To’qima haqida ma’lumot



Yüklə 186 Kb.
səhifə1/5
tarix15.11.2023
ölçüsü186 Kb.
#132579
  1   2   3   4   5
TO’QIMA HAQIDA MA’LUMOT


TO’QIMA HAQIDA MA’LUMOT
Evolyutsion taraqqiyot davomida tirik organizmlarning turli shakllari vujudga kelib, ular hozir ham mavjuddir (sodda o`simlik va hayvonlardan tortib odamgacha). Hayvon organizmi-ning takomili, ularning evolyutsiyasi yangi vazifalar va shu vazifalarni bajarish uchun hosil bo`lgan tuzilmalar rivojiga bog`liq.
To`qimalar evolyutsiyasini o`rganuvchi fanga evolyutsion gistologiya deyiladi. Evolyutsion gistologiyaga Rossiyada I. I. Mechnikov asos solgan. Uning g`oyalarini A. A. Z a –v a p z i n va N. G. X l o p i n ilgari surdi, rivojlantirdi. Masalan, A. A. Zavarzin to`qimalar klassifikatsiyasiga hayot jarayonining asosiy tomonlarini ochib beruvchi funktsional prinsiplarni asos qilib oldi. U to`qimalarni himoya funksiyasini o`tovchi chegara to`qimaga; modda almashinuv va tayanch-mexanik vazifani bajaruvchi i ch k i m u h i t to`qimasiga, qisqarishni ta’minlovchi mushak to`qimasiga va impuls o`tkazuvchi nerv to`qimasiga bo`ldi.
Odatda, to`qimalarning takomili ularning organizmda bajaradigan vazifasi bilan belgilanadi. Turli hayvonlarda to`qimalar ba’zi belgilari bilan ajralib tursada, juda ham ko`p mavjudotlarda muayyan to`qima turlarini ajratish mumkin. Binobarin, to`qima evolyutsiyasi butun organizm evolyutsiyasining xususiy ko`rinishidir.
To`qima tarixiy (filogenetik) taraqqiyot jarayonida vujudga kelib umumiy tuzilishga ega bo`lgan, ma’lum funktsiyani bajarishga ixtisoslashgan hujayralar va hujayra bo`lmagan tuzilmalar majmuasidan iborat.
Tarixiy taraqqiyot natijasida 4 xil to`qima vujudga kelgan.
/. Epiteliy to`qimasi. 2. Ichki muhit to`qimasi (tayanch-trofik va himoya to`qima, biriktiruvchi to`qima). 3. Mushak (muskul, to`qimasi. 4. Nerv (asab) to`qimasi.
Bulardan epiteliy va biriktiruvchi to`qima eng qadimiy hisoblanadi. Rivojlanishining so`nggi bosqichlarida hayvonlar tuzilishining murakkablashishi bilan birga mushak va nerv to`qimalari takomillashadi. Mushak to`qimasi harakat funksiyasini bajarishda ishtirok etsa, nerv to`qimasi hamma to`qimalarni o`zaro bog`lab turadi. To`qimalarning hosil bo`lish jarayoni gistogenez deb yuritiladi.
Bu jarayon davomida har bir kurtakning hujayralari va hujayra shakliga ega bo`lmagan strukturalari turli tomonga differensiallashadi (takomillashadi), hamda bir to`qimaga xos bo`lgan maxsus tuzilmalarni va xususiyatlarni o`zida mujassamlashtiradi. To`qimalar differentsiallashishida 4 davr tafovut etiladi. 1) ootipik; 2) blastomer; 3) kurtak; 4) to`qima differensiallanish davrlari.
Ootipik differensiallanish davrida bo`lg`usi kurtaklar prezumtiv (lat. presumptio - ehtimol) - ehtimoliy qismlar holida tuxum hujayra sitoplazmasida yoki zigotada o`z ifodasini topadi. Masalan, amfibiylarda bo`lg`usi xordomezoderma tuxum hujayra sitoplazmasining kulrang o`roqchasi qismida joylashadi.
Blastomer differensiallanishda bo`lg`usi to`qima kurtaklari maydalanayotgan blastula hujayralarining shu to`qima rivojlanishini belgilaydigan blastomerlari differensiallanishi sifatida ko`rinadi. Ko`pchilik hayvonlarda maydalanishning ilk davridayoq bir-biridan farq qiladigan blastomerlar hosil bo`ladi. Blastula davrida blastula tubi, tomi va qirg`oq qismlari blastomerlari bir-biridan farqlanadi.
Kurtak differentsiallanishida bir xil bo`lgan birlamchi homila varaqlarida alohida tuzilishga ega bo`lgan chegaralangan qismlar hosil bo`ladi. Chunonchi, ektodermadan nerv sistemasi kurtagi bo`lgach nerv naychasining ajralib chiqishi bunga misol bo`la oladi.
To`qima differensiallanish davrida to`qima kurtaklari to`qimaga aylanadi. Kurtakning to`qimaga aylanishi - gistogenez davrida har bir kurtakning hujayra va hujayra bo`lmagan tuzilmalari turli yo`nalishda ixtisoslashib, har bir to`qima uchun xos bo`lgan tuzilmalarni, fiziologik va ximiyaviy xususiyatlarni hosil qiladi. To`qima takomilining determinatsiyasi (lat. determinare - belgilash) asosan avloddan-avlodga o`tuvchi irsiy belgilar bilan bog`liqdir. Irsiy omillar organizm takomilining umumiy yo`nalishini belgilaydi. Bu esa homila o`sish davrida turli ta’sirlar natijasida (ichki va tashki) yangi xususiyatlar hosil bo`lishini inkor etmaydi.
Davom etayotgan differensiallanish va o`sish davrida hujayralararo ta’sirlar orta borib organizmning integratsiyasi (lat. integer - butun) vujudga keladi. Integratsiya iborasi organizm alohida qismlarining bir butunga birlashishini ko`zda tutadi. Hamma a’zolar asosan 4 xil to`qimadan: epiteliy, biriktiruvchi, mushak va nerv to`qimalaridan tashkil topgan. Parenximatoz a’zolarning asosi - biriktiruvchi to`qimadan, parenximasi (asosiy ishni bajaruvchi qismi) esa epiteliydan tashkil topgan. A’zo tarkibiga kirgan to`qimalarning faoliyati shu a’zoning umumiy yoki asosiy funktsiyasini bajarishga qaratilgan.

Yüklə 186 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin