1-savol:
Tog'ay Murodning fikricha ALFA dil izhori, koʻngillar mayli, biror shaxsning ikkinchi shaxs tomonidan tan olinishi.
Shuning uchun ALFA ni iqtisod, qilish tejash kerak
Koʼpchiligimizda ALFA ni "tejash" deyarli uchramasligini bilgan holda bizga ALFA ni yozib bering?
Javob:
Salom berish.
2-savol:
Men Birinchi bo'ldim. Bu hayotdagi ulkan o'zgarish pallasi bo'lib, Birinchi hayotga boshqacha boqishingni ta'minlaydi. Endi Ikkinchi mening hamma narsam hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlar Lionel Messiga tegishli ekanligini bilgan holda hurmatli bilimdonlar menga Birinchi va Ikkinchi nima ekanligini toping?
Javob:
Birinchi - Ota, ikkinchi - farzand!
3-savol:
Markaziy Osiyoda biz Uni 2000, 2007 va 2015 yilda guvohi bo‘lganmiz, Yaqin Sharqda esa U ilk bor VII asrda ro‘y bergan?
Diqqat savol: U ni 2 so'zda yozib bering.
Javob:
Islomning g‘alabasi.
Izoh: Yuqorida sanalgan yillarda prezidentlik saylovlarida Islom Karimov g‘alaba qilgan. VII asrda esa Yaqin Sharqda Islom dini g‘alaba qilgan.
4-savol:
Yuriy Lujkov Moskva Meri postida uzoq vaqt faoliyat yuritganiga ishora qilib, jurnalist Andrey Vladimirov bu davrni X deb ataydi. Aslida esa X bundan ancha uzoq davom etgan. Hurmatli bilimdonlar berilgan o'xshatishlardan foydalanib X ni ikki so'zda aniq ayting!
Javob:
Yura davri
5-savol:
Bir safar mashhur musiqachi Artur Rubenshteyndan so'rashdi?
"Siz uchun royal chalishni urganishda eng qiyini nima bulgan"
Diqqat savol: musiqachi nima deb javob bergan edi?
Javob:
Mashg'ulot pulini to'lash.
6-savol:
Ikkinchi jahon urushi vaqtida askarlar uylariga yuborilayotgan xatlatlarni davlat xavfsizlik idoralari xar birini tekshirmasdan yuborishmagan, lekin xatlar shunchalik ko‘p bo‘lganki, ularni tekshirish uchun yuzlab odam zarur bo‘lgan. Urush vaqtida esa bu ilojsiz xolat bo‘lgan, ammo davlat xavfsizlik idoralari vakillari bu muammoni osongina hal qilishgan. Buning uchun maktublar bilan bir jarayonni amalga oshirganki yovuz niyatdagi xatlar ham amalga oshmay qolgan.
Diqqat savol: qanday jarayon amalga oshirilgan?
Javob:
Xatlarning vaqti kechiktirilgan.
7-savol:
Michigan universiteti sotsiologlari X atrof-muhitga ziyon yetkazadi, degan xulosaga kelishdi. Chunki odatda X dan keyin ishlayotgan televizor, sovutgich va gaz plitalari soni bittaga ko'paydi. Qizig'i shundaki, statistikaga ko'ra, X eng ko'p yuz beradigan oy - Yanvar oyi hisoblanar ekan!
Diqqat savol: Hurmatli bilimdonlar berilgan ta'riflardan mantig'ingizni ishga solib X ni bir so'zda aniq ayting?
Javob:
Ajrashish.
8-savol:
Napoleon fikriga ko'ra Alfa og‘ir eshelonga o‘xshaydi. Qo‘zg‘atish qiyin, qo‘zg‘atsang to‘xtatish qiyin". Napaleonning bu fikri 1812 yilda o'z tasdig'ini topdi. Diqqat savol: Alfa deganda qayer nazarda tutilmoqda?
Javob:
Rossiya
9-savol:
Bir-biriga juda yaqin joylashgan 4 ta buloq bor. Ularni orasidagi masofa deyarli yo'q hattoki bir qarich ham chiqmaydi. Ajablanarlisi shundaki bu 4 buloqning "suvining" ta'mi va tarkibi mutlaqo bir-biridan farq qiladi. Bu Allohning mo'jizlaridan biri deya ta'rif beradi bu buloqlarga bir masjid imomi.
D.s: Bu 4 buloqni maksimal aniqlikda yozib bering!
Javob:
Og'iz, burun, ko'z, quloq.
10-savol:
Bilamizki Sahobalar ichida Abdurahmon Ibn Avf roziyallohu anhu eng boylaridan bo'lgan. U kishi bozorda bir kunda 1000 ta tuyani olgan baxosiga sotgan ekanlar. Olgan bahosiga sotishiga qaramay tuyalarni har biridan 1 dirxamdan jami 1000 dirxam foyda ham olgan ekanlar. Buning uchun sotishdan avval xaridorlar bilan bir masalada kelishib keyin sotganlar. Aburahmon Ibn Avf roziyallohu anhu 1000.ta tuyani o'zi olgan narxida sotib, ulardan qanday foyda olgan yoki xaridorlar bilan nimani kelishib keyin sotgan?
Javob:
Arqonlaridan foyda olganlar. Ya'ni tuyalarni arqonlarini o'zlarida olib qolish sharti bilan sotganlar va o'sha arqonlarni har birini 1 dirxamdan sotib 1000 dirxam foyda olganlar.
11-savol:
Ular qorovullik vazifasini yaxshi bajaradi. Nyu-York xonadonlaridan birida uy egasi doʻkonga ketganda uyga oʻgʻrilar "tashrif buyuradi", ammo uyda bahaybat U ni koʻrgach qochib qolishadi. Hatto ularning orasida kechasi xoʻjayini bilan birga uxlaydiganlari ham bor ekan.
Balki ular maʼlum bir gorizantal harakatlaridan foydalanmas, bunisi bizga chigal ipni boshidek nomaʼlum.
Diqqat savol: U nima?
Javob:
Ilon.
Izoh: Gorizantal harakati bu tilining harakati edi,chigal ip esa tashqi koʻrinishiga ishora edi.
12-savol:
Tarixga nazar tashlasak qadimgi Rimda mirza yaʼni yozuvchi lavozimi boʻlgan. Ular amaldorlar va zodagonlarning shaxsiy kotiblari boʻlishgan. Ularning turli muzokaralarda amaldorning ishonchli vakili boʻla olish xuquqi ham boʻlgan. III asrdan boshlab ular boshqa nom bilan atalishni boshlangan.
Hozirgi kunda har qadamda uchraydigan bu idora vakillari kimlar?
Javob:
Notarius.
13-savol:
Xokku
Oqmas daryodan
Mo‘ralaydi suluvlar
Tomog‘i qaqrab.
Xokku nima xaqida?
Javob:
Sholi.
14-savol:
Uning X rangi shaxs tabiati haqida xulosa qilish imkonini beradi.
Y rangi esa qattiqlik, kuch va avtoritarizm bilan bog'liq ekan.
O'zbekistonlik ayrim siyosatchilar fikriga ko'ra kompaniya logotipida ko'rsatilganidek uni Y oqibatlari X oqibatlariga koʼra ancha ko'proq "bo'lgan ekan".
Savol: 2014-yilda tashkil topgan ushbu kompaniya nomini ikki so'zda yozib bering.
Javob:
X-oq Y-qora
Kompaniya esa Tik - Tok
Izoh: ''Bo'lgan ekan" so'zini bekorga qoʻshtirnoqqa olmadim, chunki bu kompaniya 2021-yildan Oʻzbekistonda bloklangan.
15-savol:
2009-yilda AQShda salmonellyoz (og'iz orqali shu kasallik bilan kasallangan boshqa odam yoki hayvonlardan yuqadigan o'tkir yuqumli kasallik) bilan kasallanganlar sonì birdan ko'payib ketgan. Kasalxonalarga murojaat qilganlar orasida 50 dan ortiq bolalar mavjud edi. Ularning orasida 10 yoshgacha bo'lgan qizlar juda ham ko'p edi.
Diqqat Savol: 10 yoshgacha bo'lgan qizlarning bu kasal bilan og'rishiga nima sabab bo'lgan?
Javob: “Malika va qurbaqa” multfilmi namoyish etilganidan keyin ko'plab qìzaloqlar o'z shahzodasini uchratish uchun qurbaqadan bo'sa olgan.
16-savol:
Bilamiz Maktablarda va ayrim ta'lim muassasalarida eng past baxo 2. Bu baxo bilan deyarli hammamiz maktabda tag'dirlanganmiz.
Diqqat Savol: Nega aynan 2 tanlanganini xech qiziqib ko'rganmisiz, 1 yoki 0 emas 2 qo'yilishining sababini siz bizga yozib bering?
Javob: Sababi Bolaning darsga kelib qatnashishining o'zi 1 ball berilar ekan unga yana eng past baxo qo'yadigan bo'lishsa demak 2 bo'lishi kerak ekan.
17-savol:
Ulardan birini ko'zi ko'rmasmish, yana birini esa barmoqlari odatdagidan ko'proq ekan. Ularni har xili uzuni ham semizi ham, ozg'ini ham borligini bilamiz.
Savol: Aytingchi ularni qayerda ko'rishimiz mumkin?
Javob: Odam organizmida.
Izoh: Ko'r ichak, 12 barmoqli ichak, yo'g'on ichak va ...
18-savol:
Harbiy zobitlar o'z askarlariga shaxdam qadam bilan yurishni o'rgatishadi. Safda oddiy askarlarning sinxron bir xilda qadam bosishi barcha davlatlar armiyalarida bor qoida, lekin shunday joy borki, u joydan o'tayotganda ofitserlar askarlarga ataylab bir xilda qadam bosmaslikni buyuradilar.
Diqqat savol: Qayerda harbiy ofitserlar askarlarga bir xilda sinxron qadam bosmaslikni buyurishadi?
Javob:
Ko'prikda
19-savol:
Bir xindu shaharga kelib atrofni aylanib yurib bir oq odamga duch kelibdi. Shunda u oq tanlilar erinchoq xalq. Oq odam mana otirib yurmoqda.”
Savol: xindu nimani ko’rgan?
Javob: velosiped
20-savol:
Aslida bu shahar nomining hayvonga aloqasi yo'q. Shahar nomi forscha "qadimgi qal'a" ma'nosini beruvchi so'zdan hosil bo'lgan. Yordam sifatida aytamiz: "qal'a" so'zi fors tilida "dez" deyiladi.
O'sha shaharni yozib bering.
Javob:
Qunduz shahri.
21-savol:
Zamonaviy iqtisodchining fikricha X kalmar oʻyiniga oʻxshaydi, uni faqat tirik qolganlargina oladi. Diqqat savol X nima?
Javob:
Pensiya.
22-savol:
Yozuvchi Redyard Kipling har bir so‘z uchun 10 shilingdan olayotganini bilib, talabalar unga yaxshiroq so‘z so‘rab, 10 shiling yuborishadi. Kipling ularga qanday so‘zni yozib yuborgan?
Javob:
Rahmat!
Dostları ilə paylaş: |