PARTITURALAR VA KLAVIRLAR
Har qanday musiqa ohangi asar sifatida notaga tushirilgan
holda, uning ko‘rinishi partitura yoki klavir shaklida bo‘ladi.
P a r t i t u r a – ansambl, xor, orkestr uchun yozilgan asarlar- ning nota yozuvidir. Bunday jamoalarning har bir qatnashchisi birgalikda ijro etadigan ohang yo‘llari, partiturada qoidalar bo‘yicha ost-ust qilib ko‘p qatorli maxsus nota daftariga joy- lashtirilgan bo‘ladi.
Klavir esa shu ansambl, xor, orkestr yoki sahna asarlari mu- siqasini ixcham shaklda, ovoz va fortepiano ijrosi uchun mo‘ljallab yozilgan nota ko‘rinishidir.
mp
Moderato q = 68
b
& 4 j ‰ ∑
3 ˙ œj ‰ ∑ ∑
œ
O...
b ∑
j ‰ ∑
3 j ‰ ∑
Soprano & 4
b4 ∑
œ ˙ œ
Xm...
p
œœ˙ œ
Xm...
∑
Alto & 4
Tenor &‹ b4
Bass ¢? b4
w w w
Xm...
- ∑ ∑ ∑ ∑
- ∑ ∑ ∑ ∑
Savol va topshiriqlar
“Vokal simfonik” janr nima?
Tinglangan “Alisher Navoiyga qasida” asari sizda qanday taas-
surot qoldirdi?
Partiturada qanday qoidalar bor va ular qanday joylashtiriladi?
Maktabingiz musiqa sinfi kutubxonasidagi mavjud partitura va klavirlar bilan tanishib, fikr almashing.
6-7-dars. QASIDA JANRI. KANTATA VA ORATORIYALAR
Badiiy so‘z ustasi, yakkaxonlar, xor va orkestr uchun yaratil- gan asarlarda biror bir ulug‘ siymo ulug‘lansa yoki Vatanni madh etib, jo‘shib kuylansa, ularni qasida janrida yozilgan, deb belgi- lash mumkin. Kompozitor va shoir hamkorlikda yaratilajak yangi asar librettosini, ya‘ni mavzuni to‘la ochib beruvchi so‘zlarni va she’riy matnni oldindan kelishib yozib olishadi. So‘ng kompozi- tor bu libretto asosida yaxlit musiqa asari – q a s i d a yaratishga kirishadi. Qasidalar ko‘proq bayram va tantanalarda ijro etiladi. Vokal-simfonik musiqa yo‘nalishida k a n t a t a janri ham keng tarqalgan. Bu janrda yaratilgan asarlarda hozirgi davr, yangi tarixning muhim voqealari aks ettiriladi. Kantatalar tantanali, lirik va epik xarakterda yozilib, bir necha qismdan iborat bo‘lishi mumkin. Tugallangan ma’noga ega qismlarini alohida-alohida
ijro etsa ham bo‘ladi.
Oratoriya vokal-simfonik musiqaning eng yirik janri bo‘lib, odatda, dramatik mavzuda yoziladi. Dramatik voqealar so‘z va musiqada sezilib tursa-da, kuylayotgan yakkaxonlar va xor sahnada harakat qilmaydi. Oratoriyaning kantatadan farqi uning hajmi jihatidan kattaligi, epik-dramatik xarakterda bo‘lishi va mavzusining kengligidadir.
Sinf fonotekasidan G‘afur Qodirovning “Maktabjon – oftobjon” vokal-simfonik kantatasini tinglang. M.Bafoyevning “Buxoro haqida” oratoriyasidan parchalar tinglang.
OPPOQ QISH-EY, OPPOQ QISH
Po‘lat Mo‘min she’ri Anatoliy Varelas musiqasi
Dam ol-moq-da da-la - lar, Keng vo-diy-lar,
su-ma-lak, Ko‘l-lar oy-na yax-ma-lak.
yum-shoq qish. Cha-na, kon-ki o‘y-nat - gan
Quv - noq qi - shey, quv - noq qish.
Dam olmoqda dalalar, Keng vodiylar, daralar. Fasl zavqi atrofga Qo‘shiq bo‘lib taralar.
Naqarot:
Oppoq qish-ey, oppoq qish, Eh qorlari yumshoq qish.
Chana, konki o‘ynatgan Quvnoq qish-ey, quvnoq qish.
Tarnovlarda sumalak, Ko‘llar oyna yaxmalak. Ayting, ayting, bo‘lmasin, Hech kim yo‘lda charxpalak.
Naqarot:
Oppoq qish-ey, oppoq qish, Eh qorlari yumshoq qish.
Chana, konki o‘ynatgan Quvnoq qish-ey, quvnoq qish.
& Fa major.
Re minor.
Dostları ilə paylaş: |