O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosati, ta’limga oid va bola huquqlari to‘g‘risida qabul qilingan normativ hujjatlar mazmun-mohiyati
Ta’limga oid va bola huquqlari to‘g‘risida qabul qilingan normativ hujjatlar mazmun-mohiyatini bilish pedagog xodimlar uchun qanchalik muhim?
Hozirgi kunda pedagog xodimlarga taʼlim sohasiga oid qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish asosiy masalalardan bir hisoblanadi. Ular normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va kasbiy faoliyatida foydalana olish koʻnikmalariga ega boʻlishlari lozim.
Normativ-huquqiy hujjat nima?
Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat “Normativ-huquqiy hujjat” hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi turlarga boʻlinadi: Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
Soʻnggi yillarda taʼlim sifatini oshirish maqsadida bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar imzolandi. Hususan, 2020-yil 23-sentyabrda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Yangi tahridagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun 11 ta bob va 75 ta moddadan iborat boʻlib, unda taʼlimning maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim, oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari taʼlim turlari koʻrsatib oʻtilgan.
Demak, bevosita ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan, pedagog xodimlar ko‘p bora to‘qnash keladigan va kasbiy faoliyatlariga doir eng muhim bo‘lgan10 ta normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5538-sonli Farmoni
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 187-sonli qarori
Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni maʼnaviy-ahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3907-sonli qarori
Ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar: 6.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi “Maktabgacha hamda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori 352-sonli qarori
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3931-sonli qarori
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 997-sonli qarori
7.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 823-sonli qarori
8.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 558-sonli qarori
9. Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya
10.Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-son qonuni
Bola huquqlari
Bola huquqlari – bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, jinsi, tili, dini, tug‘ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har bir bola ega bo‘lishi kerak bo‘lgan huquq va erkinliklar. Xalqaro huquqda 18 yoshga etmaganlarning barchasi bola deb tan olingan. Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro va milliy darajada ko‘plab maxsus hujjatlar mavjud. Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro darajadagi asosiy hujjat Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya hisoblanadi. Konventsiya Nьyu-Yorkda 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan. Unda 54 ta moddadan iborat bo‘lib, ularda bolalarning huquqlari. Konventsiyaga kiritilgan barcha huquqlar barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-son qonuni 4 ta bob, 32 ta moddadan iborat bo‘lib, unda quyidagi tushunchalarga izoh berilgan:
Bola huquqlari to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar;
Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati;
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha vakolatlari;
Bola huquqlarining asosiy kafolatlari;
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari;
Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik;