʻarbiy qismida joylashgan: Zarafshon tizmasining davomi boʻlgan Zirabuloq va Ziyovuddin togʻlari tuman xududini ikki qismga —sugʻorilmaydigan keng Qarnob choʻliga va shim. — Zarafshon vodiysining sugʻoriladigan chap sohili tekisligiga ajratib turadi. Tumanning shim. qismidan (sharkdan gʻarbga tomon) Zarafshon daryosi oqib oʻtadi. Uning oʻzani ancha past boʻlganligidan suv chiqarish qiyin. Ekinlarni sugʻorishda Narpay kanalidan foydalaniladi. Kanalning 370 dan ortiq shoxobchasi bor. Tumanning dasht kismida kanal suvi nasoslar yordamida yuqoriga koʻtariladi. Ikli-mi keskin kontinental. Yiliga 230–250 mm yogʻin yogʻadi. Bahor iliq va seryogʻin. Yozda temperaturasi 42—45°ga yetadi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —G, ayrim kunlari sovuq —30°gacha yetadi. Tuproqdari, asosan, boʻz tuproklardan iborat. Baʼzi joylarda shoʻrxok, qumoq yoki gilli boʻz tuproqlar uchraydi. Zarafshon daryosi qayirida yer osti suvlari yuza boʻlgani uchun katta-katta may-donlarda allyuvial jinslar ustida bot-qoqoʻtloq tuproqlar paydo boʻlgan. Yovvoyi oʻsimliklardan Qarnob choʻlida saksovul, efemer va efemeroidlar uchraydi, shuvoq, shoʻra, qiyoq, qoʻngʻirbosh, sariq gulli beda, chayir, lolaqizgʻaldoq, tuyaqorin, yantoq, Zarafshon daryosi toʻqaylarida turli oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan toʻqaylarda, Ziyovuddin va Zirabuloq togʻlarida tolay tovushqoni, jayra, jayran, qobon, tulki, chiyaboʻri, yumronqoziq, dala sich-qoni, kalamush, ondatra va boshqa sut emizuvchilar; qushlardan qirgʻovul, oʻtkinchi yovvoyi oʻrdaklar, koʻkqoʻton, laylak, toʻqay chumchuqlari, chittak, mayna, jarqaldir-gʻoch, koʻkqargʻa, kaptar, zagʻizgʻon, boy-ugli, soʻfitoʻrgʻay, kaklik va boshqa, suv havzalarida har xil baliklar bor. Chayon, turli hasharotlar, suvilonlar, kal-takesaklar, toshbaqa va boshqa uchraydi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, qozoq, tojik, koreys, qirgʻiz, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 84 kishi. Sha-harliklar 13,3 ming kishi, qishloq aholisi 101,3 ming kishi.
Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari mavjud. Tumanda paxtachilik, gʻallachilik, sab-zavotchilik, polizchilik, chorvachilik va pillachilik bilan shugʻullaniladi. 1 qoʻshma korxona, 22 kichik korxona, 14 aksiyadorlik jamiyati, 15 qurilish korxonasi, xususiy doʻkon va korxonalar, 6 savdo tashkiloti, 223 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud (2003).
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlarga paxta, don, poliz, sabzavot, beda, yem-xashak ekinlari ekiladi. Paxtachi tumanida 14 shirkat xoʻjaligi, 645 dehqon-fermer xoʻjaliklari bor.
Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, ot, parranda boqiladi. Paxtachi tumanida 47 umumiy taʼlim maktabi (25,3 ming oʻquvchi), 3 kasb-hunar kolleji (1800 talaba), 45 kutubxona, 17 madaniyat uyi, 8 stadion, 43 sport maydonchalari mavjud. 4 kasalxonada 125 vrach, 250 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman aholisiga 13 qishloq vrachlik, 39 feldsher-akusherlik punktlari, 12 qishloq davolash am-bulatoriyalari, 19 dorixona xizmat koʻrsatadi.[1]