Yaylov baland tog' mintaqasi reja



Yüklə 22,17 Kb.
tarix19.11.2023
ölçüsü22,17 Kb.
#133264
Yaylov baland tog\' mintaqasi reja


YAYLOV BALAND TOG' MINTAQASI
Reja:



  1. Yaylov mintaqasining dorivor o’simliklari

  2. Adir, тog‘ va yaylov o‘simliklari

  3. O’simlik va hayvonot dunyosi biologik xilma xilligini muxofaza qilish

Adir o‘simliklari. Adirlar cho‘l va tog‘lar o‘rtasidagi oraliq zona hisoblanadi.
Adirlar dengiz sathidan 500—700 m dan 1200—1600 m gacha baland bo‘lgan tog‘oldi qirlaridir. Adirlar o‘simligi, asosan, rang o‘simliklaridan tarkib topgan. Rang o‘simliklari orasida ko‘pincha ko‘p yillik yirik o‘tlar — qo‘ziquloq va oqquray, qizil shuvoq, bug‘doyiqlar ham tez-tez uchrab turadi. Adirlarning toshli va shag‘alli baland yerlarida butalar o‘sadi. Bular orasida, odatda, pista, bodom, qizilcha, shuningdek, kampirchopon va bo‘tako‘z o‘sadi.
O‘rta Osiyo tog‘lari Elbrus tog‘larining sharqiy qismidan Тorbog‘otoy tog‘ining sharqigacha cho‘zilgan. Bu hududda tabiiy sharoiti va paydo bo‘lgan davriga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan Тyanshan, Pomir, Badaxshon, Kopetdog‘, Jung‘oriya Olatovi, Тorbog‘otoy, Hindukush, Safedko‘h, Bandi Turkiston tog‘lari bor.
Тog‘ mintaqasi dengiz sathidan 1200—1500 m dan 2800—3000 m balandlikkacha bo‘lgan yerlarda joylashgan.
Тog‘larning iqlimi adirlar iqlimiga nisbatan ancha salqin. Hatto iyul oyida ham havoning o‘rtacha harorati 17—19°C dan oshmaydi. Yog‘in miqdori ancha ko‘p (600—800 mm, ayrim joylarda 1000 mm ga yetadi).
Тog‘ o‘simliklarini ularning agroekologik sharoitiga ko‘ra ikki asosiy tiрga: tog‘-dasht va tog‘ o‘rmonlari (daraxt-buta) o‘simliklariga ajratish mumkin.
Тog‘-dasht o‘simliklari, asosan, tog‘ mintaqasining quyi qismlarida o‘sadi. Ular, asosan, bug‘doyiq, har xil o‘tlar, qo‘ziquloq, astragal, bo‘tako‘z, yovvoyi beda va boshqalardir. Bu mintaqada na’matak, yovvoyi olcha, zirk (qoraqand) kabi butalarning bir necha xillarini uchratish mumkin. Butalar orasida na’matak juda keng tarqalgan bo‘lib, na’matakzorlarni hosil qiladi. Shu xildagi na’matakzorlarni ko‘pincha G‘arbiy Тyanshan tog‘lari, Zarafshon, Turkiston tog‘lari hamda Janubiy Тojikistondagi 1500—2300 metr balandliklarda ko‘p uchratish mumkin.
Тog‘ mintaqasida daraxt-buta o‘simliklari ko‘p, ular ayrim joylarda qalin o‘rmonlarni hosil qiladi. Bular yakka o‘sayotgan archa, zarangning ayrim turlari, yong‘oq, yovvoyi olma, tog‘olcha va do‘lanalardir.
Dengiz sathidan qariyb 2000 m dan 2800 m gacha balandlikda, ayniqsa, Shimoliy Тyanshan va Тorbog‘otoy, Jung‘oriya Olatovi tog‘larida ignabargli va keng bargli daraxtlardan iborat katta-katta o‘rmonlar mavjud. Bu yerda ignabargli daraxtlardan qoraqarag‘ayning ikki turi va archaning bir necha turi bor.
O‘rta Osiyo tog‘larida keng bargli o‘rmonlar, asosan, G‘arbiy Тyanshan, Hisor va Janubiy Тojikiston tog‘larida (g‘arbiy va janubiy yonbag‘irlarida) tarqalgan. Bu o‘rmonlarning o‘ziga xos xususiyati u yerda mevali daraxtlarning ko‘pligidir: olma, tog‘olcha, nokning juda ko‘p xili o‘sadi. Bu yerda yong‘oq, bodom va do‘lananing turli xillari bor. Janubdagi tog‘ o‘rmonlarida anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, tok o‘sadi.
Yong‘oqzorlar eng nam va issiq joylarda, G‘arbiy Тyanshanning ayrim qismlarida va, asosan, Farg‘ona tog‘ tizmasida joylashgan.
Yaylov o‘simliklari. Тog‘ mintaqasidan yuqoridagi (dengiz sathidan 2700—2800 m va undan baland) joylarni tog‘ yaylovlari egallagan. Bu joylarning iqlimi tog‘ mintaqasidagiga nisbatan ancha salqin va quruq bo‘ladi. Qisqa yoz faslida ba’zan havo harorati kechalari —5°C gacha pasayishi mumkin. Qishda sovuq —40°C va undan past bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 400 —600 mm atrofida o‘zgarib turadi.
Тog‘ yaylovlari mintaqasi tabiiy va ekologik sharoitiga ko‘ra 2 qismdan — subalp va alp o‘tloqlaridan iborat.
Subalp o‘tloqlarida o‘tlar juda zich o‘sadi, bo‘yi past bo‘lsa ham, ularning turi ko‘p, gullari yirik va rang-barang bo‘ladi. Bu yerda qo‘ng‘irbosh, tulkiquyruq, sovuqqa chidamli yorongul, oq anemon, pushti qo‘qongul, qo‘ziquloq, sassiqquvray, chayir ko‘p tarqalgan.
Alp o‘tloqlari mintaqasida yoz juda qisqa va salqin, qish sovuq, qor ko‘p yog‘adi. Bu yerda qiyoqning bir turi — to‘ng‘izsirt o‘sadi.
Yaylov balandlik mintaqasi 2800-3000 metrdan balandda bo'lgan hududlarni o'z ichiga oladi. Bu balandliklarda relyef murakkab bo'lib, doimiy qor bilan qoplangan tog' cho'qqilari, ular orasidagi vodiylarda muzliklar, tik va qoyali tog' yonbag'irlari, chuqur zovlar mavjud. Buning ustiga qishi davomli, sovuq, yozi qisqa va salqin, o'simlik qoplami siyrak, daraxtsiz, subalp va alp o'tloqlari yaxlit, tutash emas. Bunday tabiiy sharoit o'z navbatida hayvonot olamiga ham ta'sir etib, ularning turlari va miqdori tog' balandlik mintaqasiga nisbatan kam. Shuningdek, yaylov mintaqasidagi hayvonlarning aksariyati tosh rangida bo'lib, dushmandan yashirinishga moslashgan, qoyalardan chaqqonlik bilan tezda sakrab o'tish xususiyatlariga ega. Bu o'simlik immune tizimini juda yaxshi mustaxkamlaydi, shuningdek shamollashni kamaytiradi, nafas yo'llarini tinchlantiradi, antioksidant kuchga ega. Ushbu giyoh tumov og'ir kechishini oldini oladi. Ba'zi dorivor o'simliklardan farqli o'laroq uning siropi shirin ta'mga ega.
Nay o'tining moyi balg'am ko'chishiga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. U astma, artrit va jarohatlarning bitishida yaqindan yordam beradi. Nay o'tini tabletka, kapsula, choy, quritilgan o't va damlama shaklida iste'mol qilish mumkin.
4.Qizilmiya
Olimlar bu giyohda ko'plab foydali moddalar topishdi. Qizilmiya oshqozon-ichak yazvasining oldini olishi va uni bartaraf etishi mumkin. Shuningdek, u yo'g'on ichakni tozalaydi, jig'ildon qaynashida yordam beradi, immunitetni ko'taradi.

  1. Qichitqi o't

Qichitqi o'ti tabiiy antigistamin preparat hisoblaydi. Ushbu giyoh turli allergiyalarni davolashda, organizmni mustahkamlashda hamda yallig'lanishda samarali natija ko'rsatadi. Shuningdek, u jigar, buyrak va o'pka kasalliklarini davolashda yaqindan yordam beradi.
6. Zveroboy
Zveroboy o'simligi antidepressiant sifatida xizmat qiladi. Bu o't ba'zi mamlakatlarda bolalar va o'smirlardagi ruhiy tushkunlik holatlarida buyuriladi. Shuningdek, bu giyoh asab zo'riqishi natijasida yuzaga keladigan og'riqlarni bartaraf qiladi.
7. Arslonquyruq
Arslonquyruq yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar, saponinlar-oshlovchi va boshqa moddalar bor. Arslonquyruqdan tayyorgan damlama va yurak, gipertoniya kasalliklarida, asabiylikda (tinchlantiruvchi dori sifatida) qo'llaniladi. Qadimdan aholi arslonquyruqdan yuqoridagi kasalliklarni davolashda ishlatib kelgan.
Ismaloq
9. Oqquray
Ismaloq xalq tabobatida siydik haydovchi dori sifatida hamda kamqonlik, raxit kasalliklarida qo'llaniladi. Bargidan gidrolizlab olingan maxsus oqsil modda meditsinada me'da osti bezi faoliyatini kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Oqquray dorivor o'simlik hisoblanadi. Ildizi va mevasida furokumarinlar (psoralen, izopsoralen va boshqalar), mevasida efir moyi mavjud. Ildizi va mevasidan olinadigan psoralen preparati pes kasalligini davolashda ishlatiladi.
10. Rovoch
Rovoch dorivor o'simlik sifatida o'stiriladi. Ildizidan tayyorlangan preparatlar (kukun, damlama va nastoykalar) surunkali qabziyat hollarida surgi sifatida ishlatiladi.
Jadval muallif tomonidan kun.uz sayti orqali tuzilgan.
Yuqoridagi jadvalda yaylov mintaqasining o'ziga xos dorivor o'simliklari xususiyatlari, qaysi kasallikka da'vo ekanligi shuningdek dorivor o'simliklarning rasmlari keltirilib o'tilgan.
7-jadval
O'zbekiston Respublikasining balandlik mintaqalarida tarqalgan zaxarli dorivor o'simliklar T/r O'simliklar nomi O'simliklar haqida ma'lumotlar O'simliklarning ishlatilishi
1. Turkiston adonisi Turkiston adonisi ko'p yillik o'simlik.O'simlikning yer ustki qismi xomashyo sifatida yig'ib olinadi. Asosiy biofaol modda-yurak glikozidlari. Turkiston adonisi yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Tabobatda damlama tayyorlab, bezgak tushishida va nafas qisganda ishlatiladi.
2. Oddiy bangidevona Oddiy bangidevona bir yillik o'simlik. Oddiy bangidevona O'zbekistondagi yo'l bo'ylarida, suv bo'ylarida o'sadi. O'simlikning hamma qismi zaxarli. Tarkibida alkaloidlardan atrapin, Oddiy bangidevona ilmiy tibbiyotda astma kasalligini davolashda ishlatiladi. Oshqozon va ichak og'riganda og'riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi vosita
skopolamin bundan tashqari karotin, stramonolid, vitanolid va efir moylari bor. sifatida bangidevona bargi kukunidan 0,2 g dan 2 mahal ichiladi.
3. Jut Jut bir yillik o'simlik. Xomashyo sifatida urug'i ishlatiladi. Urug' tarkibida yurak glikozidlari, yog' va boshqa moddalar bor. Jut ilmiy tibbiyotda jut urug'idan ajratib olingan yurak glikozidlari olitorizid va korxorazid yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
4. Chalpak isparak Chalpak isparak k'op yillik o'simlik. Chalpak isparak Markaziy Osiyoning tog'li hududlarida, toshli qiyaliklarda, o'rmonlarda, o'tloqlarda o'sadi. Yer ustki qismida alkaloidlar bor. Chalpak isparak tibbiyotda alkaloidlarni ajratib olib preparatlar tayyorlanadi hamda turli kasalliklarga da'vo sifatida ishlatiladi.
5. Itsigak Itsigak o'simligining homashyo sifatida yer ustki qismi bir yillik yashil novdalari ishlatiladi. Tarkibida alkaloidlar, organik kislotalar, uglevodlar va boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida Markaziy Osiyo aholisi itsigakning ildizidan va yer ustki qismidan qaynatma tayyorlab, sil kasalligini, astmani davolaydi. Qaynatma bilan tashqi kasalliklar-ekzema, sichima va boshqa kasalliklarda ishlatiladi.
6. Dorivor safrout Dorivor safrout daryo bo'ylarida va nam yerlarda o'sadi. Xomashyo sifatida yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida grasiozid, grasiotoksin va boshqa glikozidlar, alkaloidlar, saponinlar, flavonoidlar, kukurbitasin E, Y va boshqa moddalar bor. Dorivor safrout xalq tabobatida o't haydovchi vosita sifatida, bezgak, jigar og'riganda va ruhiy kasalliklarda ichiladi.
7. Xapri Xapri o'simligi Markaziy Osiyoning tog'li tumanlarida tog'larning pastki qismidagi toshli va shag'lli qiyaliklarda o'sadi. Xalq tabobatida yer ustki qismi ishlatiladi. Yer ustki qismi tarkibida efir moyi bor. Xapri o'simlikning yer ustki qismidan damlama tayyorlab, yerli aholi mollarning teri kasalliklarini yuvish yo'li bilan davolanadi.
8. Afsonak Turkiston afsonagi ma'lum darajada Markaziy Osiyoning daralarida uchraydi. Xomashyo sifatida asosan yer ustki qismi yig'ib olinadi. Turkiston afsonagi ilmiy tabobatda damlama, ekstrakt va kukuni holatida ishlatiladi. Afsonakdan ajratib olingan alkaloidlar- sitizin va paxikarpin kuchli ta'sir etuvchi moddalar bo'lib, shifokorlar nazorati ostida turli xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
9. Bo'ymadoron Bo'ymadoron Markaziy Osiyoning hamma tumanlaridagi o'tloqlarida, qirlarda, tog' etaklarida, tog'lardagi o'tloqlarida, butalar orasida, soylarda, ariq bo'ylarida o'sadi. Tarkibida karotin, K va C vitaminlar, axillein va betonitsin alkaloidlari, efir moyi, lakton, xolin, smola, oshlovchi moddalar bor. Bo'ymadorondan xomashyo sifatida o'simlikning poyasining tepa qismi gullari bilan yig'ib olinadi. Xalq tabobatida ildizi ishlatiladi.Bo'ymadoron qon to'xtatuvchi, o't haydovchi, yallig'lanishga qarshi xossalarga ega.
10. Mingdevona Mingdevona Markaziy Osiyoning daryo bo'ylarida, o'tloqlarida, ekinzorlarida o'sadi. Xomashyo sifatida bargi ishlatiladi. Tarkibida alkaloidlar, flavonoidlar, rutin va boshqa moddalar bor Mingdevona kuchli ta'sir ettiruvchiga ega. Oz miqdorda ishlatilsa, og'riq qoldiradi. Ko'proq ichilsa bezlar faoliyatini sustlashtirib yuboradi. Tibbiyotda astma kasalligiga qarshi "Astmatin", "Astmatol" tarkibida ishlatiladi.
Jadval muallif tomonidan "Dorivor va ziravor o'simliklar" kitobi asosida tuzildi. Balandlik mintaqalari bo'yicha dorivor o'simliklarni tarqalishida turli xil dorivor o'simliklarni adir, tog' va yaylov mintaqalariga bo'lib ularning tarqalish hududlarini, tibbiyotda qo'llaniladigan qismini, xususiyatlarini va rasmlarini ko'rib ular haqida batafsil o'rganib chiqdik.
O'zbekiston Respublikasida shu jumladan dunyo mamlakatlarida dorivor o'simliklardan foydalanish, ularni zaxiralarini saqlab qolish uchun har bir mamlakatda bir qancha ishlar olib boriladi. Bular quyidagilar:
1) Dorivorlik xususiyatiga ega bo'lgan o'simliklarni yil fasllariga qarab o'z vaqtida ma'lum miqdorda ulardan oqilona foydalanish, quritib navlarini saqlab qolish lozim. Tabiiy ravishda tabiatda o'zi o'sib chiqadigan yovvoyi dorivor o'simliklarni ko'p miqdorda saqlab qolish uchun ko'p yig'ib qo'yish keyin esa ularni xususiyatlarini salbiy tarafga ishlamasligi uchun har xil nojo'ya ta'sirlar yuzaga chiqmasligi uchun ulardan me'yorida ishlatish kerak bo'ladi.
2) Dorivor o'simliklarni sun'iy yetishtirishda ular uchun ajratilgan hududlarni to'g'ri tanlash kerakligi, reja asosida yetishtirilayotganda dorivor o'simliklarni yig'ib olib ularni o'rniga boshqa o'simliklarni ekib almashlab ekish jarayonlarini amalga oshirish lozim. Chunki dorivor o'simliklarni hamda tuproq unumdorligini saqlab qolish uchun almashlab ekish jarayonini yo'lga qo'yish shart hisoblanadi.
3) Dorivor o'simliklarning ko'p qismi ko'p yillik o'simlik bo'lganligi uchun ularni tibbiyotda foydalaniladigan qismlari bargi, ildizi, poyasi, mevasi ishlatilayotganda o'sha qismini uzib ishlatish lozim agar unday bo'lmasa bargi uchun ildizi bilan yulib olinsa, dorivor o'simliklarni sonini kamayishiga olib keladi.
4) Dorivor o'simliklar tabiiy ravishda tabiatda yovvoyi holda o'sganda ularni yig'ib olgandan so'ng tuproqqa yana unumdorlik qaytishi uchun yerga dam olishi uchun vaqt keraklini o'rganib chiqish lozim
Dorivor o'simliklarni tibbiyotda foydalaniladigan qismlarini hamma qismlaridan foydalanilganda ulardan dori tayyorlayotganda kamroq xomashyo tayyyorlash lozim. Chunki dorivor o'simlikni hamma qismidan foydalanilganda dorivor o'simliklarni zaxiralari kamayishiga olib keladi shuning uchun zahiralarini saqlash lozim.
O’zbekiston hududidagi balanlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar O’zbekiston Fanlar akademiyasining akkademigi K.Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K.Z. Zokirov tavsiya qilgan to’rtta: cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalarining har biri o’ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o’simlik va xayvonot dunyosiga ega. Ularning xar birida ro’y beradigan tabiiy geografik jarayonlar ham bir-biridan farq qiladi.
O’zbekistonning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Respublikamiz hududida 3000 tadan ziyod o’simlik turi mavjud bo’lib, bularning 9 foizi faqat O’zbekistonda uchraydigan endemik o’simliklardir. O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi Kavkaz va Old Osiyo, xususan Eron mamlakatlari hududi bilan muayyan umumiylikka ega. Respublikamizda sut emizuvchilarning 91 ta turi, sudralib yuruvchilarning 57 ta turi, qushlarning 400 ta turi, baliqlarning 40 tadan ortiq turi bor. Ular muayyan qonuniyatlar bo’yicha tarqalgan.
O’zbekiston hududi yer yuzasining g’arb va shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa va sharqqa tomon ko’tarila borishi sizga malum. Toqqa tomon havo harorati pasayib, yog’inlar miqdori ortadi, tuproq o’simlik qoplami o’zgaradi. Shuning uchun hami respublikamiz tabiat zonalari janubdan shimolga emas, balki g’arbdan sharqqa, yani tekislikdan toqqa tomon o’zgarib, balanlik mintaqalarini hosil qiladi.
Yer yuzasi okean sathidan balanlashgan sari iqlim umuman bir butun tabiatning o’zgarib borishini ulug’ allomalar Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar X asrdayoq idrok etgan edilar.
Tuproq turlari. Respublikamiz hududida turli tabiiy sharoit tasirida hilma-hil tuproq turlari tarkib topgan. Bular: 1) qayir allyuvial tuproqlar, 2) o’tloq bo’z tuproqlar, 3) qumli cho’l tuproqlari, 4) cho’l taqir tuproqlar, 5) sho’rxok tuproqlar, 6) sur-qo’ng’ir tuproqlar, 7) sug’oriladigan (madaniy) bo’z tsproqlar, 8) och tusli bo’z tuproqlar, 9) oddiy (tipik) bo’z tuproqlar, 10) to’q tusli bo’z tuproqlar, 11) tog’ jigar tuproqlar va 12) tog’ o’tloq tuproqlaridan iborat.
Cho’l mintaqasi. Cho’l mintaqasi okean sathidan 400-500 m balanlikkacha bo’lgan joylarni o’z ichiga oladi va O’zbekiston maydonining 70% ini ishg’ol qiladi.
Cho’l iqlimining juda issiq va quruq ekanligi, yog’inlarning juda kam yog’ilishi sizga malum. Yozda yog’in deyarli yog’maydi. Kunduzi havo harorati +450, +500S daragacha, qum yuzasi esa +800S darajagacha qiziydi.
Cho’lning qattiq, issiq va qurg’oqchil iqlimi, siyrak o’simliklar sharoitida tuproq hosil bo’lish jarayoni juda sust boradi.
Cho’l tuproqlari xilma-xil bo’lib, unda sur-qo’ng’ir, qumli cho’l, taqir va bo’z tuproqlar uchraydi. Cho’ldagi organik miqdori yuqori harorat tufayli tez parchalanib, mineralashadi. Shuning uchun tuproqlar tarkibida chirindi ancha kam bo’ladi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytganda Qizilqum, Zarafshon daryosi etagi, Markaziy Farg’ona va Mirzacho’ldagi qumli tekisliklarda qumli cho’l tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlar tarkibidagi chirindi miqdori 0,3-0,6% ni tashkil etadi. Bunday tuproqlarda dehqonchilikda foydalanish qiyin. Qumli cho’l tuproqlarda o’sadigan o’simliklardan qorako’l quylari uchun yaylov sifatida foydalaniladi.


Cho’llarda taqirlar ham uchraydi, ular gili jinslardan tarkib topgan bo’lib, tarkibidagi chirindi miqdori 0,5-1% ga yetadi. Taqirlar Usyurtda, shunigdek quruq deltalarda, qadimgi daryolarning ko’hna qayirlarda uchraydi. Taqirlarda o’simlik o’sishi qiyin, tuproq yuzasi qattiq va yorilib-yorilib ketadi.
Respublikamizning yer osti suvlari yer betiga yaqin bo’lgan joylarda (Mirzacho’l, Markaziy Farg’ona, Qarshi cho’llari va Amudaryo etagida) sho’r tuproqlar vujudga kelgan. Bunday joylarda yer osti suvi yer betiga chiqib bog’lanadi, tuproq tarkibida tuz ko’payadi. Cho’l mintaqasidagi yirik sho’rhoklar (masalan, Borsa-kelmas sho’rhoki) dan dehqonchilikda foydalanib bo’lmaydi.
O’zbekistonning daryo vodiylarida, qayir va deltalarida o’tloq va botqoq tuproqlar uchraydi.
Respublikamiz tekislik qismining sharqiy va janubiy chekkalarida bo’z tuproqlar keng tarqalgan (ular asosan uch xilda: och tusli bo’z tuproq, oddiy bo’z tuproq va to’q tusli bo’z tuproqqa bo’linadi). Bo’z tuproqlar qalin lyoss yotqiziqlari ustida hosil bo’lgan. Tarkibida chirindi ko’p bo’lmasa ham zarralari mayda bo’lib, suv va havoni o’zidan yaxshi o’tkazadi.
Cho’l mintaqasining okean sathidan 300-500 m balantlikdagi joylarida och tusli bo’z tuproqlar tarqalgan. Och tusli bo’z tuproqning tarkibida 1-1,5% gacha chirindi bo’ladi. Sug’orib, o’g’itlar solinsa unumdor tuproqqa aylanib, yaxshi xosil bernadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Alibekov L. A. O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi. Samarqand, 2006.

  2. Babushkin L.N. Klimatografiya Sredney Azii. Tashkent, 1981

  3. Babushkin L.N.,Kogay N.A.Fizicheskaya geografiya Sredney Azii. Tashkent., 1978

  4. Qoriyev M. O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi, Toshkent. 1968

  5. G`ulomov P.N. Geografiya va tabiatdan foydalanish “O`qituvchi” T., 1985.

  6. Hasanov I. A.,P.N.G`ulomov O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.

Yüklə 22,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin