Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot. MAKROiqtisodiyot»



Yüklə 284,5 Kb.
səhifə1/7
tarix23.06.2022
ölçüsü284,5 Kb.
#117189
  1   2   3   4   5   6   7
Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
«MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT» fanidan

KURS ISHI
MAVZU: Firma xarajatlarining iqtisodiy mohiyati va asosiy tiplari

BAJARDI: Dushanova Sh
TEKSHIRDI: Shodmonov E


Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
«____» _______2021 y.




Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
«____» _______2021 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana
«____» _______2021 y.


Baho «_____» _________



___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________




TOSHKENT-2021

Reja:


Kirish. 3
1.Firma xarajatlarining mazmun-mohiyati va turkumlanishi. 6
2.Firma xarajatlarining asosiy turlari va o`ziga xos xususiyatlari. 11
3.Firma xarajatlarini minimallashtirish va daromadlarini maksimallashtirish. 16
XULOSA 23


«....makroiqtisodiy barqarorlik-iqtisodiy islohotlarning mustahkam poydevoridir. »
Sh.M.Mirziyoyev

Kirish.


Ishlab chiqarish jarayonida uning omillari: yer, mehnat, kapitalni birlashtiruvchi, bilim va tashabbuskorlik va tavakkalchilik asosida daromadli ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishning maxsus omili bu tadbirkorlik hisoblanadi.
Soʻnggi yillarda mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga bo`lgan e`tibor yil sayin ortib borayotganligi samarasida iqtisodiyotimizda yanada qulay biznes muhiti yaratilmoqda.
Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga murojaatnomasida alohida ta`kidlab o`tdilarki, pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar davlat bilan teppa-teng hissa qo`shdilar. Shuning uchun barchamiz tadbirkorlarga yelkadosh bo`lib, ularni doimo qo`llab-quvvatlashimiz shart.Bu borada ishbilarmonlarning haq-huquqlarini, ayniqsa, xususiy mulk daxlsizligini ta`minlash – barcha darajadagi davlat organlarining asosiy vazifasi bo`lishi lozim.
2021-yilda “Soliqchi – ko`makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar uchun ularning biznes hamkorining soliq qarzdorligi haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.
Tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 105 ta litsenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilinadi, 115 tasi bo`yicha esa tartib-qoidalar soddalashtiriladi.
Pandemiya sharoitida aylanma mablag` tanqisligiga duch kelgan tadbirkorlarimiz “oyoqqa turib olishlari” uchun ularga ko`mak berishni davom ettiramiz.
Turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalariga berilgan imtiyozlar kelgusi yil yakunigacha uzaytiriladi. Shuningdek, 20 mingta tadbirkorning 400 milliard so`mlik yer va mol-mulk solig`ini to`lash muddatini yana bir yilga uzaytirishni taklif etdilar. Bundan tashqari, 1 milliard so`mgacha davlat xaridlari doirasida avans miqdori 30 foizga yetkaziladi. Umuman, tadbirkorlikni moliyaviy qo`llab-quvvatlash borasidagi ishlarni davom ettirish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kelgusi yilda 6 trillion so`m imtiyozli kreditlar ajratiladi. Shuningdek, Hukumat tomonidan Jahon banki bilan birgalikda boshlangan qishloqlarda tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini kengaytirish uchun qo`shimcha 100 million dollar yo`naltiriladi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq 5 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko`rib chiqilib, ularning soni qisqartiriladi hamda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqiladi. Xabaringiz bor, bundan 4 yil oldin tadbirkorlik subektlarida tekshirishlar o`tkazishga moratoriy e`lon qilgan edik. Buning natijasida o`tgan davrda tadbirkorlar soni 2 barobar ko`payib, 400 mingtaga yetdi. Shuning uchun moratoriy muddatini yana bir yilga uzaytirishni taklif etdilar.
Shu bilan birga, Hukumat tomonidan bozorda teng raqobat muhitini yaratish va halol-pok tadbirkorlarni zamonaviy texnologiyalar asosida ishlayotgan vijdonli tadbirkorlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash maqsadida “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirishga qaratilgan mexanizmlar joriy etiladi.
Ma’lumki, koronavirus global pandemiyasi kooperatsiya aloqalarining buzilishi, mahsulotga talabning va sotuv bozorlarining qisqarishi oqibatida iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faolligiga cheklovchi taʼsir oʻtkazishda davom etmoqda.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirish, tarmoqlararo kooperatsiyani chuqurlashtirish va qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirishda qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, raqobat muhitini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish maqsadida qaror qabul qilindi.1
Bozor iqtisodiyotining tadbirkorlikning asosiy subyektlaridan biri firmalar hisoblanadi. Firma deganda, mustaqil xo‘jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi. Mustaqil xo‘jalik faoliyati yuritadi deganda, qanday mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qaerda, kimga, qancha narxda sotish bo‘yicha firmaning mustaqil qaror qabul qilishi tushuniladi.
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o’z faoliyati natijalaridan ko’proq daromad olishga xarakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o'zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. Xarajatlar korxona, firma faoliyatiga baho berishda, yetakchi ko'rsatkich hisoblanadi.Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog'liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma'lum sarf xarajatlar talab etiladi. Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi, ya'ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.


Yüklə 284,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə