Reja: Tishlar Tishning tuzilishi Tishlar



Yüklə 177,5 Kb.
səhifə1/4
tarix10.11.2022
ölçüsü177,5 Kb.
#119247
  1   2   3   4
Tishlar

Tishlar
Reja:





  1. Tishlar

  2. Tishning tuzilishi


Tishlar (dentes) chaynash apparatining muhim bir qismi hisoblanadi. Ularda ikki xil generatciya bo’ladi. Oldin sut tishlar (20 dona) paydo bo’lib, keyin ular doimiy tish (28-32 dona) lar bilan almashinadi. Anatomik jihatdan tishda t o j, b o’-yin, ildiz qismlar, gistologik jihatdan esa e m a l, d e ntin, tcement, pul’pa hamda pernodont (tish atrofi to’qimasi) tafovut etiladi.
Taraqqiyoti. Embrion taraqqiyotining 7 - 8 - haftasida og’iz bo’shlig’i epiteliysi o’zining ostida yotgan mezenximaga uzunasiga epitelial plastinka hosil qilib botib kiradi. Oldingi epitelial plastinkadan og’izning dahliz qismi hosil bo’lsa, orqa plastinkadan yuqori va pastki tish plastinkalari bunyodga keladi. Bir ildizli tishlar hosil bo’lishida birlamchi og’iz bo’shlig’ining dahliz tubidagi epiteliy mezenximaga botib kirib, murakkab epitelial tasmani ho-sil qiladi. Ko’p ildizli tishlar paydo bo’ladigan erda epiteliy tasmalari alohida bo’ladi. Tish plastinkasining ichki yuzasidan emal’ a’zolarini hosil qiluvchi epileliy to’plamlari tish kurtaklar i (germen dentis) paydo bo’la bsshladi. Tksh kurtaklarining ostidan mezenxima o’sa boshlaydi va epitelial a’zoga botib kirib t i sh so’rg’ichini (papilla dentis) hosil qiladi. Buning natijasida to’nkaril-gan qadah yoki qalpoqcha shaklida e m a l ‘ a’zosi (organi) (organum enamelium) hosil bo’ladi (194-rasm). Keyinchalik emal’ a’zosi asta-se-kin tish plastinkasidan ajraladi. Emalning epitelial hujayralari 3 tur: 1) ichki; 2) tashqi va 3) orali^ zona hujayralariga bo’linadi. Tish so’rg’ichiga tegib yotgan ichki hujayralar o’sib, baland prizmatik epiteliyga aylanadi. Bu hujayralar keyinchalik tish emalini (ename­lium) hosil qilishda ishtirok etadi va shu sababli enameloblastlar yoki ameloblastlar (enameloblasti, ameloblasti) nomini oladi (194, 195, 196-rasmlar). Tashki emal’ epiteliysi a’zoning keyingi o’sishi jarayonida yassilanadi. Oraliq qavat hujayralari esa, ularning orasida suyuqlik to’planishi natijasida bir-biridan uzoqlashadi va shakli yulduzsimon ko’rinishga ega bo’lib qoladi. Bu hosila emal’ a’zosining pul’pasi deb atalib, keyinchalik u emal’ kutikulasini (cuticula enameli) hosil qilishda qatnashadi.
Tish kurtagining takomillashishi bilan emal’ a’zosi va tish so’rg’ichini o’rab turgan mezenxima ham talay o’zgarishlarga uchraydi. U zichlashadi va tish qopchasini (sacculus dentis) hosil qiladi. 3- oy oxirlarida emal’ a’zosi tish plastinkasi-dan butunlay ajraladi.
Dentin gistogenezi homila hayotining 4- oylaridan boshlanadi. Tish so’rg’ichining bevosita enameloblastlar ostida yotgan mezenxima hujayralari kattalashib, ularning tcitoplazmasida RNK miqdori oshadi va ular dentin hosil qiluvchi odontoblast hujayralari nomini oladi. Odontoblastlar differentcirovkasi tish so’rg’ichining yon tomonlariga nisbatan uch qismida erta boshlanib, aktivroq ketadi. Odontoblastlar radial joylashgan, noksimon shakldagi bo’ychan hujayralar bo’lib, aniq

194-rasm. Tish taraqqiyotining boshlang’ich davri. Zmach’ orgshsh (a’zosi). Gematok-silin-eezin bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10.
1-sg’iz shillkq qavatining epiteliysi; 2 - chmal’ orgashshing tpshqi hujayralari ; 3 - ;mal’ organining pul’pasi; 4 - =mal’ organining ichki hujayralarn; 5 - emal’ or-ganining bo’yni; 6 - tish so’rgichi. 7-kezenxima hujayralari; 8 - pando bo’layotgan Suyak to’qimasi ifodalangan qutblarga ega (196-rasm). Ularning apikal qismida o’simtalar (Tomas iplari) bo’lib, shu o’simtalar orqali den-tinning asosini hosil qiluvchi organik moddalar - predenjin ajraladi. Predentinning prekollagen tolalari radial yo’nalishga ega bo’lib, ular odontoblastlar bilan enameloblastlar o’rtasini to’ldiradi.
Prekollagen tolalarning soni oshib borishi bilan ular kollagen tolalarga aylanib boradi. Predenten ohaklanish jarayoni-da dentinga aylanadi. Predentinning ohaklanish jarayoni odontoblast hujayralarining apikal o’simtalari (Tomas iplari) sohasini o’z ichiga olmaydi. Bu jarayon Tomas ipchalari atrofida radial kanalchalar - dentin kanalchalari sistemasining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Predentinning emalga chegaradosh qnsm-

195-rasm. Tish taraqqiyotining keyingi davri. Emal’ va dentinning hosil bo’-
lishi. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10.
1 - mezenxima; 2 - ameloblastlar (enameloblastlar); 3 - emal’; 4 - dentin; 5 - preden-tin; 6 - odontoblastlar; 7 - tish pul’pasi.
larida ham ohaklanish ro’y bermasligi sababli bu erda interglobulyar bo’shliqlar paydo bo’ladi. So’ngra radial prekollagen tolalar ma’lum bir qalinlikka ega bo’lib, ularning hosil bo’lishi to’xtaydi va dentinning rivojlanishi sekinlashadi. Keyincha-lik tangentcial (qiya) yo’nalgan kollagen tolalar paydo bo’la boshlaydi. Bu tolalar prekollagen bosqichisiz to’g’ridan-to’g’ri paydo bo’ladi; mana shu tolalar hisobiga pul’pa atrofida dentin hosil bo’ladi.

Yüklə 177,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə