Xavflarni tahlil qilish usullari, xavfsizlikning tizimli tahlili



Yüklə 56,27 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix10.10.2022
ölçüsü56,27 Kb.
#118196
Xavflarni tahlil qilish usullari



. Xavflarni tahlil qilish usullari, xavfsizlikning tizimli tahlili
Texnik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda, xavfni baholash va 
xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish sanoat 
xavfsizligini ta’minlash va mehnat xavfsizligini ta’minlashda muhim muammo 
hisoblanadi. 
Haqiqatan ham
, xavfni noto‘g‘ri yoki past baholash katta avariyalarga 
olib kelishi mumkin, xavfni o‘ta yuqori baholash esa juda katta mablag‘ talab 
qiladigan xavfsizlik choralarini qo‘llashni talab qilishi mumkin. Bu esa ishlab 
chiqarish iqtisodiy samaradorligini pasayishiga yoki yo‘qqa chiqishiga olib kelishi 
mumkin.Mamlakatimizda va xorijda xavf-xatarlarni tahlil qilish juda ko‘p usullar 
bilan amalga oshirilishi mumkin. Ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
1-usul. Xavfni baholashning sifatiy (muhandislik) usullari ularni yanada 
murakkab usullar bilan o‘rganish uchun xavf manbalarini aniqlashga qaratilgan. 
Ushbu muhandislik usullari miqdoriy hisob-kitoblar bilan mustahkamlanmaydi.
2-usul. Xavflarni ekspress baholash usullari ob’ektlarni xavflilik darajasi 
bo‘yicha kategoriyalarini aniqlashda foydalaniladi (yong‘in, 
portlash
, kimyoviy, 
radiatsiya va boshqalar). Bunday usullarni qo‘llashning asosiy maqsadi xavf 
manbalarini aniqlash zarurati bilan bog‘liq. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan 
ob’ektlarga xavfsizlik talablari qat’iyroq qo‘llaniladi.
3-usul. Xavflarni baholashning 
ehtimollik usullariga
 miqdoriy baholash usullari 
(matematik statistika usullari, 
matematik modellashtirish
, simulyasiya va 
boshqalar) kiradi.
Xavflarni baholashning yuqorida sanab o‘tilgan usullari prognozning aniqligi va 
dastlabki zarur ma’lumotlarning miqdori bilan farq qiladi. Ushbu yoki boshqa 
usullarni qo‘llashda xavfni baholash maqsadlaridan kelib chiqiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda murakkab xavfsizlik muammolarini hal qilishda xavf-
xatar metodologiyasi keng tarqalgan bo‘lib, unda yuzaga keladigan hodisalar va 
ularning oqibatlari ehtimoli aniqlanadi. Ushbu metodologiyaning jozibadorligi, 
xavfning miqdoriy ko‘rsatkichlaridan 
foydalanib
, potensial xavfni o‘lchash va turli 
xavflarni solishtirish mumkinligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, xavf 
ko‘rsatkichi sifatida odamlarning o‘limi (yoki kutilayotgan zarar qiymat) bilan 
bog‘liq shaxsiy yoki ijtimoiy xavf qabul qilinadi. 

Yüklə 56,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin