Toshkent axborot texnologiyalar universiteti akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi turobxonov temurxonning



Yüklə 26,97 Kb.
tarix18.06.2022
ölçüsü26,97 Kb.
#117025
boshqaruvv3


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI TALABASI TUROBXONOV TEMURXONNING
“Boshqaruv tamoyillari” fanidan
3-mustaqil ishi

Bajardi: Turobxonov Temurxon


Tekshirdi: Nazokat Xadjayeva

TOSHKENT-2022



  1. Ezenhaur matritsasini to’ldirish




Tezkor

Shoshilinch emas

Muhim




  • Boshqaruv tamoyillari fanidan 3-mustaqil ish

  • Ingliz tilidan yangi so’zlarni yodlash

  • Iloji boricha ko’proq podcast eshitish









  • Oila, do’stlar bilan gaplashish va uchrashish

  • IMDB talqiniga ko’ra eng sara kinolarni ko’rish

  • Har kuni kitob o’qish

Muhim emas




  • Monkeytype.com” ga kirib tez yozishni mashq qilish

  • Qahva tayyorlash

  • Free4talk saytida inglizlar bilan gaplashish




  • Stol tennis bilan shug’ullanish

  • Futbol o’ynash

  • Har kuni shakar iste’mol qilish



2. Haftalik rejalarim tahlili
Hafta davomida turli fanlardan vazifalarni o’z vaqtida tizimga yuklash, qatnashadigan kursimni kutilgan tempda olib borish kabi qator vazifalarni o’z oldimga qo’ygan edim. Shanba va yakshanbani dam olish kunlari sifatida chiqarib yuborgandan, haftaning qolgan 5 kuni deyarli bir xil vazifalardan iborat edi:

  • Fanlardan berilgan topshiriqlarni bajarish

  • Iloji boricha ko’proq podkast eshitish

  • Sport bilan shug’ullanish

  • Maqolalar o’qish

Tajribadan ma’lum bo’ldiki, kishi aniq vaqt va muddati oldindan belgilab qo’yilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishga ko’proq moyil bo’lar ekan. Biror vazifa berilib uni bajarish lozim bo’lgan aniq sana va vaqt belgilanmagan bo’lsa, bajarishni ortga surishlar, chalg’ishlar ko’p bo’lar ekan. Shuningdek, hajmi jihatidan katta, bir qancha qism vazifalardan tashkil topgan vazifalarga kirishish nisbatan qiyinroq bo’ladi. Undagi haybat kishini uzoqlashtirib, jarayonning kechikishiga, shuningdek uni bajarish davomida ko’plab e’tiborsizliklarga olib kelishi mumkin.

Shunday qilib, oldinga qo’yilgan ma’lum vazifani bajara olmaslik sababi ko’proq uni to’g’ri reja qilinmaganiga borib taqaladi, va buni bartaraf etish uchun inson o’z intizomli harakat qilish kerak, ya’ni vazifaga ketadigan umumiy vaqt, uni yakunlashning oxirgi muddati kabi bir qancha detallar avvaldan aniqlashtirib olinishi kerak. Shuningdek kattaroq vazifani bo’laklarga bo’lgan holda bajarish eng ko’p samara beradigan amallardan biridir. Sababi inson bir qadamli konkret topshiriqlar bilan shug’ullanganda ko’proq diqqatli bo’ladi va ishini sifatli yakunlaydi, shuningdek, bu jarayonga nisbatan osonlik kiritib, dangasalik sabab sodir bo’ladigan kechiktirishlarni bartaraf etadi.
3. Prokrastinatsiya tahlili va yechimi
Ba’zi odamlar perfeksionist, ya’ni har ishni to‘la-to‘kis bajarishga harakat qiladigan bo‘lishadi. Lekin ko‘pincha ideal natijaga erishish yo‘lidagi urinishlari chog‘ida ozmi-ko‘pmi nuqsonlarga yo‘l qo‘yadi. Natijada boshlagan ishidan ko‘ngli to‘lmay, ma’lum bir nuqtaga yetganda ishini nihoyalamasdan tashlab qo‘yishi mumkin. Bunday hayot tarzi davomida odamda “oq-qora fikrlash” dunyoqarashi shakllanadi. Bu esa muhim ishlarga qo‘l urishdagi ishtiyoqni susaytirib yuboradi.

“Eng yaxshi natijaga erisha olmasam, bu ishga qo‘l urib nima qildim” degan o‘y-xayollar uni bir joyda to‘xtatib turaveradi. Har bir kishi hayotga tahliliy ko‘z bilan qarab, ideal natijaga erishish iloji yo‘qligini, hatto kam-ko‘sti bo‘lsada biror muhim ishni bajarish, uni umuman ortga surib qo‘ygandan yaxshiroq ekanligini tushunishi lozim.

Muhim va zarur ishni bajarish vaqti yaqinlashib qolganda boshlab qo‘ygan boshqa ishlarini yarim yo‘lda tashlab, shoshib-pishib yangi yumush etagidan tutadigan odamlarning barcha ishlari o‘lda-jo‘lda, hayotlarida hech bir tartib bo‘lmaydi.

Sizda shu kabi muammo bo‘lsa, yon daftar tutib unga yaqin vaqt ichida bajarishingiz lozim bo‘lgan ishlar ro‘yxatini yozib boring. Ular orasidan eng shoshilinch va muhimini tanlab olib, amalga oshirishga kirishing.

Qay bir ishga qo‘l urmang, avvalo “Men bu ishni hozir bajarishim shartmi?”, “Bajarilishi kerak bo‘lgan bundan ham muhim ishlarim bormi?” degan savollarni o‘zingizga berib ko‘ring. Birinchi savolga qat’iy “ha”, ikkinchisiga esa “yo‘q” deb javob bera olsangizgina ishga kirishing.

Prokrastinatsiyani keltirib chiqarayotgan sabab qanday bo‘lmasin, bu odati bor odamlarning barchasida impulsiv fe’l-atvor kuzatiladi. Ya’ni, muhim ish kutib turgan bo‘lsada, odam o‘zi uchun yoqimli bo‘lgan, kuch va mehnat talab qilmaydigan narsalarga chalg‘iyveradi. Masalan, televizor ko‘radi, internet tarmog‘iga kiradi, musiqa tinglaydi, biror narsa o‘qiydi, ko‘chada sayr qiladi. Asosiysi, o‘zini qiynamasa bo‘ldi.



O‘zingizdagi impulsiv fe’l-atvorni yengish uchun o‘zingiz bilan gaplashishga o‘rganing. Bunda ovoz chiqarib gaplashish shart emas. O‘zingizga savollar berib, javoblar qaytaring. Bajargan ishlaringiz haqida o‘zingizga hisobot berishga odatlaning. Bu narsa o‘zingizning oldingizdagi mas’uliyatingizni sal bo‘lsada oshiradi.
Biror muhim ishni bajarishingiz kerak bo‘lsayu, ammo oxiriga yetkazmasdan tashlab qo‘yishingiz mumkinligidan qo‘rqsangiz, do‘stlaringiz, yaqinlaringizga o‘z rejalaringiz haqida gapirib bering. Vaqti kelib rejangizdagi ishni amalga oshirolmay qolsangiz, ularning oldida uyalib qolishingiz mumkin. Uyalib qolishdan qo‘rqish hissi sizni o‘zingizni qo‘lga olishga undaydi.
Yüklə 26,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin