Psixologiya fanining
taraqqiyot tarixi
Reja:
1.Psixologiya fanining predmeti va
vazifalari
2 Psixologiya fanining taraqqiyot
tarixi va rivojlanish bosqichi
3.Hozirgi zamon psixologiyasi
Psixika
–
yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi. Uning
mohiyati tuyg‘ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks
ettirishdan iborat.
Psixik jarayonlar
–
u yoki bu psixik maxsulot va natijalarni (psixik obrazlar,
xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) hosil qiluvchi, shakllantiruvchi va
rivojlantiruvchi jarayon.
Psixologiya
–
odamning
ob’ektiv
borliqni
sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u
-hissiyot
va boshqa psixik
holatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan.
Psixik holatlar
–
psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga
aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat’iylik,
tirishoqlik v.b
.) shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo‘lib, ularning
muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.
Psixologiya oliy o‘quv yurtlarda o‘quv predmeti va fan sifatida o‘rganiladi.
O‘quv predmeti sifatida ta’lim
muassasi
o‘quv rejasiga kiritilgan bo‘lib,
talabalarning umumkasbiy
tayyorgarligiga yo‘naltirilgan o‘quv fanlari
tizimidan joy olgan, uni o‘rganish uchun ma’lum o‘quv soatlari ajratilgan va
turli shakldagi mashg‘ulotlar: ma’ruza, seminar va laboratoriya
-amaliy,
shuningdek, nazorat ishlari va imtihonlar ko‘zda tutilgan.
Psixologiyani fan sifatida o‘rganish bilan uning qanday fan ekanligi,
xususiyatlari va nimalarni o‘rganishi haqida bilimlarga erishiladi.
Psixologik
bilim va malakalarni o‘zlashtirish talabalarga atrofdagi odamlarni ular bilan
muloqot amaliyotida, munosabatlarda, o‘zaro hamkorlik faoliyatida bilish
uchun; ularning fikri, maqsadi, kechinmalari, qiziqish va qobiliyatlari, ehtiyoj
va motivlari va h.k.larini
bilish va qo‘llash uchun zarurdir.
Psixologik bilim va
malakalar talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oilaviy hayoti, bolalar
tarbiyasi va boshqalarda asqotadi. Va, nihoyat, eng muhimi, psixologik
bilimlar talabalarga o‘zlarini anglashda, o‘z
ustilarida ishlashda va qiziqish,
ijodiy imkoniyatlarini dolzarblashtirishlarida
, barkamol shaxs bo‘lib
shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi.
Psixologiya fani o‘ziga xos fan bo‘lgani uchun oliy o‘quv yurtlari talabalari
o‘rganadigan ilmiy fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Psixologiyaning fan
sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari
quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan
hozircha inson uchun
noma’lum bo‘lgan,
eng murakkab
–
psixika, insonning
ichki olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning
ob’ekti
va
sub’ekti
tutashib ketgan. Bu holat va fikrni shunday ifodalash mumkin: avval
inson o‘z fikrlarini tashqi dunyoga yo‘naltirib, so‘ngra o‘ziga murojaat qiladi.
Bunda fikr o‘ziga qarata burilish yasagani uchun psixologiyaning vazifalari
boshqa fan vazifalari bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada
murakkabdir. Va,
uchinchidan, psixologiyaning o‘ziga xosligi uning noyob amaliy oqibatlarga ega
bo‘lishidir. Axir biror narsani anglash – uni egallab, boshqarishni o‘rganishdan
iborat. Insonning o‘zida kechayotgan
psixik jarayonlar, ularning vazifalari,
qobiliyatlarini boshqarishni o‘rganish, misol uchun, koinotni zabt etishdan
ko‘ra o‘ta murakkab va muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bunda inson o‘zini
anglab borgani sayin o‘zini va
atrofidagilarni
o‘zgartirib borishini alohida
ta’kidlab o‘tish lozim. Shuning uchun, psixologiya –
insonni faqatgina
anglovchi emas, balki uni yaratuvchi fan.
Mavzu tarixiy fon nafaqat uning bosqichma-bosqich rivojlanish ajoyib hikoya,
ammo turli mafkuralar, tushunchalarni turli qiymatlarni kiriting ham yoritib
boradi, alohida-alohida yoki birgalikda, yondashuv va nufuzli olimlar bilan
himoyalangan vaqti-vaqti bilan mavzu vazifalari. Shu shuningdek psixologiya
mavzu uchun amal qiladi. Quyida ko’rsatilgan quyidagi sahifalarda suiqasd
asosiy boblarda, ba’zi psixologiya predmeti tarixiga qarash amalga oshiriladi:
A. Erta yosh ilmiy psixologiyagacha.
B. Ilmiy psixologiyaning zamonaviy davri.
C. Zamonaviy psixologiyada
so’nggi
tendensiyalari.
Psixologiya» so‘zi birinchi marta 1590 yilda nemis
teolog olim R. Goklenius
tomonidan qo‘llanilgan edi. XVIII asrda esa nemis olimi X.
Volf birinchi marta
ilmiy atamalar qatoriga «psixologiya» atamasini kiritdi. U dastlabki yirik ilmiy-
psixologik asarlar: «Empirik psixologiya» (1732) va «Ratsional psixologiya»
(1734) ni yaratdi.
Psixologiya
– ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy fan
sifatida u ikki ming yil avval paydo bo‘lgan.
Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy,
Misr, Bobil, Yunoniston)da
falsafa bag‘rida paydo bo‘lgan va jamiyatdagi
amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi.
Shunday qilib,psixologiya predmetini toliq bayon etish psixologiya fanining
o’zini ko’rib chiqishni
taqazo etadi
Psixologiya haqidagi fikirlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda
psixologik xusisiyatlarni jonning ishi deb tushintirilgan.Joning
o’zi esa odam
tanasidagi maxsus ikkilamchi jisim deb qaralgan. Bunday tasavvurlar
«animizm» deb ataadi. Animizm
so’zi –
anima
«jon» degan ma’noni
anglatadi.Jon
o’z mohiyatiga ko’ra
olovsimon uchqundan ekanligi Geraklit
tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tamonida
takidlangan.
E
ʼ
TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Document Outline
Dostları ilə paylaş: |