Saylov- aholining rasmiy mansabini egallash uchun biror shaxsni tanlash jarayonodir.
Saylov_- davlat, partiyalar, tashkilotlar va hokimiyat raxbari organlarini shakllantirishular tarkibida vakillar yuborish, shuningdek , vakolatli majlislar, anjumanlarga vakillar tanlash bo’yicha o’tkaziladigan odatda, tegishli qonnlar bilan tasdiqlangan tadbirlar majmuidir.
Saylov qonun bilan belgilangan muayyan xuquqiy jarayon bo’lib, unda fuqarolar muayyan bir partiyayoki nomzod uchun ovozlarni berishadi va buning natijasida yoki hokimiyatning saylab qo’yilgan organi- parlament shakllantiriladi yoki aniq bir mansabdor shaxs, jumladan president , shaxar hokimi ba’zan davlatlarda sudyalar saylanadi
Saylovlar bevosita jamiyatning siyosiy tizimini aks ettiradi va o’z tomonidan unga ta’sir o’tkazadi. Ularning tashkil etilishi va ovoz berishning yakunlarini aniqlash tartibiga tegishli barcha jarayonlar siyosiy partiyalar bilan yaqindan bog’liqdir
Saylovlar fuqarolarga hokimiyat uchun kurashayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarini xaqiqiy mazmun-mohiyatini anglashga imkon beradi. Faqatgina saylovlar orqali xalqning ko’pchiliging irodasi aniqlanadi, uning asosida exa demokratik hokimiyat yaratiladi
xozirgi zamon davlatlarida ovoz berish nafaqat fuqarolik huquqi, balki fuqarolik majburiyati hamdir. Masalan : Belgiya, Niderlandiya , Avstraliya kabi mamlakatlarda saylovga kelmaganlar jarima to’lashadi. Pokistonda esa xattoki qamoq jazosi ham qo’llaniladi.
Ovoz berish yakunlari bo’yicha saylovlar natijalarini aniqlaah asosan ikkita kata saylov tizimi asosida kichadi: Majoritar va Proporsional tiizmlar .
Majoritar- tizimda nomzod yoki nomzodlar ro’yxati qonunda belgilamgandek, eng ko’p ovoz olgandagina u yoki bu saylanadigan vakillik organiga saylangan, deb xisoblanishi bilan tavsiflanadi. Ko’pchilik ovoz olish ham xar xil bo’ladi . Bunday tizim Avstaliyada amal qiladi. Majoritar tizimdagib saylovlarda muayyan ko’pchilikning o’z raqibiga nisbatan ko’proq ovoz olishi ular nomzodining g’alaba qilganligiini bildiradi.
Xozirgi vaqtda bunday tizim AQSH, KANADA, BUYUK BRITANIYA, YANGI ZELANDIYA kabi mamlakatlarda qo’llanilmoqda .
Ba’zan majoritar tizimning ikki shakli ham qo’llanilmoqda
Saylovning proporsional tizimida berilgan ovozlarning miqdoridan kelib chiqib, barcha mandatlarning ana shu berilgan ovozlar o’rtasida aniq proporsional taqsimlanisi ro’y beradi. Bu tizim xozirgi zamonda anha keng tarqalgan .
Masalan G’arbiy Yevropa, Yaponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida saylovlar ko’pincha proporsional o’tkaziladi. Shuningdek bu tizim Belgiya, Shvetsiya va boshqa ko;p mamalakatlar uchun ham xosdir
Proporsional tizim ikki xil ko’rinishga ega : birinchisi, umumdavlat darajasidagi proporsional saylov tizimi ; ikkinchisi, ko’p mandatli okruglarga asoslangan proporsional saylov tizimi .
Majoritar va proporsional tizimlar o’zining ham yutuq, ham kamchiliklariga egadir. Mojaritar va proporsional tizimning asosiy kamchiliklaridan biri xukumatni shakllamtirishda murakkabliklar yuzaga keladi; ovozlarning aniq nomzodlarga emas balki partiyalarga berilishi; partiyalar bilan deputatlar o’rtasidagi aloqaning sustligi; deputatlarning o’z partiyalariga ancha sodiq bo’lib qolishi
XX asr ikkinchi yarmiga kelib saylov tizimi o’z taraqqiyoti va rivojlanishi yo’lida kata jarayonlarni bosib o’tib, boy tajribalar to’plaid. Mojaritar va proporsional tizimalrning yaxshi tomonlari bir-biri bilan uyg’unlasha boshladi
aralash tizim doirasida ma’lum bir qism deputatlik mandatlari majoritar tizimlar doirasida taqsimlanishi, qolgan qism mandatlari esa proporsional tizim asosida taqsimlanishi yuzaga keldi.
Xozirgi davr demokratik saylovlar prinsiplaridan biri– teng saylov xuquqi xisoblanadi. Uning amaldagi ifodasi shundan iboratki, qonun chiqaruvchi irganga har bir deputat deyarli teng miqdordagi fuqarolar vakili xisoblanadi, shuningdek har bir saylovchi umumiy saylov qarorlariga bir xilda ta’sir etish darajalariga ega bo’ladi.
Demokratik saylovlarning yana bir mezonlaridan biri- saylovlarni to’g’ridan to’g’ri o’tkazish prinsipi xisoblanadi . Parlament demokratiyasi rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligida saylovchilar to’g’ridan-to’g’ri president, parlament va boshqa siyisiy organlarini saylaydilar. Shu bilan birga ba’zan oz sonli maxsus saylovchilar saylov okrugidagi yoki mamlakatdagi barcha saylovchilar irodasini ifoda etish asosida saylaydiganshaklan bilvosita, mazmunan bevosita saylovlar ham amaliyotda uchrab turadi. Masalan Amerika Qo’shma Shtatlarini aytishimiz mumkin