Mavzu:Shaxsning kasbiy individualligini rivojlanish bosqichlari
Reja: - Shaxs va uning xususiyatlari.
1
2
- Shaxsning ijtimoiy mavqei, manfaati.
3
- Shaxsning ijtimoiylashuvi.
4
- Deviant fe’l-atvor va uning klassifikatsiyasi.
Shaxs va uning xususiyatlari.
Ijtimoiy munosabatlarning dastlabki va birlamchi asosi, ularni keltirib chiqaruvchi manbai – shaxs hisoblanadi. Sotsiologiyada shaxsning shakllanishi, ijtimoiy birliklar bilan bog’liq holda rivojlanib boruvchi, uning ehtiyojlarini, shaxs va jamiyat, shaxs va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi funktsional munosabatlarni, shaxs huquqini o’z-o’zidan boshqarilishi jarayonlarini
o’rganadi.
Shaxsiy qarashlarga ega bo’lgan o’zini idora qila oladigan, o’zining kelajagini rejalay oladigan insonga shaxs deyiladi.
Shaxs konkret sotsial munosabatlar sub’ekti sifatida namoyon
bo’lishi inobatga olinadigan bo’lsa, shaxsning asosiy sotsial sifatlari konkret sotsial guruhlar, jamoalar faoliyati va munosabatidan tarkib topadi. Shu sababli shaxsning sotsial sifatlari uchta kichik sistemadan iborat:
shaxsning individualligi;
uning shaxslararo munosabatlari;
munosabatlar sub’ekti sifatida mavjud bo’lishi.
Shaxsning shaxslararo munosabati shu munosabatlar sistemasining elementlaridan biri ekanligini bildiradi. Shaxslararo munosabat shaxs rivojlanishining, uning komil inson sifatida tarkib topishining asosiy sifatida xizmat qiladi.
Shaxsning ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida mavjud bo’lishi uning shu munosabatlaridagi sub’ekt sifatidagi maqomi belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |