Yordamchi va Alohida olingan so’zlar Qaysi javobda uchta yuklama qatnashmagan gap(lar) ko`rsatilgan?



Yüklə 19,08 Kb.
səhifə1/4
tarix08.03.2023
ölçüsü19,08 Kb.
#123891
  1   2   3   4
Yordamchi va Alohida olingan so


Yordamchi va Alohida olingan so’zlar


1. Qaysi javobda uchta yuklama qatnashmagan gap(lar) ko`rsatilgan?
1) Ulardan faqat birga oldirilgan suratgina yodgor qoladi, xolos.
2) Qizning nihoyatda ta`sirlanib gapirgan fikrlariga Feruza ham bir narsa deya olmadi-ya.
3) Xullas, hammasi yaxshi ketayotgan edi-yu, to`satdan ikkovlari ham shaharga, o`z uyiga qaytish fikriga tushib qolsa bo`ladimi.
4) Nahot meni ham shu gapga ishonmadi deb o`ylaysiz-a?
A) 2, 3 B) 1 C) 2, 3, 4
D) Berilgan gaplarda uchtadan yuklama qatnashgan


2. balki so'zi bog'lovchilarning qaysi turiga mansub?
A) ayiruv bog'lovchilarga B) zidlov bog'lovchilarga C) biriktiruv bog'lovchilarga
D) ergashtiruvchi bog'lovchilarga


3. Vazifadosh bog'lovchilar yana qanday vazifada kelishi mumkin?
l) yuklama;2) ko'makchi;3) modal so'z;4) undov so'z
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2 D) 1


4. Atash ma'nosini tamoman yo'qotib, faqat o'zi
birikkan so'zni boshqa so'zga tobelantirib bog'lash uchun xizmat qiladigan so'zlarni toping.

A) lekin, shuning uchun, hamda
B) uchun, singari, kabi, tufayli
C) axir, nahotki, menimcha, chamasi
D) tomon, keyin, misoli, qadar


5. Sof ko'makchilar berilgan javobni toping.
A) sari, sayin, so'ng, boshida
B) singari, misoli, haqida, bo'ylab
C) tomon, boshida, uchun, orqali
D) uzra, tufayli, haqida, qadar


6. Vazifadosh ko'makchilar qatorini toping.
A) ost, ro'para, bilan, kabi
B) tomon, orqa, qosh, atab
C) avval, qadar, bo'ylab, deb
D) so'ng, qarab, orqali, sari


7. Qaysi yuklamalar bog'lovchi vazifasida qo'llana oladi?
A) kuchaytiruv-ta'kid B) ayiruv-chegaralov
C) so'roq va taajjub D) o'xshatish chog'ishtirish



Yüklə 19,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin