Tarix darsliklari va ularga qwyiladigan zamonaviy talablar Reja


Tarix darsligining asosiy tarkibiy qismlari



Yüklə 177 Kb.
səhifə2/3
tarix22.06.2022
ölçüsü177 Kb.
#117149
1   2   3
4-мавзу (2)
40 test, 40 test, Gap bo‘laklaridan test.AFROSIYOB, Vatan madhi Surayyo Murodova 4-sinf, Vatan madhi Surayyo Murodova 4-sinf, talim-jarayonida-zamonaviy-texnologiyalardan-foydalanish, komil inson tarbiyasi sharq mutafakkirlari talqinida
2. Tarix darsligining asosiy tarkibiy qismlari


Wquvchilarning darslik matni va bezak materiali bilan ishlash usullari
Darslik matni ustida ishlashning quyidagi usullari mavjud:
1. Tushuntirib va izohlab wqish. V sinfda Wzbekiston tarixidan hikoyalarni wrganishda va VI sinfda Kadimgi dunё tarixini wqitishning dastlabki oylarida wqituvchi butun mavzu ёki uning biror bwlimini goh baёn qiladi va goh darslik matnini wqib, tushuntirib beradi. Wqituvchi matnni murakkab joylariga kelganda hikoyasini twxtatib, matnni ovoz chiqarib ohista wqib beradi, wquv­chilar esa matnga qarab kuzatib borishadi, tushunish oson joylarni wquvchilarning wzlariga ham wqitish mumkin. Matnni wqish jaraёnidaёq uning mazmunini wquvchilar tomonidan tushunish darajasi tekshiriladi. “Qani Rustam aytib berginchi, mana bu abzacdagi “eng qadimgi odamlar jamoasi - odamlar twdasi” — degan jumlani qanday tushunasan? Eng qadimgi odamlarning hozirgi odamlardan farqini-chi?” Wqituvchi ana shu tariqa savollar berib wzining baёni davomida darslik matniga tez-tez murojaat qilib, undagi yangi iboralar, terminlarni, qiyin jumlalar maz­munini tushuntirib beradi. Bu bilan wqituvchi wquvchilarni dars­lik matnini etibor berib, tushunib wqishga wrgatadi, ularning darslik matnini puxta wrganib olishning ahamiyatini anglab olishlariga ёrdam beradi, uyda darslik ustida mustaqil ishlashlariga tayёrlaydi. Wquvchilar tarixiy materialni tushunib, matnni wqishda malum darajada malaka hosil qilganlaridan keyin matnning eng muhim va qiyin joylarini i z o h l a b w q i sh g a wtiladi. Izohli wqish ham wqituvchining baёni bilan birga olib boriladi.
2. Wqituvchining wz baёnida wquvchilar diqqatini darslik matnidagi ayrim jumlalar va iboralarga jalb etadi. Masalan, wqituvchi Qadimgi dunё tarixidagi «Chorvachilik va dehqonchilikning boshlanishi» — degan mavzuni hikoya qilib beraёtganda, wquvchilar diqqatini darslikdagi asosiy tushuncha va iboralarning mohiyatiga qaratadi. Agar zarur bwlsa ularning mazmunini tushuntirib beradi, wquvchilarning mavjud bilimlariga suyanib bu tushunchalarning umumiy xislatlarini, farqlarini, sabab-natijalarini, ular wrtasidagi boǵliqliklarni hamda qonuniyatlarini wzlashtirib olishlariga ёrdam kwrsatadi. Bunda wquvchilar bilim olishining har uchala manbai oǵzaki baёn, matn ustida ishlash, kwrsatmalilik va amaliy ishlari metodi ishtirok etadi.
3. Darslik matni mazmunini wzlashtirishda uning har bir paragrafini tahlil qilish va ular ustida wquvchilarning mulohazalarini uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Masalan, wqituvchi wquvchilarga darsda wtilaёtgan paragraf matnida qwyilgan muammoni va uning tematik strukturasini ajratib berishni topshiradi. Ёki wquvchilar oldiga: «mana bu abzacda nima haqda gapirilgan?» «unga qanday sarlavha qwysa bwladi?» degan savol qwyiladi. Bu ywl bilan wquvchilar matnni etibor bilan wqib, undagi bosh masalalarni ikkinchi darajadali masalalardan aj­ratib olishga, ular asosida reja tuzishga wrganadi.
4. Wquvchilar bob, paragraf va undagi bwlimlarni bir-biridan ajrata bilishga wrgatiladi. Wqituvchi yangi materialni baёn qilishdan oldin wquvchilarga shu paragraf ichidagi kichik sarlavhalarni wqishni tavsiya qiladi va darsni baёn qilish rejasi bilan tanishtiradi, ularning mazmuni va ifodalanishidagi tafovutlarning sabablarini izohlab beradi. Wqituvchi wzining ba­ёni davomida kichik sarlavhalar ichidagi mavzularga takror-takror aytishi mumkin.
5. Darslik teksti mazmunini bevosita wzlashtirish bilan boǵliq bwlgan ishlar. Bu darslik matni ustida olib boriladigan ishning markaziy masalasidir. Bu ishlar matnni tahlil qilish, umumlashtirish, tarixiy faktlarga baho berish, ular wrtasidagi sabab va boshqa aloqalarni ochib kwrsatish va ularni taqqoslashdan iboratdir. Bu ishlar quyidagi metodik usullar bilan:
a) har bir paragraf ёki temacha mazmunining eng muhim masalalari yuzasidan nazorat swroqlar tuzdirish ywli bilan;
b) wqituvchi bergan savollarga wquvchilarning darslik matnidan javob topish ywli bilan;
v) darslik matnidan wqituvchining xulosasini tasdiqlovchi faktlarni toptirish ywli bilan;
g) darslik matnida baёn etilgan voqealarning bir-biriga wxshashligini, farqlarini aniqlash ywli bilan;
d) tasdiqlab berishni talab qiladigan vazifalar bilan amalga oshiriladi.
6. Darslik matni ustida ishlashning muhim jihatlaridan biri — wquvchilarni uyda ishlash uchun beriladigan vazifani bajarishga wrgatishdir. Wquvchilar bu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun topshirilgan vazifaning mazmunini va uni baja­rish ywlini yaxshi anglab olishlari shart. Binobarin, wqituvchi uy vazifasini topshirishda, uning xarakterini belgilashda wquvchi­larning bilim va malakalarini etiborga olishi, beri­ladigan vazifa oldingidan kwra murakkab bwlishi va shu bilan ularning bilimlari va malakalari oshib borishiga xizmat qilishi lozim. Reja tuzish, shunga muvofiq hikoya qilishga wrgatish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob topish, jadval, chizma, diagrammalar tuzdirish va boshqa xil grafik ishlarni bajarish uy vazifasini ijodiy va mustaqil bajarish namunalaridir.
7. Wquvchilarni darslik matnidan zarur joyni tez topa bi­lishga wrgatish ham talimning muhim jihatidir.
8. Wquvchilarning faol aqliy faoliyatining muhim metodlaridan biri, ularning wqituvchi baёn qilgan yangi materialni wzlashtirishda mavjud bilimlarni ishga sola bilishidir. Har bir darsda wquvchilarni mavjud bilimlardan foydalana bilishga wrgatish lozim. Wquvchilar olgan bilimlarini esdan chiqarib yubormasliklari uchun vaqti-vaqti bilan ularning etibori darslik matniga qaratiladi.
9. Wquvchilar darslik matnidagi malumotlarni kichik guruhlarga bwlib muhokama qilishadi.
10.Uyda ishlab kelish uchun berilgan topshiriqlarni wquvchilar qanday bajarganliklarini tekshirishda, oǵzaki ёki test javoblaridagi xatolarni, aniqsizliklarni twǵrilash uchun darslik matniga murojaat qilinadi.
Shunday qilib, darslik matni ustidagi ishlar turli xil me­todik usullar ёrdamida, wqitish jaraёnining barcha bosqichlarida — materialni wzlashtirish, bilimlarni mustahkamlash, wzlashtirish darajasini tekshirish paytlarida olib boriladi va hokazo.
Darslik matni ustida olib boriladigan ishlar wqituvchi baёnini mazmunan boyitadi, dolzarbligini oshiradi, wquvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi va ularning darslik matnini osonroq va puxta wzlashtirib olishlariga ёrdam beradi. XIX asrning 60-yillarida Rossiyada M.M.Stasyulevich va boshqa ilǵor wqituvchi va metodistlar wtmishni tarixiy hujjatlar asosida mustaqil wrganishning real metodikasini taklif etib, uni wsha vaqtdagi darsliklar asosida wqitish usuliga qarama-qarshi qi­lib qwyadilar.
XX asr boshlariga kelib, tarixiy hujjatlarni mustaqil wrganish ǵoyasini metodist N.Rojkov davom ettirib, tarixni manbalar asosida wrganishning «laboratoriya» metodini olǵa surdi. Mavjud darsliklarni ёd oldirish sistemasiga qaraganda bu harakatlar progressiv qadam edi. Biroq, bu metodlarning tarafdorlari ham wquvchilarning tarix­ni mustaqil wrganish faoliyatlariga ortiqcha baho berib yuborgan edilar.
1920—1930 yillar maktablarida tarixiy voqealar sistemali baёn qilib berilgan darsliklar wrniga «ishchi kitoblar» tavsiya etildi.
1934 yildan keyingina metodika «laboratoriya» va «tadqiqot» metodlarini wqitishning bosh metodi qilib qwyishni inkor etish bilan birga, tarixiy hujjatlar bilan ishlash tarix wqitishning usullaridan biri ekanligini takidladi.
Tarixiy hujjat avvalo, wqituvchining baёnini aniqlashtirish, chuqurlatish va unga aniqlik kiritish uchun xizmat kiladi, baёnning ishonchli va emocional bwlishini taminlaydi, wtmishning ёrqin obrazlarini, tarixiy voqealarning yaxlit manzarasini gavdalantirishga, wrganilaёtgan davr xususiyatlarini anglab olishga ёrdam beradi. Hujjat ustida ishlash wquvchilarni faktlar va hodisalarni mustaqil ravishda aniqlashga, ularni puxta anglab olib, xulosalar chiqarishga wrgatadi. Shu bilan birga hujjat malum vaziyatni aniqlashga, ahamiyatini bilib olishga, tarixni obektiv nuqtai nazardan tushunishga ёrdam beradiki ularning bilish faoliyatini, fikrlashini faollashtiradi, wquv ishlari faoliyatining yangi usullari bilan qurollantiradi, zarur bwlgan malaka davrimizning ijtimoiy-siёsiy xarakterdagi hujjatlarini wqib, tushunib olish malakasini hosil qiladi.
Tarixiy hujjatlar bilan ishlashning yana bir muhim tomoni shundaki, bu ish wquvchilarni tarixiy tadqiqot metodining elementlari bilan tanishtiradi hamda ularni tarixiy hujjatlarga tanqidiy qarashga wrgatadi.
Wrta talim va wrta maxsus talim tizimida talimning yangi mazmuni amalga oshishi munosabati bilan tarix wqitishda tarixiy hujjatlarning axamiyati yanada oshdi. Yangi dastur asosida ёzilgan darsliklar mazmunining aso­siy qismini tarixiy hujjatlar tashkil etadi. Dars va darsdan tashqari mashǵulotlarda ham tarixiy hujjatlar bilan ishlash zaruriy bwlib qoldi. Shuning uchun ham bu ish wrta talim va wrta maxsus talim tizimida tajribasida ommaviy tus oldi.
Darsliklardagi tarixiy hujjatlar har bir sinfdagi wquv­chilarning ёshi, bilim saviyasi, wsha sinfda wrganiladigan tarix kursining xususiyatlariga qarab kiritilgan. Shu sababdan darsliklardagi tarixiy hujjatlar wzlarining xarakteri, kwlami va mazmuni jihatidan bir-biridan farq qiladi.
VI sinf wquvchilarining ёshi, bilimi va ularning tarixiy hujjatlar bilan deyarli birinchi marta tanishishlarini etiborga olib, darslikka asosan hikoya va tavsiflab berish xarakteridagi hujjatlar kiritilgan. Tarix darsligiga kiritilgan hujjatli manbalarni asosan uch guruhga bwlish mumkin: 1) moddiy madaniyat buyumlari, 2) tasviriy sanat asarlari, 3) ёzma manbalar.
1) Moddiy madaniyat buyumlariga — bizgacha saqlanib kelaёtgan ёki ilmiy asosda qayta tiklangan burungi mehnat qurollari, qurol-yaroǵlar, zeb-ziynat buyumlari, uy-rwzǵor anjomlari, turar joylar, qwrǵonlar, maqbaralar, qadimgi shahar xarobalari va boshqalar kiradi. Wquvchilar mehnat qurollari va boshqalarga qarab, odamlarning mashǵulotlarini, hashamatli imoratlar va pastqam kulbalarga qarab sinfiy bwlinish mavjudligini, diniy marosimlarga va kishilarning dafn qilinishidagi rasm-rusumlarga doir topildiqlar asosida wsha zamondagi diniy etiqodlarini bilib oladilar.
2) Tasviriy sanat asarlariga — moddiy voqelikni, odamlar va ularning bir-biriga munosabatini hamda ularning tevarak-atrofidagi narsalarni — har xil buyumlarni, geografik muhitni bevosita tasvirlab beruvchi asarlar, odamlarning har xil ruhlar, arvohlar, jinlar, alvastilar, afsonaviy qahramonlar, devlar va hokazolar haqidagi xaёliy tasavvurlarini aks ettiruvchi asarlar kiradi.
3) Ёzma manbalar — qonunlar, buyruqlar, hwjalik ishlariga doir ёzuvlar, shartnomalar, xizmat vazifasiga oid ёzishmalar, siёsiy nutqlar, sud hukmlari, yilnomalar, xronikalar, memuarlar, shahar va mamlakatlar tasvirlab ёzilgan asarlar, xatlar va ёzuvlar kiradi. Qadimgi dunё tarixida berilgan bu hujjatli materiallar wquvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashda muhim wrin tutadi.
Wrta talim va wrta maxsus talim tizimida tarix wqitishning har bir yangi bosqichida darsliklardagi hujjatli materiallarning xarakteri wzgarib, kwlami ortib va murakkablashib boradi. Bu darsliklarda hikoya va tasviriy xarakterdagi hujjatlar kamayib, xwjalik va yuridik xarakterdagi hujjatlarning salmoǵi kwpaytirilgan.
Wrta talim va wrta maxsus talim tizimida tarix wqitish tajribasida tarixiy hujjatlar bilan ishlashning quyidagi ikki usuli, yani tarixiy hujjatlardan wqituvchining baёnida foydalanish usuli bilan wquvchilarning matn ustida ishlash usuli qwllaniladi.
Wqituvchi wzining baёnini konkretlashtirish va uning emocionalligini oshirish maqsadida hujjatlardan olingan parcha, jumla, ifodalardan, ёrqin obrazlar va xarakteristikalardan foydalanadi. Foydalanilgan xujjatlarning hammasining ham manbalarini aytish shart emas, «solnomachilar», «zamondoshlarining» malumotlariga qaraganda degan umumiy iboralar bilan chegaralanilsa kifoya.
VIII — IX sinf wquvchilarini kwproq memuar harakteridagi ma­teriallar, tarixiy voqealarning zamondoshlari va qatnashuvchilari bergan malumotlar qiziqtiradi. Foydalanilgan tarixiy hujjatning kwrsatmasi bwlishi kerak bu kwrsatma wqituvchi baёnining kwrsatmali va ifodali bwlishini taminlaydi.
Tarixiy hujjat wqituvchi baёnini, baёndagi harakteristika va chiqarilgan xulosalarni tasdiqlaydi.
Wqituvchi darslik ёki xrestomatiyadan olingan hujjatning mazmuni va wquvchilarning tayёrgarligiga qarab uni tahlil qilishi, sinf wquvchilariga hujjat yuzasidan savollar berishi ёki umumlashtiruvchi analitik suhbat ёrdamida tahlil qilishi mumkin. Tarixiy hujjatlar ustida ishlashda wquvchilar ularni nima uchun xizmat qilishini, tanishilaёtgan hujjatlar qachon va kimlar, qaysi tabaqa namoyandalari tomonidan yaratilganini, ulardan nimalarni bilib olish mumkinligini, qanday masalalarni bilib olishda hujjatlarga murojaat qilish kerakligini anglab, tushunib olishlari lozim. Agar hujjatlarda tushunish qiyin bwlgan terminlar uchrab qolsa, ular doskaga ёzib tushuntiriladi, wquvchilar luǵat daftarchasiga ёzib oladi.
V — VII sinf wquvchilarini ham hujjatlar bilan ishlashga qiziqtirib borish kerak.
Tarixiy hujjatlar ustida ishlashning turli usullari bor.
1. Wqituvchi tarixiy hujjatni wzi tahlil qilib berishi mumkin.
2. Tarixiy xujjatlarni wqituvchining bevosita rahbarligida wquvchilar darsda tahlil qilishi mumkin.
3. Wqituvchi wquvchilarga malum hujjatlarni uyda mustaqil tahlil qilib kelishni topshirishi mumkin.
Tushunish qiyin bwlgan murakkab tarixiy hujjatlarni wqi­tuvchining wzi wqiydi, tahlil qilib izohlab beradi. Wquvchilar matnni kuzatib borishadi va wqituvchining tushuntirishlarini diqqat bilan tinglaydilar. Yuqori sinflarda hujjat izoh berib wqiladi. Wqituvchi hujjat yuzasidan wquvchilarga savollar be­rib, problemalar qwysa, wquvchilarning bilish va fikrlash faoliyati aktivlashadi. Wrta talim talim tizimida wqituvchi hujjatni wzi tahlil qilib beradi, ammo shu bilan birga wquvchilarni hujjat­lar bilan ishlashga ham wrgatadi.
Wqituvchi hujjatlar bilan ishlashning yana bir usulini, yani hujjatlarni wquvchilar bilan birga tahlil kilish usulini qwllaydi. Har bir matnda ham oson va murakkab joylar bwladi. Matndagi murakkab joylarni wqituvchining wzi ёki suhbat ёrda­mida savol - javob ywli bilan tushuntiradi. Oson joylarini wquvchilarga mustaqil wqib wrganishni vazifa qilib topshirish mumkin.
Wquvchilarga ularning bilim va malakalariga yarasha tushunarli hujjatlar tanlab berilgan va hujjatlar ustida musta­qil ishlashni ilgari ham mashq qilib kwrgan bwlsalar wqituvchi vazifa qilib bergan hujjatlarni mustaqil wqib, puxta tu­shunib olishlari mumkin. Lekin bunda ham wqituvchi bu ishga rahbarlik qiladi, qiyin joylarini wqituvchi rahbarligisiz, oson joylarini wquvchilarning wzlari mustaqil wrganadilar. Xwja­lik, yuridik va shu kabi boshqa qiyinroq xarakterdagi hujjat­lar wqituvchi rahbarligida tahlil qilinadi.
VIII sinflardan boshlab bazi darslar soatining bir qismi ёki butun dars hujjatlar ustida ishlashga baǵishlanadi. Wquvchilarning darsda va uydagi mustaqil ishlariga talab ortib boradi. Tarixiy hujjatlar asosida qisqacha axborot va referatlar tayёrlash, hikoya qilishga tayёrlanish, sxematik plan va boshqa grafika ishlarini bajarish, insho ёzish va h. q. Wquvchilarning hujjatlar ustidagi mustaqil ijodiy ishlari qatoriga kiradi. Wquvchilarni xujjatlarni wrganishga qiziqtirish, bunga ularda ishtiёq uyǵotish kerak. Buning uchun ularga xujjatlar malum davrning moddiy ёdgorligi va yangi bilimlarni egallashning muhim manbalaridan biri ekanligini alohida uqtirish lozim. Hujjatni wrganishda uning kim tomondan, qachon, qaysi sinf manfaatini kwzlab ёki nuqtai nazaridan yaratilganini, wsha vaqtdagi mamlakatning ichki va tashqi ahvolini tushuntirib berish zarur.
Wquvchilar qadimgi dunё tarixining kirish qismida ёzma manbalar haqida malum tushuncha hosil qiladilar. Keyinchalik bu tushunchalar har xil ёzma ёdgorliklarni wrganib borish, turli muzey va arxivlardagi ёzma ёdgorliklar bilan tanishish jaraёnida konkretlashib, boyib, kengayib boradi.
Shunday qilib, tarixiy hujjatlar wqituvchi baёnini aniqlashtiradi, mazmunini chuqurlashtiradi, unga aniqlik kiritadi, ishonarli va emocional bwlishini taminlaydi, wquvchilarning bilish faoliyatini, fikrlashini faollashtiradi, bilimlari puxta va mustaxqam bwlishiga ёrdam beradi, bilim olishning yangi usullari, ilmiy tadqiqot shakllari bilan tanishtiradi.

Yüklə 177 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə