Ubaydullayeva Sadoqat



Yüklə 152,91 Kb.
tarix29.11.2022
ölçüsü152,91 Kb.
#120097
Grammatika va uning predmeti Morfema va uning turlari


Ubaydullayeva Sadoqat
Grammatika va uning predmeti.
Morfema va uning turlari
CONTENTS
1.
2.
3.
4.
Grammatika va uning tarkibiy
qismlari.
Grammatik ma`no va grammatik
shakl.
Grammatik kategoriyalar va
ularning ifodalanish usullari.
Sintetik va analitik tillar.
Grammatika va
uning tarkibiy qismlari.
01
Grammatika tilshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lib, tilshunoslikning boshqa sohalari bilan aloqasi ko‘p qirrali va murakkabdir.
O‘tmishda grammatika to‘ғri yozish va gapirishga yordam beruvchi qonun va qoidalarni o‘rgatadi deb tushunilgan. Bugungi kunda grammatika termini tilshunoslikda ikki ma`noda qo‘llaniladi. Grammatika deyilganda, birinchidan, tilning grammatik qurilishi, ikkinchidan, tilning grammatik qurilishi haqidagi fan tushuniladi. Ikkinchi ma`noda grammatika so‘zlarning ma`lum turkumlarga bo‘linishi, ularning har biriga xos formalar, nutqning grammatik qurilishi haqadagi fandir.
Grammatik ma`no va
grammatik shakl.
02
Leksik ma`no individual ma`no hisoblanadi, bir ma`no bir so‘z bilan boғlangan bo‘ladi. Grammatik ma`no leksik ma`nodan tubdan farq qiladi. U leksik ma`noga o‘xshab tashqi dunyodagi narsa va voqelarni aks ettirmaydi va individual xususiyatga ham ega bo‘lmaydi. Ular umumiy ma`nolardir.
Grammatik kategoriyalar
va ularning ifodalanish usullari.
03
Har bir tilning o‘ziga xos grammatik ma`nolari ,uni ifoda qiluvchi vositalari mavjud. Grammatik kategoriya - umumlashgan grammatik ma`no bo‘lib, u tilning qaysi morfologik tipga kirishini ko‘rsatadi va o‘z ifodasini so‘zlarning o‘zgarishida, gapda so‘zlarning boғlanishida topadi. Zidlik mas., birlik va ko‘plik. SHundan son kategoriyasi kelib chiqadi.
Sintetik va analitik
tillar.
04
Tilda ma`no va munosabat ifodalangan bo‘lib, so‘zning qismlari o‘zak bilan mahkam boғlangandir. So‘zlarni qismlarga bo‘lish mumkin. Bunday so‘z qurilishiga ega bo‘lgan tillar agglyutinativ tillardir. Agglyutinativ tillar, A. SHleyxer fikricha, o‘simlikka o‘xshaydi. Bunday tillarni ikki guruhga ajratadi: sintetik tillar va analitik tillar. Sintetik tillarga turkiy tillar, mo‘ғul tillari, fin-ugor tillari, dravid tillarini kiritadi. Analitik tillarga tibet tilini kiritadi.
THANK YOU
Yüklə 152,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin