Reja: I. Bob. Ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning ilmiy- nazariy asoslari



Yüklə 289,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix31.03.2023
ölçüsü289,44 Kb.
#124639
  1   2   3   4   5   6   7   8
Innovatsiya




Reja: 
I. Bob. Ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning ilmiy-
nazariy asoslari 
1.1 Innovatsiya va u bilan bog‘liq tushunchalarning pedagogik tavsifi 
1.2 Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishning zaruriyati 
II. Bob. Ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning o‘ziga 
xos xususiyatlari hamda pedagogik shart-sharoitlari 
2.1 Innovatsion uslublarni ishlab chiqish asosida ta’limda o‘qitishni jadallashtirish, 
individuallashtirish va tabaqalashtirishga erishish 
2.2 Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishda yangiliklar kiritishning 
ahamiyati. Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar 
III. Xulosa 
Iv. Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar 
qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini 
oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng 
foydalanishimizni talab etmoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan 
aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish 
yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan 
o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi 
zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or 
texnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot 
maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib 
kelmoqdamiz”
1
. Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “ta’lim 
muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash
o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik 
texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» vazifalari belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish kelajakda 
yosh avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy 
hayotda mustaqil qatnasha olish, erkin fikr yuritish qobiliyatlarini shakllantirishga 
yo‘naltirilgan. Bu esa o‘z navbatida talabalarning ilmiy bilim darajasini va faolligini 
kengaytirishni talab qiladi. Oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish jarayonida 
talabalarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, mustaqilligi va faolligini 
rivojlantirishga, mantiqiy tafakkurini o‘stirishga qaratilgan interfaol ta’lim 
olishlariga ko‘mak beruvchi innovatsion usullardan keng foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Zero, innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz 
ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim 
jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali 
tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida 
namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va tex-
nologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot 
texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi 
o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda.
O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqa-ruvchi, muloqot 
qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari 
kerak bo‘ladi. O‘qituvchining dars berish jarayonidagi roli ancha murakkab bo‘lib, 
uning o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud. oldingi davrlarda 
1
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining 
garovi. -Toshkent., O‘zbekiston, 2017. 48-bet. 



o‘qituvchilarning faqatgina zamonaviy bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan 
tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy, siyosiy va amaliy bilimlar berish ham talab qilinadi. 
O‘qitish uslubiyatining boshqa turlari esa bir qancha olimlar tomonidan ishlab 
chiqilgan falsafiy-mantiqiy modellar asosida, masalan, Suqrot uslubida, muloqot 
usulida yoki korporativ usulda tashkil qilingan. Undan so‘ng o‘qitishning ta’lim 
berish modellari asosida tashkil etish keng miqyosda amalga oshirila boshlandi. 
Bunda o‘quvchi-talabalarning ma’lum bir soha yoki fandan bilim olishlari maxsus 
usullar, modellar, ta’lim standartlari yoki strategiyalar asosida amalga oshirilar edi. 
Ba’zi bir modellarda o‘qituvchi dominant rolida bo‘lib, barcha ta’lim berish 
vazifalarini o‘zi hal qilar, boshqalarida esa talabalarga to‘la erkinlik berilib, ular 
demokratik tamoyillar asosida o‘qitilar, yana boshqa birlarida esa talaba va 
o‘qituvchi orasida tenglik hamda ijodiy fikr almashinish jarayoni amalga oshirilib, 
o‘zaro muloqot vositasida interfaol ta’lim jarayoni amalga oshirilar edi. Lekin bu 
modellarning ishlatilishi va samarasi o‘quvchi-talabalarning bilim darajasiga, 
intilishlariga, ongining rivojlanish ko‘rsatkichlariga har doim ham mos 
kelavermaydi. 

Yüklə 289,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin