Qatnashdilar: Maktab direktori: Sh. Xudoyberdiyev Ona tili va adabiyot o`qituvchisi: D. Jabborova Kun tartibi



Yüklə 10,21 Kb.
tarix22.07.2022
ölçüsü10,21 Kb.
#117428
Go\'zal bayonnoma ona tili


Samarqand shahar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani pedagogik amaliyotchisi Xosilova Dinoraning 9-“A” sinfida ” Ko'p nuqta va qavsning ishlatilishi” mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili
BAYONNOMASI
Sana__________________
Qatnashdilar:
Maktab direktori: Sh.Xudoyberdiyev
Ona tili va adabiyot o`qituvchisi: D.Jabborova
Kun tartibi

  1. 9-sinfda adabiyot fani bo`yicha “Ko'p nuqta va qavsning ishlatilishi” mavzusida o`tkazilgan ochiq dars tahlili.

  2. Har xil masalalar.

I.Eshitildi:
Ushbu masala yuzasidan maktab direktori so`zga chiqib, darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to`xtalib o`tdi. Jumladan, darsda o`quvchilar faolligiga erishilganligi, darsda ko`rgazmali qurollardan foydalanganligi, taqdimot, kartochka, tarqatma materiallaridan foydalanilganligini ta`kidlab o`tdi.
Shuningdek, darsda fan o`qituvchilari ham dars to`g`risida o`z fikrlarini aytdilar.
Dars davomida ba`zi o`quvchilar o`qituvchi nazaridan chetda qolganligi buning natijasida o`quvchilarga darsda berilishi kerak bo`lgan BKM(bilim, malaka, ko`nikma) elementlari o`zlashtirilmay qolganligi ta`kidlab o`tildi. Darsda erishilgan yutuqlar xususida to`xtalib, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko`p ekanligini aytib o`tdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko`pgina afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy o`qitishning interfaol uslub metodlardan foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuq va kamchiliklarga to`xtaldi. Ushbu masalalar yuzasidan fikr mulohazalar bildirilib
Qaror qilindi:

  1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan o`tkazilgan dars yaxshi deb baholansin.

  2. Darsda yo`l qo`yilgan kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin.



Yig`ilish raisi: Sh.Xudoyberdiyev
Kotib(a): __________________
Yüklə 10,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin